Muxitdinov Baxtiyor Ikromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sul`fatlangan polisaxaridlar sintezi va ularning tobamoviruslarga qarshi antivirus faolligini o‘rganish», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/K19.
Ilmiy rahbar: Turaev Abbasxan Sabirxanovich, kimyo fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.
Rasmiy opponentlar: Mavlyanov Saidmuxtor Maksudovich, kimyo fanlari doktori, professor; Azizov Umarxon Muxtarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: molekulyar kattaliklari va makromolekula konformatsiyasi bilan farq qiluvchi polisaxarid sul`fat hosilalarini (sul`fat sellyuloza hosilalari misolida) sintezi hamda ularning tobamoviruslariga qarshi antivirus va elisitor faolliklari, faollikning molekulyar kattaliklarga bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sellyulozaning mono-, di-, trisul`fat hosilalari gomogen sharoitda sintez qilingan, sul`fatlanish kinetikasi, maqbul reaksiya sharoitlari va gidroksil guruhlarning sul`fatlanish imkoniyatlari aniqlangan;
sellyuloza sul`fat hosilalarining eritmadagi konformatsiyasi, sul`fat guruhlari miqdorining makromolekula konformatsiyasiga ta’siri aniqlangan;
sellyuloza sul`fat hosilalarining radikal depolimerlanish reaksiyasida sul`fat guruhlarining saqlanishi va glikozid bog‘larining selektiv parchalanishi isbotlangan;
sellyuloza sul`fat va uni oligomerlarining tobamoviruslarga qarshi antivirus va elisitor faolliklari, ta’sir mexanizmlari, molekulyar kattaliklar bilan faolliklar orasidagi o‘zaro bog‘liqliklar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sul`fatlangan polisaxaridlar sintezi va ularning tobamoviruslarga qarshi antivirus faolligini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘simlik barglaridagi tamaki mozaikasi virusi ingibitori uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 04603, 12.10.2010). Natijada o‘simlik tobamoviruslariga qarshi antivirus preparat yaratish imkonini bergan;
sabzavot ekinlarida tobamoviruslarga qarshi himoya reaksiyalarining stimulyatori uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAR 20140378. 04.04.2018). Natijada o‘simliklarning virusli kasalliklariga qarshi elisitor preparat ishlab chiqish imkonini bergan.