Aytmuratov Baxtiyar Turg‘anbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mehnat an’ana va udumlaridan foydalanib tarbiyalash texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2146.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Mahmuov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Hakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mehnat an’ana va udumlaridan foydalanib tarbiyalash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mehnat an’ana va udumlaridan foydalanib tarbiyalash texnologiyalarini takomillashtirishning psixologik - pedagogik xususiyatlari integrativ yondashuvga ko‘ra transformatsiyalash orqali aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mehnat an’ana va udumlaridan foydalanib tarbiyalash texnologiyalarining korreksion-pedagogik mexanizmi multipredmetlilik va yaxlitlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mehnat an’ana va udumlaridan foydalanib tarbiyalashning adekvat mezoni kompleks baholash yuzasidan interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va didaktik vositalarni bosqichma-bosqich samarali tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mehnat an’ana va udumlaridan foydalanib tarbiyalash moduli mehnat an’ana va udumlariga bog‘liq texnologiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mehnat an’ana va udumlaridan foydalanib tarbiyalashni takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mehnat an’ana va udumlaridan foydalanib tarbiyalash texnologiyalarini takomillashtirishning psixologik - pedagogik xususiyatlari takomillashgan integrativ yondashuv asosida transformatsiyalash orqali aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi faoliyatida foyfalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 26-apreldagi 01/11-01/11-278-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mehnat anana va udumlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari shakllantirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mehnat an’ana va udumlaridan foydalanib tarbiyalash texnologiyalarini multipredmetlilik va yaxlitlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida korreksion-pedagogik mexanizmi takomillashtirilgan metodik tavsiyalaridan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 19-apreldagi 197-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning korreksion-pedagogik mexanizmi takomillashgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mehnat an’ana va udumlaridan foydalanib tarbiyalash texnologiyalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan moduli asosida ishlab chiqilgan tavsiyalaridan hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mehnat an’ana va udumlaridan foydalanib tarbiyalashning adekvat mezonlar asosida kompleks baholash yuzasidan interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va didaktik vositalarni samarali tatbiq etish orqali takomillashtirishga metodik tavsiyalaridan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 19-apreldagi 197-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni milliy urf-odatlarga, an’analarga, udumlarga, marosimlarga hurmat qilishni shakllantirish; milliy va umumbashariy qadriyatlarni chuqur anglashga o‘rgatish, o‘z xulqi va burchi oldida yuksak mas’uliyatni sezishga; bugungi jamiyatga munosib voris bo‘lishga, barkamol inson bo‘lib etishish kabi fazilatlarni tarkib toptirishga erishilgan.