Raximov Farrux Boltaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Virtual ta’lim texnologiyalari asosida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Chaqiriqqacha harbiy ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3160.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xasanbaev Xabibullo Xakimbek o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi  tashkilot:  Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi virtual ta’lim texnologiyalari asosida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida grafik axborotli, tanqidiy fikrlashga axborot-kommunikasion texnologiyalarni rivojlantirishga oid kompetensiyalarining didaktik omillari virtual texnologiyalari tendensiyalariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uning metodikasi fanini o‘qitish orqali talabalarni intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashkiliy va amaliy jarayonlarni amalga oshirishning o‘quv-metodik ta’minoti virtual amaliy mashg‘ulotlarning imkoniyatlari  (tushunchali, vizual-taqdimotli va dinamik o‘zgaruvchi) hamda baholash (faoliyatli, kognitiv, motivatsion) mezonlari sun’iy intellektga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitishni virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirish modeli vizual dasturlash muhiti orqali onlayn veb platforma ishlab chiqish asosida ta’limiy axborotlarni modernizatsiyalash shakllariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uning metodikasi fanini virtual reallik qonuniyatlari asosida o‘qitishga qaratilgan audio va vizual materiallarni kompyuter muhitida his qilish jarayonining mazmunli-texnologik komponent orqali o‘qitish uslubiyotida virtualchqbt.uz ta’lim platformasidan foydalanish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishi talabalarini o‘qitishda virtual ta’lim texnologiyasidan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida  talabalarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida grafik axborotli, tanqidiy fikrlashga axborot-kommunikasion texnologiyalarni rivojlantirishga oid kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik omillari virtual texnologiyalari tendensiyalariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlikni o‘qitishda axborot-kamunikatsion texnologiyalari fanidan amaliy mashg‘ulot topshiriqlarini bajarish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabr sanasidagi 388-son buyrug‘i, 388-367 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning qulaylik, vizuallik, amaliy yo‘nalganlikka qaratirilgan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikning tashkiliy-boshqaruv, pedagogik faoliyat kompetentligi rivojlantirilgan;
Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uning metodikasi fanini o‘qitish orqali talabalarni intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashkiliy va amaliy jarayonlarni amalga oshirishning o‘quv-metodik ta’minoti virtual amaliy mashg‘ulotlarning imkoniyatlari  (tushunchali, vizual-taqdimotli va dinamik o‘zgaruvchi) baholash (faoliyatli, kognitiv, motivatsion) mezonlari sun’iy intellektga ustuvorlik berish  asosida takomillashtirishga oid takliflar Oliy ta’lim muassalari harbiy ta’lim fakul’tetlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 2023-yil 3-aprel sanasidagi 10/579-son ma’lumotnomasi). Natijada, “virtualchqbt.uz” nomli platforma Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayorlashda xizmat qilgan;
Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uning metodikasi fanini virtual reallik qonuniyatlari asosida o‘qitishga qaratilgan audio va vizual materiallarni kompyuter muhitida his qilish jarayonini mazmunli – texnologik komponent orqali o‘qitish uslubiyoti virtualchqbt.uz ta’lim platformasidan foydalanishga doir tavsiyalar “Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlikni o‘qitishda axborot-kamunikatsion texnologiyalari fanidan amaliy mashg‘ulot topshiriqlarini bajarish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabr sanasidagi 388-son buyrug‘i, 388-367 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarini bo‘lajak kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni virtual reallik qonuniyatlariga asosan takomillashtirishga erishilgan.
     

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish