Otamirzaev Nodirbek G‘ofurjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sholining asosiy zararkunandalariga qarshi kurash usullarini takomillashtirish», 06.01.09–O‘simliklarni ximoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx53.
Ilmiy rahbar: Maxmudxo‘jaev Najmiddin Mavlyanxo‘jaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent sholi, don va dukkakli ekinlar ilmiy-tajriba stansiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jaligi instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Shomil Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Nurmuxamedov Dilmurod Nabievich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sholi agrobiotsenozida yashovchi zararkunandalar tur tarkibini aniqlash, ularni rivojlanish dinamikasi, sholiga zarar keltirish darajasi va iqtisodiy zarar miqdor mezonini o‘rganish asosida ularga qarshi zamonaviy vosita va usullarni qo‘llagan holda, umumiy himoya qilish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sholi agrobiotsenozida yashovchi zararkunandalar tur tarkibi aniqlangan;
sholi ekilgan maydonlarda sezilarli ziyon keltirayotgan zararkunandalarning mavsumiy rivojlanish dinamikasi aniqlangan;
zararkunandalarning rivojlanish fenokalendari ishlab chiqilgan va uning zararli miqdor mezoni aniqlangan;
zararkunandalarga zamonaviy vosita va usullarni (agrotexnik, kimyoviy) qo‘llash asosida himoya qilish tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sholining asosiy zararkunandalariga qarshi kurash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
sholi agrobiotsenozidagi zararkunandalarga qarshi urug‘ni Dalucho, 70% n.kuk (5 kg/t) bilan dorilab ekish; qalqonli qisqichbaqaga qarshi esa Siperfos, 55% em.k (1,0 l/ga) hamda Karate, 5% em.k (0,5 l/ga) kimyoviy vositalari O‘rtachirchiq tumanidagi Toshkent sholi, don va dukkakli ekinlar ilmiy tajriba stansiyasiga qarashli jami 102,5 gektar maydonga joriy etigan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 16 fevraldagi 02/21-109-son ma’lumotnomasi). Natijada Siperfos (1,0 l/ga) qo‘llanilgan maydonda ishlovning 14 kuni samaradorlik 94,0 foizni tashkil etib, gektaridan 68,0 sentner, Karate, 5% em.k (0,5 l/ga) kimyoviy vositasi qo‘llanilgan maydonda gektaridan 68,4 sentner hosil olingan va insektisidlarni qo‘llash hisobiga gektaridan 14,3-14,7-sentner qo‘shimcha hosil olishga erishilgan;
sholidagi zararkunandalarga qarshi kurash tadbirlari Quyichirchiq tumani sholikor fermer xo‘jaliklarida 56,0 gektar va Bekobod tumanida 54,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 16 fevraldagi 02/21-109-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan qo‘shimcha 9,8-18,0 sentner sholi hosili olishga erishilgan;
sholini zararkunandalardan himoya qilish uchun Dalucho, Siperfos va Karate insektisidlari O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan pestisidlar va agroximikatlar «Ro‘yxati» ga kiritishga topshirilgan (Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari Davlat kimyo komissiyasining 2018 yil 23 yanvardagi 2-5-12-son ma’lumotnomasi). Natijada Dalucho, Siperfos va Karate preparatlari kimyoviy vositalari yuqori samara berishi aniqlangan.