Jumaniyazova Sharifa Rashidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqada turizm infratuzilmasini rivojlantirishning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.2.PhD/Iqt2506
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunkulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Abdullaev Farxod Ozodovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada turizm infratuzilmasini rivojlantirishning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish asosida sohani barqaror va yuqori sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xiva tumanida 6 ta tarixiy-madaniy ob’ektlar (Shayx Mavlon bobo, Madraxim Sheroziy uyi, Otajon To‘ra Masjidi va madrasasi, Bibi Xojar ona maqbarasi, Tosh masjid, Chodra xovli (Sayotxon bog‘i)) va 6 ta agro-ekoturistik, rekreatsion ahamiyatga molik ob’ektlar (Qorako‘l turistik majmuasi, Eshon ravot turistik majmuasi, Valiko-Plyus turistik majmuasi, G‘ovuk ko‘l, G‘ovuk turistik qishlog‘i) kabi turistik resurslar mavjudligi aniqlanib yangi turmarshrutlar ishlab chiqilgan;
viloyatga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy turistlar oqimini oshishi ko‘rsatiladigan turistik xizmatlar real qiymatiga mos holda xorijiy turistlar oqimini oshirish hisobiga ta’minlanadigan daromaddagi o‘sish sur’ati mahalliy turistlar hisobiga ta’minlanadigan daromaddan deyarli olti barobarga yuqori qiymatga ega bo‘lishi asoslangan; 
viloyatda turizm infratuzilmasi rivojlanishini ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida 2023–2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
turizm infratuzilmasini rivojlantirish, turistik ob’ekt va xizmatlardan foydalanish samaradorligini oshirishda destinatsion imidjni shakllantirishning “Turizm infratuzilmasi va destinatsiya marketingi aloqadorligi” modeli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada turizm infratuzilmasini rivojlantirishning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xiva tumanida 6 ta tarixiy-madaniy ob’ektlar (Shayx Mavlon bobo, Madraxim Sheroziy uyi, Otajon To‘ra Masjidi va madrasasi, Bibi Xojar ona maqbarasi, Tosh masjid, Chodra xovli (Sayotxon bog‘i)) va 6 ta agro-ekoturistik, rekreatsion ahamiyatga molik ob’ektlar (Qorako‘l turistik majmuasi, Eshon ravot turistik majmuasi, Valiko-Plyus turistik majmuasi, G‘ovuk ko‘l, G‘ovuk turistik qishlog‘i) kabi turistik resurslar mavjudligi aniqlanib yangi turmarshrutlar ishlab chiqish bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2023-yil 10-martdagi “Turizm mahallalarida muxandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 76-12-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2023-yil 15-iyun № 04-10/2650-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan viloyatda turistik infratuzilma taraqqiyotini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashda foydalanilgan;
viloyatga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy turistlar oqimini oshishi ko‘rsatiladigan turistik xizmatlar real qiymatiga mos holda xorijiy turistlar oqimini oshirish hisobiga ta’minlanadigan daromaddagi o‘sish sur’ati mahalliy turistlar hisobiga ta’minlanadigan daromaddan deyarli olti barobarga yuqori qiymatga ega bo‘lishi taklifi Xorazm viloyat hokimining 2023-yil 10-martdagi 76-12-0-Q/23-son “Turizm mahallalarida muxandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2023-yil 15-iyundagi 04-10/2650-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tadbir viloyatda turizmni rivojlantirish istiqbolli ssenariylarining asoslanganlik darajasini oshirishga xizmat qilgan;
viloyatda turizm infratuzilmasi rivojlanishini ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida 2023–2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2023-yil 10-martdagi “Turizm mahallalarida muxandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 76-12-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2023-yil 15-iyun № 04-10/2650-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari viloyat turistik salohiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda  maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilashda foydalanilgan;
turizm infratuzilmasini rivojlantirish, turistik ob’ekt va xizmatlardan foydalanish samaradorligini oshirishda destinatsion imidjni shakllantirishning “Turizm infratuzilmasi va destinatsiya marketingi aloqadorligi” modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2023-yil 10-martdagi 76-12-0-Q/23-son “Turizm mahallalarida muxandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2023-yil 15-iyundagi 04-10/2650-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif viloyatda turistik destinatsiyalar imidjini shakllantirish uchun rivojlantirish lozim bo‘lgan infratuzilma yo‘nalishlarini aniqlash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish