Xalimbetov Gulomjan Sultanbaevichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda asab tizimining perinatal zararlanishi asoratlari, klinik-biokimyoviy parallellar», 14.00.13–Nevrologiya va 14.00.25–Klinik-laborator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib86.

Ilmiy maslahatchilar: Shamansurov Shoanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.

Rasmiy opponentlar: Roytman Aleksandr Pol`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Raximbaeva Gul`nora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sadikova Gulchexra Kabulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Akademik I.P.Pavlov nomidagi birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ATPZning rivojlanishida diagnostik va prognostik mezonlarni, molekulyar, patobiokimyoviy hamda neyrofiziologik mexanizmlari asosida uning terapevtik taktika monitoringi va optimizatsiyasini ishlab chiqish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

gipoksiya darajasidan kelib chiqib ATPZ o‘tkazgan bolalarda og‘irlik darajasining klinik funksional buzilishlar orasida astenovegetativ ko‘rinishning yuzaga kelishi, organik buzilishlar orasida esa piramida tanqisligi sindromi va psixomotor rivojlanishdan orqada qolish va nevrologik sindromlar muvofiqligi ham isbotlangan;

ATPZ rivojlanishi xavfi omillariga, funksional buzilishi uchun onalik, yangi tug‘ilganlik, ekstragenital kasalliklar, organik buzilishlar uchun tug‘ish davri va homila holati aniqlangan;

ATPZ salbiy oqibatlarini prognozlashda neyrodinamika va bosh miyaning elektr faolligini aniqlashning diagnostik ahamiyati juda katta, dopplerografiya, MRT yordamida, simptomatik epilepsiya rivojlanish va BSF xavfli guruhida miya qobig‘i shikastlanishi mavjudligi aniqlangan;

ATPZ asoratlarini prognozlashda neyrospesifik oqsillar S100, NSE va NGF oqsillarining yuqori miqdori saqlanib qolinganligi, immun yallig‘langan sitokinlar ko‘rsatkichlari patologiya oqibatlarining prognostik salbiy omili isbotlangan;

periferik qonda neyrospesifik oqsillar oshgan miqdorining membranadestruktiv jarayon bilan o‘zaro aloqasi, jigar yallig‘lanishi darajasi va uning ATPZ bo‘lgan bolalardagi detoksik funksiyalari aniqlangan;

bolalar nevrologiyasida keng qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ATPZ asoratlarini prognozlashning diagnostik mezonlari jadvali va tashxislash algoritmi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bolalarda asab tizimining perinatal zararlanishi, klinik-biokimyoviy parallellari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Markaziy asab tizimi perinatal shikastlanishini o‘tkazgan ilk yoshli bolalar tekshiruvi algoritmi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 3 martdagi 8n-r/67-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma  perinatal shikastlanishini o‘tkazgan ilk yoshli bolalarda tashxislashni yaxshilashga, differensial tashxislash va algoritm yaratish imkonini bergan;

«Bolalarda markaziy asab tizimi perinatal shikastlanishi og‘irlik darajasini aniqlash va prognozlash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 13 oktyabrdagi 8n-r/336-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bolalar markaziy asab tizimi perinatal shikastlanishida tashxislashni yaxshilashga, differensial tashxislash, funksional va organik asoratlar xavfi rivojlanishini prognozlash imkonini bergan;

bolalarda perinatal asab tizimi shikastlanishi va ularning rivojlanishini klinik tashxislash va davolashning samarali tizimini ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika bolalar klinik shifoxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar bolalar klinikalari klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 19 apreldagi 8n-d/80-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi bemor bolalarda bosh miyada destruktiv jarayonini erta aniqlash va davolash taktikasini o‘z vaqtida boshlash, bolalar o‘limi va nogironligini kamaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish