Qobilov Odiljon Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diffuz V yirik xujayrali ekstranodulyar limfomalarda zamonaviy diagnostika va davolash samaradorligini oshirish» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2790.
Ilmiy rahbar: Ataxanova Nigora Ergashevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01
Rasmiy opponentlar: Kamishov Sergey Viktorovich, tibbiyot fanlari doktori; Isxakov Eldor Djasurovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: noqulay prognostik omillarni hisobga olgan holda ekstranodal zararlanishli diffuz V yirik hujayrali limfoma tashxisoti va davolash tamoyillarini takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekstranodal zararlanishlar bilan diffuz V yirik hujayrali ekstranodulyar limfomalarda yuqori geterogenligi, morfologik xususiyati va IPI indeksi mezon bo‘yicha yuqori progressiv xavfi bilan xarakterlanishi isbotlangan;
jigar va taloqda diffuz V yirik hujayrali ekstranodulyar limfomalarda Bcl-2, Bcl-6 va GCET1 genlarning yuqori ekspresiyasi hamda Ki-67 prolefreratsiya indeksi 60%dan yuqori bo‘lganda kasallikning asorati natijasidagi o‘lim ko‘rsatkichining yuqoriligi isbotlangan;
ekstranodal zararlanish bilan diffuz V yirik hujayrali ekstranodulyar limfomaning davom etayotgan R-CHOP tartibida amalga oshirilgan kimyoterapiyasining uzoq muddatli ta’siri neoplastik jarayonning salbiy bashoratlarni to‘xtatishga kuchli musbat korrelyasion xususiyatlari isbotlangan;
KOKsu baholash gradatsiyasi yordamida diffuz V yirik hujayrali ekstranodulyar limfomaning jigar va taloqdagi xavf omillarning salbiy bashoratlarni baholash natijasida kimyoterpaiyaning tizimli tartibi asosida bemorlarning hayot sifatini yaxshilash tartibining mezonlarni ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023 yil 15 iyundagi 06/006-son hulosasiga ko‘ra:
ekstranodal zararlanishlar bilan diffuz B yirik hujayrali ekstranodulyar limfomalarning etiologiyasi, patogenezi, rivojlanishining xavf omillari, klinik kechishini, xastalikni erta tashxislash, molekulyar-genetik asoslarini yaratish natijasida davolash samaradorligi hamda bashoratlashga qaratilgan tizimli tartibni yaratishning nazariy asoslari yaratilganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ekstranodal zararlanishlar bilan diffuz B yirik hujayrali ekstranodulyar limfomalarda yuqori geterogenligi, morfologik xususiyati va IPI indeksi mezon-bo‘yicha yuqori progressiv xavfi bilan xarakterlanishini asoslash Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali kimyoterapiya va radiologiya bo‘limi bo‘yicha 2022- yil 1- iyuldagi 59-I § 2- sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali kimyoterapiya va radiologiya bo‘limi bo‘yicha 2022- yil 1- iyuldagi 41- sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tashxislash tartibi diffuz B yirik hujayrali ekstranodulyar limfomalarda yuqori geterogenlik, morfologik xususiyati va IPI indeksi mezon bo‘yicha yuqori progressiv xavfini erta belgilash va kasallikni erta bashoratlash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ekstranodal zararlanishlar bilan diffuz V yirik hujayrali ekstranodulyar limfomalarda yuqori geterogenligi, morfologik xususiyati va IPI indeksi mezon bo‘yicha yuqori progressiv xavfi eng asosiy mezonlarni ajratish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarni tadbiq qilish bemorlarni bo‘limda bo‘lish muddatini ikki baravarga kamaytirishi uchun klinik laborator tahlillar, ovqatlanish va kimyoviy dorilarga ajratilgan sarflarni 450 millon so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: ekstranodal zararlanishlar bilan diffuz V yirik hujayrali ekstranodulyar limfomalarda IPI indeksi mezon bo‘yicha yuqori progressiv xavfi bilan xarakterlanishini asoslashda 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 367440 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Diffuz B yirik hujayrali ekstranodulyar limfomalarda zamonaviy diagnostika va davolash samaradorligini oshirish” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan 2023- yil 05-may № 01-4/255 sonli xat yuborilgan.
jigar va taloqda diffuz B yirik hujayrali ekstranodulyar limfomalarda Bcl-2, Bcl-6 va GCET1 genlarning yuqori ekspresiyasi hamda Ki-67 prolefreratsiya indeksi 60%dan yuqori bo‘lganda kasallikning og‘ir kechishi, metastatik hujayralarning faoliyatini pasaytirish natijasida funksional holatini izdan chiqishi va o‘limning yuzaga kelishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali kimyoterapiya va radiologiya bo‘limi bo‘yicha 2022- yilning 1- iyuldagi 59-I § 2-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali kimyoterapiya va radiologiya bo‘limi bo‘yicha 2022- yil 1- iyuldagi 41-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan tashxislash jigar va taloqda diffuz B yirik hujayrali ekstranodulyar limfomalarda 12 ta onkologik kasalliklar uchun asos bo‘lgan genlardan ushbu xastalik uchun asosiy hisoblangan Bcl-2, Bcl-6 va GCET1 genlarning yuqori ekspressiyasi xavfli omil ekanligini inobatga olib kasallikni erta bashortlash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu xastalikni to‘g‘ri tashxislash va samarali davolash tartibini amalga oshirish uchun immunogistokimyoviy tahlillarni amalga oshirish natijasida 1 nafar bemor uchun 367.440 so‘m iqtisod qilinib, jami yiliga 29727000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: jigar va taloqda diffuz B yirik hujayrali ekstranodulyar limfomalarda Bcl-2, Bcl-6 va GCET1 genlarning yuqori ekspresiyasi hamda Ki-67 proliferatsiya indeksi 60% dan yuqori bo‘lganda kasallikning asorati natijasidagi o‘lim ko‘rsatkichining yuqoriligini kamaytirish, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini yiliga 29727000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va umr ko‘rish davomiyliligi 60,4% bemorlarda uzayganligi korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Diffuz B yirik hujayrali ekstranodulyar limfomalarda zamonaviy diagnostika va davolash samaradorligini oshirish” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan 2023- yil 05-may № 01-4/255 sonli xat yuborilgan.
ekstranodal zararlanish bilan diffuz B yirik hujayrali ekstranodulyar limfomaning davom etayotgan R-CHOP tartibida amalga oshirilgan kimyoterapiyasining uzoq muddatli samarali effektivligi va uzoq muddat kasallikning qaytalanmasligi isbotlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali kimyoterapiya va radiologiya bo‘limi bo‘yicha 2022- yilning 1- iyuldgai 59-I § 2-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali kimyoterapiya va radiologiya bo‘limi bo‘yicha 2022- yil 1- iyuldagi 41-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan davolash usuli va kompleks yondashuvdan foydalanish ekstranodal zaralangan bilan diffuz B yirik hujayrali ekstranodulyar limfomaning davom etayotgan R-CHOP tartibida amalga oshirilgan kimyoterapiyasining uzoq muddatli ta’siri neoplastik jarayonning salbiy bashoratlarini to‘xtatishga kuchli musbat korrelyasion xususiyatlarini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ekstranodal zararlanish bilan diffuz B yirik hujayrali ekstranodulyar limfomaning davom etayotgan R-CHOP tartibida amalga oshirilgan kimyoterapiyasining uzoq muddatli ta’siri bemorlarning shifoxonaga yotqizish muddatlarini kamaytirishi hamda bemorlarda davolash kursini kamaytirish va 60,4% bemorlarda umr ko‘rish davomiyligini oshirish va sarf xarajatlarni tejash va hayot sifatini yaxshilash orqali sarf-xarajatlarni kamaytirish orqali yiliga 1633920 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: ekstranodal zararlanish bilan diffuz B yirik hujayrali ekstranodulyar limfomaning davom etayotgan R-CHOP tartibida amalga oshirilgan kimyoterapiyasining uzoq muddatli ta’siri xastalikni og‘ir asoratlarini kamaytirish va davolash tartibini tizimli tashkillshatirishni yaxshilash, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kunga 340200 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Diffuz B yirik hujayrali ekstranodulyar limfomalarda zamonaviy diagnostika va davolash samaradorligini oshirish” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan 2023- yil 05-may № 01-4/255 sonli xat yuborilgan.
KOKsu baholash gradatsiyasi yordamida diffuz B yirik hujayrali ekstranodulyar limfomaning salbiy tahlika omillarining bashoratlash omillari ishlab chiqilgan va natijalar 87,2% ishonchli intervali yordamida algoritm ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali kimyoterapiya va radiologiya bo‘limi bo‘yicha 2022- yilning 1- iyuldgai 59-I § 2-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali kimyoterapiya va radiologiya bo‘limi bo‘yicha 2022- yil 1- iyuldagi 41-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan tashxislash orqali xavf omillari gradatsiyasi natijasida davolash sifatini yaxshilash tartibi tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diffuz B yirik hujayrali ekstranodulyar limfomalarda zamonaviy tashxislash va davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarni tadbiq qilish bemorlarning shifoxonaga yotqizish muddatlarini kamaytirishi, ortiqcha sarf xarajatlar shart emasligi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: diffuz B yirik xujayrali ekstranodulyar limfomalarda zamonaviy tashxislash va davolashni yaxshilash hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kunga 367440 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Diffuz B yirik hujayrali ekstranodulyar limfomalarda zamonaviy diagnostika va davolash samaradorligini oshirish” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan 2023- yil 05-may № 01-4/255 sonli xat yuborilgan.