Otaqo‘ziev Ahmadillo Zokirovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qaytalangan jigar exinokokkozida jarrohlik taktikasi», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Tib440.

Ilmiy rahbar: Nishonov Fozil Nishonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.

Rasmiy opponentlar: Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori; Ibadov Ravshan Alievich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: A.V.Vishnevskiy nomidagi xirurgiya instituti federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: usul tanlashni optimallashtirish va qoldiq bo‘shliqlarni davolash hamda bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish yo‘li bilan qaytalangan jigar exinokokkozini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kal`sinatsiyalangan fibroz kapsulalar rivojlanishi sharoitida va qorin bo‘shlig‘idagi bitishma jarayonlarida kasallikning qaytalangan shakllari uchun exinokokkektomiyani amalga oshirishda jigar yumaloq boylami bilan tamponlash va mobilizatsiyalash usuli ishlab chiqilgan;

yiringli, xitin parda yoki fibroz kapsula ichki pardasi qatlami parchalanishi bilan asoratlangan qaytalangan exinokokkozda qoldiq bo‘shliqqa ishlov berishning ko‘p komponentli intraoperatsion parazitlariga qarshi usuli ishlab chiqilgan;

jigar exinokokkozining qaytalangan shakllarini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalariga ta’sir qiluvchi umumiy va o‘ziga xos omillarning tuzilishi o‘rganilgan va ularning operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanish xavfi va to‘liq reabilitatsiya davomiyligiga nisbatan prognostik ahamiyati belgilangan;

qaytalangan asoratlangan exinokokkozda jigarda qoldiq bo‘shliqlarni drenajlash – ikki tomoni ochiq drenajlash; “oqar tizimli” tipga ko‘ra drenajlash, “burma” tamoyiliga ko‘ra drenajni fiksatsiya qilish usullari takomillashtirilgan;

reabilitatsion davr klinik kechishi xususiyatlari insonning har kunlik hayotiy faoliyatiga ta’sir etishiga bog‘liq ravishda qaytalangan jigar exinokokkozi tufayli amaliyot o‘tkazilgan bemorlar hayot sifati ko‘rsatkichlarining jismoniy, ruhiy, emotsional va ijtimoiy komponentlarining integral tavsiflari o‘rganilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qaytalangan jigar exinokokkozi bilan kasallangan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

ishlab chiqilgan “Jigar exinokokkektomiyasidan so‘ng qoldiq bo‘shliqni tamponlash usullari” uchun Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 04368-son, 2011 yil). Taklif etilgan usul umumiy va o‘ziga xos asoratlar chastotasini 36,8%dan 11,8%ga qisqartirishga imkon bergan;

ishlab chiqilgan “Exinokokk kistalarga intraoperatsion ishlov berish (davolash) usullari” uchun Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 05325-son, 2017 yil). Taklif etilgan usul jigar exinokokkozining qaytalangan shaklli asoratlarini jarrohlik aralashuvi bilan davolash operatsiyadan keyingi erta davrda qoldiq bo‘shliqning adekvat sanatsiyasiga erishish, bemorlarda turli asoratlar rivojlanishini 46,2% dan 10,7%gacha qisqartirish imkonini bergan;

“Jigar exinokokkozi etiopatogenezi, klinikasi, diagnostikasi, davolash va profilaktikasi” va “Qaytalangan jigar exinokokkozi bilan kasallangan bemorlarni jarrohlik aralashuvi bilan davolashni optimallashtirish” uslubiy tavsiyanompalari tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 3 fevraldagi 8 N-d/101-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar operatsiyadan keyingi reabilitatsiyani qisqartirish, a’lo va yaxshi natijalarni 34,9%dan 65,6%gacha oshirish imkonini bergan;

qaytalangan jigar exinokokkozi bilan kasallangan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha dissertatsiya ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyoti, xususan, Yu.Otabekov nomidagi Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining xirurgiya bo‘limiga, Paxtaobod shahri markaziy shahar shifoxonasiga amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 3 fevraldagi 8 N-d/101-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqotdan olingan natijalar operatsiyadan keyingi erta va uzoq davrlarda asoratlarsiz bemorlar sonini 55,8%dan 83,1%gacha oshirish, o‘lim chastotasini 2,6%dan 1,4%gacha pasaytirish va takroriy an’anaviy yoki kam invaziv aralashuvlarga bo‘lgan ehtiyojni 10,4%dan 4,2%gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish