Matlubov Mansur Muratovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Semiz ayollarda tug‘ruqni hal etishda optimal anesteziologik yondashuvni klinik-funksional asoslash», 14.00.37–Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib135.

Ilmiy maslahatchi: Semenixin Arseniy Arsen`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc 28.02.2018.Tib.63.01.

Rasmiy opponentlar: Avakov Vyacheslav Ervandovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ataxanov Shuxrat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kurbanov Djaxongir Djamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Dnepropetrovsk davlat tibbiyot akademiyasi (Ukraina).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: semizligi bor homilador ayollar abdominal tug‘rug‘ida optimal anesteziologik himoyani patogenetik asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ortiqcha vaznli va turli darajadagi semizligi bor homiladorlarning hayotiy muhim tizimlarining anesteziyagacha bo‘lgan dastlabki holati gestatsiyaning 37-39 haftasi muddatida birinchi marta kompleks ravishda klinik-funksional (periferik gemodinamika, markaziy gemodinamika parametrlari, tashqi nafas funksiyasi ko‘rsatkichlari) aniqlangan;

tug‘ruq vaqtidagi asoratlar kuzatilishini bashoratlashda eng qulay anesteziologik yondashuv usulini tanlashga imkon beruvchi integral ma’lumotlarning yuqori ko‘rsatkichi birinchi marta akusherlik anesteziologiyasida isbotlangan;

turli darajadagi semizligi bor homiladorlarda yurak qon-tomir tizimi adaptatsion-moslashuv imkoniyatlarining saqlanganlik darajasi va intraoperatsion anesteziologik asoratlar xavfi darajasini inobatga oluvchi regionar va umumiy anesteziyaning takomillashtirilgan variantlari ishlab chiqilgan va patogenetik asoslangan;

O‘zbekiston Respublikasidagi tug‘ruq majmualari texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib, umurtqa pog‘onasining anatomik xususiyatlarini anesteziyadan avval preventiv ul`tratovush tekshiruvi yordamida aniqlashtirish va uning asosida markaziy neyroaksial blokada  amaliyotini engillashtiruvchi tizimi ishlab chiqilgan;

semiz ayollardagi tug‘ruq jarayonini og‘riqsizlantirish uchun qo‘llanilgan anesteziya turli usullarining hayotiy muhim tizimlariga ta’siri yoritilgan va xavfsizligi isbotlangan;

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Semiz ayollarda tug‘ruqni hal etishda optimal anesteziologik yondashuvni klinik-funksional asoslash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Ortiqcha tana vaznli va semirgan bemorlarda tug‘uruqni abdominal yo‘l bilan amalga oshirishda anesteziologik yondashuv» nomli uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 19 yanvardagi 8n-d/99-son ma’lumotnomasi). Mazkur qo‘llanma ortiqcha tana vaznli va semirgan ayollarda tug‘uruqni abdominal amalga oshirishda optimal anesteziologik yondashuvni tanlash, tana vazni indeksini inobatga olgan holda anesteziya uchun ishlatiladigan dori vositalari va ularning zararsiz miqdorini tanlash imkonini bergan;

yurak qon-tomir tizimining adaptatsion-moslashuv imkoniyatlari saqlanishining turli darajasini ko‘p faktorli kriteriysiga asoslangan shkala yordamida homilador semiz ayollar yurak qon-tomir tizimi rezerv holatini baholash, anesteziologik asoratlar xavfini individual prognostik ko‘rsatkichiga asoslangan shkala yordamida bashoratlash, og‘ir darajali semizligi mavjud, umurtqa pog‘onasi deformatsiyasi bor ayollarda bel umurtqalari anatomik hosilalari preventiv ul`tratovushli vizualizatsiya usuli, MNB o‘tkazish qiyin bo‘lgan bemorlarga regionar blokada varianti sifatida epidural-sakral anesteziya usuli Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Samarqand davlat tibbiyot instituti birinchi klinikasi tug‘ruq bo‘limi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 19 yanvardagi 8n-d/99-son ma’lumotnomasi).

semiz ayollarda tug‘ruqni hal etishda optimal anesteziologik yondashuvini klinik-funksional asoslash va uning samaradorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Samarqand davlat tibbiyot instituti birinchi klinikasi tug‘ruq bo‘limi, Samarqand shahar 1 va 3-sonli tug‘ruq majmualari, Samarqand viloyati perinatal markazi, Buxoro davlat tibbiyot instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali klinikalari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 13 dekabrdagi 8n-z/53-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi ortiqcha tana vazni va turli darajadagi semizligi bor homiladorlarda anesteziologik xavfni amaliyotdan oldin aniqlash, o‘z vaqtida kompleks davolash va profilaktikani ta’minlash, optimal anesteziologik usulni tanlash natijasida anesteziologik asoratlar spinal anesteziya usulini qo‘llaganda 29,2%ga, epidural anesteziya usulini qo‘llaganda 16,4%ga, YuQTTMI keskin pasaygan, TVI 35-40 kg/m2 va undan ko‘p bo‘lgan bemorlarda sun’iy o‘pka ventilyasiyasi bilan umumiy kombinirlangan mul`timodal anesteziya o‘tkazilganida 71,5%ga kamaygan, anesteziologik va akusherlik yordami sifati oshdi, taktik xatolarning oldi olingan, davolashga ishlatiladigan moddiy xarajatlar 19,7% ga kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish