Hoshimxonov Mo‘minning pedagogika fanlari doktori (DSc)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy-pedagogik fikrlar negizida talabalarning ma’naviy-axloqiy kamolotini ta’minlash tizimini takomillashtirish (Boborahim Mashrab asarlari misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped435.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi,  IK raqami: Jizzax  davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01 raqamli bir martalik Ilmiy Kengash.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: [To‘raqulov Xolbo‘ta Abilovich], pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar:
Yo‘ldoshev Qozoqboy Boybekovich,  pedagogika fanlari doktori, professor.
Yarmatov Rahim Bahramovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Taylonova Shohida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy – pedagogik fikrlar negizida talabalarning ma’naviy – axloqiy kamolotini ta’minlash tizimini takomillashtirish kontekstida Boborahim Mashrabning umuminsoniy va insonparvarlik g‘oyalari mohiyatini yoritish, shuningdek, jahon pedagogik tafakkuri rivojidagi mohiyatini keng jarayonda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XVII – XVIII asrlar Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan, pedagog allomalar, ko‘plab darslik saboqlar yaratgan kattaqo‘rg‘onlik So‘fi Olloyor, chimyonlik Xojamnazar G‘oyibnazar o‘g‘li Huvaydo, namanganlik Boborahim Mashrab va boshqa mutasavvif murabbiylarning asarlarida ma’naviy meros, umuminsoniy qadriyat, gumanistik g‘oyalar, axloqiy – ta’limiy qoidalar, ibrat va odob konteksidagi fikrlar aniqlangan;  
Mashrab ijodining mahsuli bo‘lgan asarlari, “Ijtimoiy – pedagogik fikrlar negizida talabalarning ma’naviy – axloqiy kamolotini ta’minlash tizimini takomillashtirish”,  uning pedagogik merosi, mutafakkirning she’riyatidagi didaktik g‘oyalar,  shoirning tasavvufiy, badiiy, pedagogik qarashlari aks etgan “Mabdai nur”, “Kimyo”, “Qissai Vays ul-Qaraniy” kabi asarlaridagi ta’limiy, axloqiy qarashlar isbotlangan;
Mashrabning pedagogik qarashlarini shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ mutasavviflar Ibrohim Adham, Boyazid al-Bistomiy,  Mansur Halloj,  Jaloliddin Rumiy, Shayx Shibliy, Robia Adaviya, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Hidoyatullo Ofoqxoja, Alisher Navoiy, So‘fi Olloyor kabi allomalarning uning ijodiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi dalillangan;
Mashrab asarlaridagi turli pedagogik janrlarning maktablarda o‘rganilishi, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda uning ijodiga bo‘lgan e’tibor va qiziqishlarning ortishi, xususan, Evropaning ko‘plab mamlakatlariga, hatto Amerika qit’asigacha etib borishi, o‘zbek she’riyati bilan boshqa xalqlarni tanishtirishi kabi omillar o‘z isbotini topgan;
Mashrab merosidagi pedagogik fazilatlar, axloq va komil inson muammosi haqidagi g‘oyalar, ma’rifiy fikrlar, tarbiyaviy, milliy-ma’naviy ahamiyati, umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan pedagog mutafakkir ijodining janr xususiyatlarini o‘rganish metodikasi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Boborahim Mashrab asarlaridagi ta’limiy, axloqiy qarashlar Jizzax viloyat “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining “Jamiyat barqarorligini ta’minlashda yoshlar madaniyatini yuksaltirishning innovatsion omillari” mavzusida 2021 yilda bajarilgan 07-raqamli grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyat “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2022 yil 1 apreldagi 8-son dalolatnomasi). Natijada, Boborahim Mashrab tasavvufiy qarashlarining aholining ma’naviy madaniyati va fuqarolik mas’uliyatini oshirish borasidagi empirik tadqiqotlarni olib borishdagi amaliy ishlarda taklif-tavsiyalar ishlab chiqish masalalarida dissertatsiyadagi g‘oyalar muhim manba bo‘lib xizmat qildi.
XVII-XVIII asrlar Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan pedagog allomalar So‘fi Olloyor, Xojamnazar Huvaydo, Boborahim Mashrab asarlaridagi  axloqiy-ta’limiy, ibrat va odob kontekstidagi fikrlardan  Jizzax viloyat “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining “Aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirishda jamoatchilik ta’sirini oshirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish” mavzusida 2020 yilda bajarilgan 68-11/78-raqamli grant loyihasida belgilangan vazifalar  ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyat “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2022 yil 10 iyundagi 11-sonli dalolatnomasi). Natijada, Boborahim Mashrab tasavvufiy qarashlarining milliy ma’naviyatimiz targ‘iboti chora-tadbirlarida, ta’lim tizimida talabalarning ma’naviy madaniyati va ijtimoiy mas’uliyatini oshirish borasidagi amaliy ishlarda taklif-tavsiyalar ishlab chiqish masalalarida muhim manba bo‘lib xizmat qildi.
O‘zbekistonda  amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, ta’lim islohotlari orqali uchinchi Renessans poydevorini yaratish, uni mazmun – mohiyatini jamiyatimiz a’zolariga singdirishga oid ilmiy – amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat  markazining 2021- 2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tadbiq etilgan. “Besh muhim tashabbus” doirasida amalga oshirilgan chora – tadbirlar “Ajdodlarga munosib voris bo‘laylik” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviyat soatlarini tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Asos: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyati bo‘limining 2022 yil 24 maydagi ma’lumotnomasi) Natijada, dissertatsiyada Boborahim Mashrab pedagogik qarashlarida ilgari surilgan takliflar, tavsiyalar yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlar, kattalarga hurmat, yoshlarga g‘amxo‘rlik, ezgulik va insoniylik, mehribonlik va bag‘rikenglik, Vatan va xalqqa sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.
mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarning hayotdagi o‘rni va rolini yanada oshirishga doir istiqbollarini o‘rganish masalasiga e’tiborni kuchaytirish mexanizmlarini ishlab chiqishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining  2022 yil 06 iyuldagi  dalolatnomasi.) Yoshlar ishlari agentligi jinoyatchilikka qarshi kurashish va xuquqbuzarliklar profilaktikasi ishlarini samarali tashkil etishda, tizimli ishlarni amalga oshirish maqsadida maxsus yil dasturi loyihasini ishlab chiqishda Boborahim Mashrab pedagogik qarashlari tadqiqotidan  munozara madaniyatini takomillashtirish maqsadida o‘quv  - seminar, targ‘ibot tadbirlarida material  (qo‘llanma) sifatida foydalanilmoqda. Natijada, yoshlarda ijtimoiy – siyosiy jarayonlarni anglash, yoshlarga oid davlat siyosatining mohiyati, ta’sirchanligi, amaliy ahamiyatini olib borishda qo‘llanildi.  
Mumtoz  adabiyotimizning yirik vakili bo‘lgan, otashin she’riyati bilan nafaqat Markaziy Osiyo, balki Sharq mamlakatlarida mashhur bo‘lgan Boborahim Mashrab ijodini yosh ijodkorlarga yaqinlashtirish maqsadida Mo‘min Hoshimxonovning “Ijtimoiy-pedagogik fikrlar negizida talabalarning ma’naviy-axloqiy kamolotini ta’minlash tizimini takomillashtirish” (Boborahim Mashrab asarlari misolida) nomli dissertatsiyasida asoslangan ilmiy yangiliklardan ijodiy hamkorlik ishlarida foydalanildi. (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi 2023 yil 3 martdagi №01-03/347 sonli dalolatnomasi). Natijada, doktorlik dissertatsiyasida ishlab chiqilgan, asoslangan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi  “Onajonim she’riyat”  to‘garagida foydalanildi. Boborahim Mashrab ijodining o‘ziga xos pedagogik xususiyatlari, ularning falsafiy, ijtimoiy va axloqiy qarashlarini yangicha nazariy-uslubiy yondashuvlardan kelib chiqqan holda tahlil etishda M.Hoshimxonovning ilmiy ishi qo‘llanildi.
Islomshunoslik muammolarini birlamchi manbalar va ajdodlarimiz diniy – ma’rifiy merosini tizimli tahlil qilish asosida yosh avlodni, sog‘lom e’tiqodni shakllantirish kabi mavzulardagi amaliy tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan. (O‘zbekiston musulmonlari idorasi  2023 yil 13  mart 744-sonli dalolatnomasi). Dissertatsiyada olingan quyidagi ilmiy xulosa natijalari amaliy grant yo‘nalishi uchun xizmat qilgan. Ilmiy loyihani bajarishda  Boborahim Mashrab haqidagi tasavvufiy tushunchalar, Qur’oni karim, hadisi shariflarga oid maqolalarni yozishda hamda ma’naviy – ma’rifiy tafakkurida tutgan o‘rniga doir ma’lumotlar O‘rta Osiyolik allomalar ijodida qo‘llanilgan atamalar qomusiga kiritilgan. Qomus materiallari movarounnahrlik olimlar ilmiy asarlarida keltirilgan atamalar bilan boyitilgan. Natijada, O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi tasarrufidagi Toshkent islom instituti va boshqa oliy ta’lim muassasalarida 2021/2022 o‘quv yili davomida Mashrab ijodiga bag‘ishlangan ilmiy maqola va risolalardan talabalarga zarur bilim, malaka va ko‘nikmalar, pedagogika tarixi bo‘yicha mutaxassislik xususiyatlarini shakllantirish hamda diniy – ma’naviy ta’lim mazmunini takomillashtirish uchun foydalanilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish