Gadaev Oybek Yaxshiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida

I.    Umumiy ma’lumotlar.
 “O‘zbek tilida toponegizlar shakllanishining lingvistik xususiyatlari (Ishtixon va Payariq tumanlari toponimlari misolida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1923.
Ilmiy rahbar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Xo‘jamurod, filologiya fanlari doktori, professor; Qilichov Bayramali, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyati Ishtixon va Payariq tumanlari hududiga mansub topoobektlarning insoniyat tarixi davomida qaror topgan toponimik negizlar shakllanishiga oid xarakterli xususiyatlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
toponimlarning tarkibi, tuzilishi va shaklanishi toponegiz orqali oydinlashishi sababli toponegiz termini talqini Ishtixon va Payariq tumanlaridagi Buyra+chi,  Kindik+li – yasama,  O‘roq+li – yasama,  Bodomcha+li  – yasama,  Jar+lik –yasama, Ko‘l – tub, Markaz – tub, Chim–tub, Jar – tub, Qozi–tub singari joy nomlarining yasama va tub jihatlari ochib berilgan;
    toponegizning toponim bo‘yicha to‘liq ma’lumot berishini inobatga olib, toponegizning morfemik tarkibi aniqlangan, ularning yasalish xususiyatlaridagi ot, sifat, son, fe’l so‘z turkumlaridan o‘sib chiqqanligi ot+ ot+ ot: Iloniziyoʻl, son+ot: Uchkunchak, ot+fe’l: Kampiro‘ldi, son+ot+-li: Qirqqozonli kabilar orqali asoslangan;
Ishtixon va Payariq tumanlaridagi toponegizlar shakllanishining lingvistik va ekstralingvistik omillarini aniqlash orqali bir necha ming yillik turmush tarzi bilan aloqador Buyrachi, Juvozxona, Baliqchi kabilar, xalq tarixi Qo‘ngʻirot, Naymancha,  Qatagʻon, Cho‘michli, Chelak, Uymovut kabilar, tabiatga munosabati   Oqtogʻ, Teshiktogʻ, Kaltaqir, Chinortepa, Avliyotepa, Yoʻgʻontepa, Darvozagaza kabilar orqali dalillangan;
Ishtixon va Payariq tumanlaridagi toponimlarning o‘zagini, yadrosini tashkil etuvchi toponegizlarni fonetik omillar Sugʻot, Cho‘rash, Ayuchi, Molguzar kabilar, leksik omillar Rasulkamar, Qo‘lota, Payshanbiariq kabilar, leksik-semantik omillar Eshimoqsoq, Qo‘riq Bodoq kabilar, grammatik omillar Chandir, Egarchi, Raimtepa, Oytamgʻali kabilar bilan etimologik mukammalligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyati Ishtixon va Payariq tumanlari hududidagi toponegizlar shakllanishining lingvistik xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
Samarqand viloyati Ishtixon va Payariq tumanlari hududidagi madaniy meros obektlari joylashgan toponimik obektlar ma’lumotlaridan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligining 2023-yil 20-yanvardagi  01-02/45-son ma’lumotnomasi).  Natijada xalq tili va  madaniyatining nodir merosi bo‘lgan, o‘tmishimizning ma’naviy ko‘hna merosi, madaniy yodgorligi bo‘lgan toponimik obektlar bo‘yicha ma’lumotlarni to‘ldirishga xizmat qilgan;
Ishtixon va Payariq tumanlari hududi toponimlarning lisoniy tadqiqi bo‘yicha olingan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Imom Buxoriy xalqoro ilmiy tadqiqot markazining ilmiy xodimlari tomonidan nashr etilgan “O‘rta asr sharq allomalari ensiklopediyasi”, “O‘rta asrlarda yashagan samarqandlik allomalar” asarlarining mazmunini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2023-yil 25-yanvardagi 02-36-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba-yoshlarning mamlakatimizning qadimiy va zamonaviy tarixini o‘rganish borasidagi bilimlari boyigan;
 toponimikaga oid atamalarning ifodalanishi, ularning  tipologik tahlili va bu tushunchalarni o‘rganish kabi tavsiyalardan Evropa Ittifoqining Erazmus+ dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA 2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 27-fevraldagi 433/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning elektron platformasidagi modul resurslarini to‘ldirishga, boyitishga xizmat qilgan;
Ishtixon va Payariq tumanlari hududigagi toponimlarga aylanadigan so‘zlar, iqtisodiy va madaniy ehtiyojlar natijasida toponimlashuv hodisasining yuzada kelishiga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi  “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Bir so‘z ta’rifi” va “Bor gap”  ko‘rsatuvlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy eleradio kompaniyasining 2023-yil 19-yanvarvfpsh 01-02-02/09-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlarning  o‘zbek xalqi  tarixi va til tarixi bilan chambarchas bogʻliq bo‘lgan jihatlari boyitilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish