Puziy Anastasiya Nikolaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Televizion tasvirlarni uyali telefon terminali orqali uzatish uchun ularni siqish usullari», 05.04.02–Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil, tola-optik aloqa tizimlari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T82.

Ilmiy rahbar: Xalikov Abdulxaq Abdulxairovich, texnika fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.28.12.2017.T.07.02.

Rasmiy opponentlar: Radjabov Tel`man Dadaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Miraxmedov Vaxid Sadikovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: real vaqtda 3–4-avlod uyali aloqa telefonlari orqali uzatish uchun eshittirish standartidagi TV tasvirlarni yuqori samarali siqish tizimini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

uzatish vaqti o‘zgarmagan holda televizion signallar tasvirini siqish samaradorligini 1,5 marta oshiruvchi usuli piksellarning yorqinligini kodlashdan oldin 2 marta kamaytirish orqali takomillashtirilgan;

video oqimni siqish darajasini murakkab video syujetlarda 1,3–1,5 marta oshirishni ta’minlovchi kadrlararo ishlov berish usuli qo‘shni kadrlarni bir biridan ayirish orqali takomillashtirilgan;

katta siqish koeffisientlarida qayta tiklangan tasvirlarning yaxshi sifatini beruvchi, tasvirlarni 2 yo‘nalishli resayzi usuli 2-3-tartibli Lansosh fil`trlari asosida takomillashtirilgan;

tasvirlarni sifatini saqlagan holda hajmini kamaytiruvchi ikki yo‘nalishli resayz usuli LeGall (3) va 2-3-tartibli Lansosh interpolyasion fil`trlari orqali takomillashtirilgan;

real vaqtda video oqimni 130 va undan ortiq marta siqishni ta’minlovchi yorqinlikni 2 marta kamaytirish, 3-tartibli Lansosh interpolyasion fil`trlari asosida tasvirlarni ikki yo‘nalishli resayzlash, kadrlararo ayirma va veyvlet o‘zgartirishlarini birgalikda qo‘llaydigan tizim yaratilgan;

oldindan yorqinligini 2 marta kamaytirish va ikki yo‘nalishli resayzni qo‘llash asosidagi veyvlet videokodekning shakllantirilgan element bazasi va tuzilish sxemasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Televizion tasvirlarni uyali telefon terminali orqali uzatish uchun ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan siqish usullari asosida:

kadrlararo farqni, LeGall(5/3) lifting veyvlet fil`trini shakllantirish usuli asosidagi ishlab chiqilgan videosignallarni samarador siqish tizimi «UZDIGITAL TV» MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 11 dekabrdagi 33-8/8342-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida chiquvchi video ma’lumotlar hajmi mavjud MPEG-4 kodeklarga nisbatan 1,1 barobar kamaytirish, jumladan kanalning o‘zgarmas polosasi kengligida 14 ta TV dasturlar o‘rniga 16 ta TV dasturlarni uzatish imkoni yaratilgan;

video signallarni Deslauriers-Dubuc(9,7) lifting veyvlet fil`trini shakllantirish usuli asosidagi samarali siqish tizimi «O‘zbektelekom» AJ TTT filiali tomonidan joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 11 dekabrdagi 33-8/8342-son ma’lumotnomasi). Natijada chiquvchi fayllarning hajmini birlamchisiga nisbatan 135 marta kamaytirish imkoni yaratilgan;

video ma’lumotlarni Lansosh algoritmi yordamida samarali siqish usuli «O‘zbektelekom» AJ TTT filiali tomonidan joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 11 dekabrdagi 33-8/8342-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida video oqimni mobil aloqa kanallari orqali 2 Mbit/s gacha tezliklarda uzatish uchun 130 va undan ortiq marta siqish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish