Ubaydulloev Alisher Nematilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped627.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Lutfillaev Maxmud Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Panjiev Samijon Alijonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi  tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar vositasida axborot tizimlari va texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tizimida o‘qitiladigan “Kompyuterli matematik tizimlar” hamda “Big data tahlili” fanlarini (virtual intelektual borliq, masofadan o‘qitish, ta’limni boshqarish tizimlari) raqamli texnologiyalar asosida talabalarni kreativ savodxonlik madaniyati, tanqidiy fikrlashga oid axborot kommunikatsion kompetensiyalarini mobil hamda veb ilovalar vositasida rivojlantirishning metodik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
sun’iy intellektga asoslangan virtual aloqani ommalashtirish aspektlariga qaratilgan bulutli texnologiyalardan foydalanishning integrativ ta’sirida talabalarning bilishga bo‘lgan intuisiyasini liberallik tamoyili orqali rivojlantirishda mobil ta’lim uchun “Android” tizimida ishlovchi ilovalardan foydalanib, intuitiv-vizual dasturlash muhitini ta’lim jarayoniga adaptatsiyasini yuzaga keltirish vositasi sifatida ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan ta’limni boshqaruvchi dasturlar orqali talabalar bilimini rivojlantirish, raqamli ta’lim mazmuniga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning dars va darsdan tashqari ta’lim jarayonida foydalanuvchi interfeysini yaratuvchi kvalimetrik parametrlarning prognostik xususiyatlarini mobil dastur, manipulyativ, imperativ, motivatsiyani vujudga keltirish, mantiqiy fikrlashning sun’iy intellektga asoslangan raqamli texnologiyalariga ustuvorlik berish hamda pedagogik faoliyat modeli innovatsion ta’lim metodlarining pozision imkoniyatlari va dinamik harakatlar tizimi mazmunan takomillashtirilgan;
talabalarning kognitiv kompetensiyalari infratuzilmasini shakllantirishda dasturiy vositalarni ta’lim jarayoniga amaliy tatbiq etishga oid motivatsion, kognitiv, maqsadli fikrlashga xizmat qiluvchi kreativlik darajasini baholash ko‘rsatkichlari mobillik, muloqotchanlik, axborotlilik, o‘z-o‘zini rivojlantirish, taqqoslash hamda strategik prognozlash tamoyillari raqamli texnologiyalar vositasida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga doir innovatsion yondashuvli faoliyatli, tizimli, kompetensiyaviy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot tizimlari va texnologiyalari ta’lim yo‘nalishlari talabalarini raqamli ta’lim muhitida o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim tizimida o‘qitiladigan “Kompyuterli matematik tizimlar” hamda “Big data tahlili” fanlarini (virtual intelektual borliq, masofadan o‘qitish, ta’limni boshqarish tizimlari) raqamli texnologiyalar asosida talabalarni kreativ savodxonlik madaniyati, tanqidiy fikrlashga oid axborot kommunikatsion kompetensiyalarini mobil hamda veb ilovalar vositasida rivojlantirishning metodik imkoniyatlariga oid xulosalar “Oliy matematika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisining 2023-yil 16-iyundagi 02-02/106-son ma’lumotnomasi).  Natijada, talabalarni kreativ savodxonlik madaniyati, tanqidiy fikrlashga oid axborot kommunikatsion kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
sun’iy intellektga asoslangan virtual aloqani ommalashtirish aspektlariga qaratilgan bulutli texnologiyalardan foydalanishning integrativ ta’sirida talabalarning bilishga bo‘lgan intuisiyasini liberallik tamoyili orqali rivojlantirishda mobil ta’lim uchun “Android” tizimida ishlovchi ilovalardan foydalanib, intuitiv-vizual dasturlash muhitini ta’lim jarayoniga adaptatsiyasini yuzaga keltirish vositasi sifatida ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan ta’limni boshqaruvchi dasturlar orqali talabalar bilimini rivojlantirish, raqamli ta’lim mazmuniga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish hamda talabalarning dars va darsdan tashqari ta’lim jarayonida foydalanuvchi interfeysini yaratuvchi kvalimetrik parametrlarning prognostik xususiyatlarini mobil dastur, manipulyativ, imperativ, motivatsiyani vujudga keltirish, mantiqiy fikrlashning sun’iy intellektga asoslangan raqamli texnologiyalariga ustuvorlik berish hamda pedagogik faoliyat modeli innovatsion ta’lim metodlarining pozision imkoniyatlari va dinamik harakatlar tizimi mazmunan takomillashtirishga doir takliflardan Buxoro muxandislik-texnologiya institutining “AIF 2/20-Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2021yy.) mavzusidagi grant loyihasining “Talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil etishga qaratilgan innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga tadbiq etish” qismini bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisining 2023-yil 16-iyundagi 02-02/106-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muaasasalari talabalarining dars va darsdan tashqari ta’lim jarayoni raqamli texnologiyalardan foydalanishga oid motivatsiyalari rivojlantirilgan;
talabalarning kognitiv kompetensiyalari infratuzilmasini shakllantirishda dasturiy vositalarni ta’lim jarayoniga amaliy tatbiq etishga oid motivatsion, kognitiv, maqsadli fikrlashga xizmat qiluvchi kreativlik darajasini baholash ko‘rsatkichlari mobillik, muloqotchanlik, axborotlilik, o‘z-o‘zini rivojlantirish, taqqoslash hamda strategik prognozlash tamoyillari raqamli texnologiyalar vositasida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga doir innovatsion yondashuvli faoliyatli, tizimli, kompetensiyaviy tavsiyalardan innovatsion yondashuvli faoliyatli, tizimli, kompetensiyaviy metodik tavsiyalar axborot tizimlari va texnologiyalari bakalavr ta’lim yo‘nalishi o‘quv dasturi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisining 2023-yil 16-iyundagi 02-02/106-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kognitiv kompetensiyalari infratuzilmasini shakllantirishda dasturiy vositalardan foydalanib ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasini rivojlantirishga erishilgan.  
    

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish