Rasulova Aziza Mirbaxramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarni diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashning pedagogik jihatlari», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2014.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sirojiddinova Iroda Maxamadovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashning pedagogik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash imkoniyatlari qiyosiy taqqoslash, tarixiylik, mantiqiylik prinsiplariga mos munosabat va ajdodlarimizning xulq-odob me’yorlariga oid meroslarini jadal o‘zlashtirish hamda millatlararo totuvlik prinsiplari bilan mazmunan integrativligini izchil ta’minlash asosida aniqlangan;
talabalarni diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash mezonlari etnik bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni barqaror ta’minlash, aqliy tafakkur, ma’naviy-axloqiy, dinlararo bag‘rikenglik munosabatlariga kirishish faolligini tashkiliy komponentlarning amaliy yo‘naltirilgan ta’lim sharoitiga moslashtirish hamda ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashdagi reproduktiv-ta’limiy bosqichlarning ketma-ket integratsiyasini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarni diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash modeli diniy-axloqiy munosabatlarda ma’naviy ko‘mak olish, diniy qadriyatlarga sodiqlikni namoyon qilish hamda millatlararo munosabatlarda effektiv qo‘llanilishida natijadorlikni oshirishga xizmat qilishga yo‘naltirilgan “Etnik tolerantlik” kategoriyasining imkoniyatlaridan maqsadli foydalanish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash texnologiyalari ijtimoiy intilishlar, maqsadli ijtimoiy hamkorlik yo‘nalishlarini talabalar o‘rtasida etnik bag‘rikenglik, milliy qadriyatlar va ichki hayotiy-ruhiy kechinmalarga mazmunli moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashning pedagogik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalarni diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash imkoniyatlari qiyosiy taqqoslash, tarixiylik, mantiqiylik prinsiplariga mos munosabat va ajdodlarimizning xulq-odob me’yorlariga oid meroslarini jadal o‘zlashtirish hamda millatlararo totuvlik prinsiplari bilan mazmunan integrativligini izchil ta’minlash asosida aniqlashga oid tavsiyalar “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-son buyrug‘i asosida berilgan 166-100 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarni diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashning pedagogik mexanizmining pedagogik-psixologik jihatlarini tahlil qilishga sharoit yaratilgan;
talabalarni diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash mezonlari etnik bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni barqaror ta’minlash, aqliy tafakkur, ma’naviy-axloqiy, dinlararo bag‘rikenglik munosabatlariga kirishish faolligini tashkiliy komponentlarning amaliy yo‘naltirilgan ta’lim sharoitiga moslashtirish hamda ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashdagi reproduktiv-ta’limiy bosqichlarning ketma-ket integratsiyasini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 9-fevraldagi 133-son buyrug‘i asosida berilgan 133-255 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarni diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida mezonlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
talabalarni diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash modeli diniy-axloqiy munosabatlarda ma’naviy ko‘mak olish, diniy qadriyatlarga sodiqlikni namoyon qilish hamda millatlararo munosabatlarda effektiv qo‘llanilishida natijadorlikni oshirishga xizmat qilishga yo‘naltirilgan “Etnik tolerantlik” kategoriyasining imkoniyatlaridan maqsadli foydalanish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-100 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarni diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashning modelini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
talabalarni diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash texnologiyalari shaxsning mustaqil rivojlanishiga ijtimoiy intilishlar, maqsadli ijtimoiy hamkorlik yo‘nalishlarini talabalar o‘rtasida etnik bag‘rikenglik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar va ichki hayotiy ruhiy kechinmalariga mazmunli moslashtirish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 9-fevraldagi 133-son buyrug‘i asosida berilgan 133-255 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarni diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashning pedagogik mexanizmlarini innovatsion texnologiyalarini asosida takomillashtirishga erishilgan.