Bobomuxamedova Shoira Agzamdjan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Elektron ta’lim muhitida dasturlash tillarini o‘qitishning metodik tizimini blog-texnologiyasi asosida takomillashtirish”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2932.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Zakirova Feruza Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaev Botir Baxtiyor o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron ta’lim muhitida dasturlash tillarini o‘qitishning metodik tizimini blog-texnologiyasi asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dasturlash tillarini elektron ta’lim muhitida o‘qitish jarayonining integrativlik, dinamiklik, diagnostik, hamkorlik, ijodkorlik xususiyatlarini belgilash orqali talabalarning kognitiv-ijodiy qobiliyatlari va kasbiy muammolarini kollaborativ hal qilishda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan blog-texnologiyasining ta’limiy funksiyalari takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitida dasturlash tillarini o‘qitishga yo‘naltirilgan o‘quv blogi onlayn kompilyatorlar (Replit, Ideone), elektron glossariy (vidjet), interfaol nazorat topshiriqlari (LearningApps, OnlineTestPad, Algotica), laboratoriya ishi va hisobotini boshqaruvchi (GoogleForm) komponentlarini asinxron-funksional integratsiyalash asosida smart-blog elektron ta’lim platformasi takomillashtirilgan;
dasturlash tillarini elektron ta’lim muhitida o‘qitish metodikasi o‘qitish jarayonida talabalarning motivatsiyasini geymifikatsiya usuliga asoslanib oshirish, kognitiv-vizual ko‘nikmalarini kouching negizida rivojlantirish hamda algoritmik fikrlashga bosqichma-bosqich yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
dasturlash tillarini blog-texnologiyasi asosida talabalarni dasturlash qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi samaradorligini aniqlovchi baholashning dasturlovchi-kognitiv, dasturlovchi-refleksiv, dasturlovchi-kollaborativ va dasturlovchi-start-up mezonlari va ko‘rsatkichlari (past, o‘rta va yuqori baholash darajalari) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron ta’lim muhitida dasturlash tillarini o‘qitishni metodik tizimida blog-texnologiyasidan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dasturlash tillarini elektron ta’lim muhitida o‘qitish jarayonining integrativlik, dinamiklik, diagnostik, hamkorlik, ijodkorlik xususiyatlarini belgilash orqali talabalarning kognitiv-ijodiy qobiliyatlari va kasbiy muammolarini kollaborativ hal qilishda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan blog-texnologiyasining ta’limiy funksiyalariga oid tavsiyalar “Algoritmlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 24-avgustdagi 603-son buyrug‘i asosida berilgan 603-158-son nashr guvohnomasi). Natijada dasturlash tillarini o‘qitishni metodik tizimi takomillashtirilib, o‘qitish samaradorligini oshishiga erishilgan;
elektron ta’lim muhitida dasturlash tillarini o‘qitishga yo‘naltirilgan o‘quv blogi onlayn kompilyatorlar (Replit, Ideone), elektron glossariy (vidjet), interfaol nazorat topshiriqlari (LearningApps, OnlineTestPad, Algotica), laboratoriya ishi va hisobotini boshqaruvchi (GoogleForm) komponentlarini asinxron-funksional integratsiyalash asosida smart-blog elektron ta’lim platformasida o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar “Dasturlash tillari” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 2-maydagi 394-son buyrug‘i asosida berilgan 394-242-son nashr guvohnomasi). Natijada blog-texnologiyasidan samarali foydalanishninig metodik imkoniyatlari kengaytirilgan hamda elektron ta’lim platformalari takomillashgan;
dasturlash tillarini elektron ta’lim muhitida o‘qitish jarayonida talabalarning motivatsiyasini geymifikatsiya usuliga asoslanib oshirish, kognitiv-vizual ko‘nikmalarini kouching negizida rivojlantirish hamda algoritmik fikrlashga bosqichma-bosqich yo‘naltirish asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha keltirilgan tavsiyalar “Algoritmlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 24-avgustdagi 603-son buyrug‘i asosida berilgan 603-158-son nashr guvohnomasi). Natijada dasturlash tillarini o‘qitishni metodikasi takomillashtirilib, ta’lim sifati oshgan;
dasturlash tillarini blog-texnologiyasi asosida talabalarni dasturlash qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi samaradorligini aniqlovchi baholashning dasturlovchi-kognitiv, dasturlovchi-refleksiv, dasturlovchi-kollaborativ va dasturlovchi-start-up mezonlari ishlab chiqilgan va talabalarning bilimini baholash darajalari aniqlangan hamda tajriba-sinov asosida statistik tahlil qilinib, ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha takliflari “Dasturlash tillari” nomli o‘quv qo‘llanmani shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 2-maydagi 394-son buyrug‘i asosida berilgan 394-242-son nashr guvohnomasi). Natijada dasturlashga oid bilim va kompetensiyalarni kasbiy sohada qo‘llanilish samaradorligini oshirishga erishilgan.