Valiev Lochin Azamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aurobindo Ghosh qarashlarining falsafiy antropologiyasi”, 09.00.03. - Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fal450.
Ilmiy rahbar: Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Jafar Muhammadievich Xolmo‘minov, falsafa fanlari doktori, dotsent; Lola Sa’dullaevna Yo‘ldosheva, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Aurobindo Ghosh falsafiy antropologiyasining falsafa tarixidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Aurobindo Ghosh falsafasidagi ko’p millatli va turfa dinli poliglot jamiyatning vujudga kelish sabablari, ichki tuzulishi, urf-odatlari, an’analar, oilaviy munosabatlar, diniy qadriyatlar, inson va jamiyat o’rtasidagi aloqadorliklar borasidagi ijtimoiy-siyosiy qarashlari majmui kabi aspektlari integratsiyasi natijasida shakllanadigan madaniyatlararo muloqot, o’zaro hamkorlik kontekstida zamonaviy jamiyat xarakteriga mosligi asoslangan;
Aurobindo Ghosh falsafasidagi inson taqdiri masalasi va o’rta asr Sharq va Islom falsafasidagi qazo va qadarning fenomenologik asoslari, faylasuf qarashlaridagi diniy-falsafiy tamoyillarni ratsional ta’minlovchi diniy bag‘rikenglik va insonparvarlik, ezgulik va javonmardlik tamoyillarining gumanistik asos sifatida sinkretik mohiyati ochib berilgan;
Sharq mutafakkirlari tadqiqotlaridagi komil inson masalasi hamda Shri Aurobindoning ideal shaxs to’g‘risidagi qarashlarining axloqiy tamoillari inson mohiyatini anglashning introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlarni aks ettirishi “komil inson” va “farovon jamiyat” g‘oyasining mantiqiy genezisi ekanligi dalillangan;
Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida ta’lim transformatsiyasi, «Ma’rifatli jamiyat»ga erishishga doir ijtimoiy, siyosiy hamda iqtisodiy islohotlarning tizimli tashkil etish Ghosh ta’lim konsepsiyasidagi sinkretik, transformatsion jihatlariga hamohangligi ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aurobindo Ghosh falsafasidagi ko’p millatli va turfa dinli poliglot jamiyatning vujudga kelish sabablari, ichki tuzulishi, urf-odatlari, an’analar, oilaviy munosabatlar, diniy qadriyatlar, inson va jamiyat o’rtasidagi aloqadorliklar borasidagi ijtimoiy-siyosiy qarashlari majmui kabi aspektlari integratsiyasi natijasida shakllanadigan madaniyatlararo muloqot, o’zaro hamkorlik kontekstida zamonaviy jamiyat xarakteriga mosligining tahliliy xulosalaridan O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Ixtirochi yoshlar», «Kelajakka yo’l», «Munosabat» kabi ko’rsatuvlarning ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining 2023 yil 13 apreldagi 03-15-563-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalar aholining diniy va dunyoviy saviyasini yuksaltirish, xususan, o’sib kelayotgan yosh avlod ongida yuksak madaniyat egasi haqidagi qarashlar shakllanishiga samarali ta’sir ko’rsatgan;
Aurobindo Ghosh falsafasidagi inson taqdiri masalasi va o’rta asr Sharq va Islom falsafasidagi qazo va qadarning fenomenologik asoslari, faylasuf qarashlaridagi diniy-falsafiy tamoyillarni ratsional ta’minlovchi diniy bag‘rikenglik va insonparvarlik, ezgulik va javonmardlik tamoyillarining gumanistik asos sifatida sinkretik mohiyatining ilmiy xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023 yillarda o’tkazilgan ma’naviy targ‘ibotlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 27 apreldagi 158-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar xalqimiz orasida bag‘rikenglik g‘oyalarini keng targ‘ib etishga xizmat qilgan;
Sharq mutafakkirlari tadqiqotlaridagi komil inson masalasi hamda Shri Aurobindoning ideal shaxs to’g‘risidagi qarashlarining axloqiy tamoillari inson mohiyatini anglashning introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlarni aks ettirishi “komil inson” va “farovon jamiyat” g‘oyasining mantiqiy genezisi ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (Yoshlar ishlari agentligining 2023 yil 17 apreldagi 4-13-21-1093-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalarning amaliyotga joriy etilishi mamlakatimiz yoshlarining intellektual va ilmiy salohiyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida ta’lim transformatsiyasi, «Ma’rifatli jamiyat»ga erishishga doir ijtimoiy, siyosiy hamda iqtisodiy islohotlarning tizimli tashkil etish Ghosh ta’lim konsepsiyasidagi sinkretik, transformatsion jihatlarining hamohangligiga oid ilmiy tavsiyalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Sharq falsafasi va madaniyati tarixi» nomli o’quv qo’llanma tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 10 maydagi 02/01-01-69-son ma’lumotnomasi). Natijalar o’quv qo’llanmaning «Qadimgi Sharq xalqlari madaniyati», «Qadimgi Sharqda asotir tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo’lishi», «Markaziy Osiyoda buddaviylik diniy - falsafiy ta’limoti» nomli mavzularini yangi ilmiy faktik ma’lumotlar bilan boyitgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish