Sherboboev Muxriddinjon Azimmurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Karl Popper ijodida ilmiy bilish mantig‘i masalasi”, 09.00.03 - Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal531.
Ilmiy rahbar: Fayzixodjaeva Dilbar Irgashevna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti,  DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Isaqova Zamiraxon Ruxitdinovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universitei.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Karl Popperning ilmiy bilish mantig‘iga oid ta’limotining nazariy va amaliy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilmiy bilishda Karl Popperning verifikatsiya va falsifikatsiya tamoyillariga asoslangan epistemologik g‘oyalar konsepsiyasi boshqa olimlar g‘oyalaridan kognitiv asoslariga ko‘ra ijtimoiy- madaniy va falsafiy-metodologik jihatlari bilan farqlanishi ochib berilgan;
mutafakkirning metafizik konsepsiyasidagi tanqidiy ratsionalizm metodini qo‘llash zamonaviy ilm-fan modernizatsiyasini tezlashishiga hamda innovatsion g‘oyalar bilan boyishiga xizmat qilganligi asoslangan;
epistemologik ta’limotda Karl Popperning antikumilyativ pozisiyaga ega bo‘lgan kreativ tafakkurni shakllantirish hamda yangi bilimlar chinligini tanqidiy sinash usuli konstruktiv - evristik fan istiqbolida konseptual metodologik asos bo‘lganligi aniqlangan;
inson bilimlarining chinlik mezonini va taraqqiyot yo‘nalishlarini aniqlashda Karl Popperning ilmiy ratsionallik to‘g‘risidagi innovatsion qarashlari hamda falsifikasiya metodining fan taraqqiyotiga epistemologik va kognitiv ta’siri asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Karl Popper ijodida ilmiy bilish mantig‘i masalasiga oid olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ilmiy bilishda Karl Popperning verifikatsiya va falsifikatsiya tamoyillariga asoslangan epistemologik g‘oyalar konsepsiyasi boshqa olimlar g‘oyalaridan kognitiv asoslariga ko‘ra ijtimoiy- madaniy va falsafiy- metodologik jihatlari bilan farqlanishiga oid ilmiy yangiliklardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021- yil 25-dekabrdagi 538-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 538-803-raqamli guvohnomaga muvofiq nashr etilgan “Falsafa” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022- yil 25-oktyabrdagi 02/01-01-57-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar talabalarda ijtimoiy munosabatlar, tarixiy davr hamda falsafiy g‘oyalarning inson ongiga ta’siri va ilmiy bilimlar taraqqiyoti borasidagi qarashlarni shakllanishiga xizmat qilgan;
mutafakkirning metafizik konsepsiyasidagi tanqidiy ratsionalizm metodini qo‘llash zamonaviy ilm-fan modernizatsiyasini tezlashishiga hamda innovatsion g‘oyalar bilan boyishiga xizmat qilganligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Kengashining 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2023-yil 07- apreldagi 04-13/291-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar kreativ tafakkur, tanqidiy ratsionalizm hamda sog‘lom tafakkurli insonni shakllantirishga oid taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarining samaradorligi oshishiga xizmat qilgan;
epistemologik ta’limotda Karl Popperning antikumilyativ pozisiyaga ega bo‘lgan kreativ tafakkurni shakllantirish hamda yangi bilimlar chinligini tanqidiy sinash usuli konstruktiv - evristik fan istiqbolida konseptual metodologik asos bo‘lganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yilda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2022- yil 24-noyabrdagi 42-329-47-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyaning ilmiy natijalari teletomoshabinlarda K.Popperning antikumilyativ pozisiyaga ega bo‘lgan epistemologik ta’limotida kreativ tafakkurni shakllantirish hamda yangi bilimlar chinligini tanqidiy sinash usuli fan istiqbolida metodologik asos bo‘lganligi to‘g‘risida bilimlar shakllanishiga xizmat qilgan;
inson bilimlarining chinlik mezonini va taraqqiyot yo‘nalishlarini aniqlashda Karl Popperning ilmiy ratsionallik to‘g‘risidagi innovatsion qarashlari hamda falsifikasiya metodining fan taraqqiyotiga epistemologik va kognitiv ta’siriga oid ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Prezident maktablari, Ijod maktablarida o‘tkazilgan “Madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish” va “Yoshlar tarbiyasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda adabiyot, madaniyat, san’at namunalaridan keng foydalanishning artpedagogik asoslarini tadqiq qilish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023- yil 13- fevraldagi 45-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar yangi O‘zbekistonda ilmiy ratsionallik orqali yoshlar ma’naviy olamini boyishiga hamda umuminsoniy va demokratik qadriyatlarni jonlantirishga taalluqli taklif va xulosalardan foydalanib, yangi ma’naviy qadriyatlar tizimi yuzaga kelishini tahlil qilishga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish