Shukurov Akmal Sharofovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Jamiyat hayoti virtuallashuvida milliy strategik yondashuv metodologiyasi”, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal544.
Ilmiy rahbar: Madaeva Shahnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oʻzbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Tulenova Karima Jandorovna, falsafa fanlari doktori, professor; Sultanova Gulnoza Sobirovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyat hayoti virtuallashuvida milliy strategik yondashuv metodologiyasini falsafiy-konseptual ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
virtual jamiyat sharoitida vakillik demokratiyasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron demokratiya modeliga o‘tish jarayonining samaradorligini belgilovchi omil hokimiyat vakillarining jamoatchilik nazoratiga asoslanmagan faoliyatidan himoyalanish, amalga oshirilayotgan davlat siyosatining aholi real manfaatlariga moslashtirish funksiyalarini bajarishi asoslangan;
davlat boshqaruvini takomillashtirish hamda raqamli texnologiyalar orqali ijtimoiy-siyosiy regulyasiyasini optimallashtirishni nazarda tutuvchi jamiyat hayoti virtuallashuvining sharqona modelidan farqli ravishda O‘zbekistonda aholiga qulay davlat xizmatlari ko‘rsatish, davlat hokimyati organlarining  hisobdorligini oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning bevosita siyosiy ishtirokini yuksaltirish xalq manfaatlarini yuzaga chiqarish nuqtayi nazaridan ayni transformatsiya jarayonining strategik yo‘nalishlari ekanligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan taraqqiyot dasturlarining amal qilish xususiyatiga ko‘ra o‘zbek jamiyatining virtual jamiyatga transformatsiyalashuv jarayoni xronologik jihatdan shartli ravishda 4 bosqichda (1-bosqich 1991-2002-yillar, 2-bosqich 2002-2010-yillar, 3-bosqich 2013-2020-yillar, 4-bosqich 2020-2030-yillar) kechganligi onto-gnoseologik nuqtayi nazardan asoslangan;
“Shaffoflik” va “Ochiqlik” tushunchalarini aksar hollarda o‘zaro aynanlashtiriladigan sanoatlashgan jamiyatdan farqli ravishda virtual jamiyatda shaffoflik immanent xarakter kasb etganligi tufayli tashkilotning ichki xususiyati, ochiqlik ko‘pyoqlama muloqotni taqozolosh xususiyati bois fuqarolik jamiyati bilan munosabatlarni anglatuvchi kategoriyalar ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyat hayoti virtuallashuvida milliy strategik yondashuv metodologiyasini o‘rganishga oid olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
virtual jamiyat sharoitida vakillik demokratiyasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron demokratiya modeliga o‘tish jarayonining samaradorligini belgilovchi omil bo‘lib uning bir tomondan, hokimiyat vakillarining o‘zboshimchalikka asoslangan faoliyatidan himoyalanish, boshqa tomondan esa, amalga oshirilayotgan davlat siyosatning aholi real manfaatlariga moslashtirish funksiyalarini bajarishiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengash ijoriya qo‘mitasining 2023-yil 14-martdagi 01-27/75-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi partiya xodimlari uchun o‘quv-seminarlar o‘tkazishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
davlat boshqaruvini osonlashtirish hamda raqamli texnologiyalar orqali ijtimoiy-siyosiy regulyasiyasini optimallashtirishni nazarda tutuvchi jamiyat hayoti virtuallashuvining sharqona modelidan farqli ravishda O‘zbekistonda aholiga qulay davlat xizmatlari ko‘rsatish, davlat hokimyati organlarining hisobdorligini oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning bevosita siyosiy ishtirokini yuksaltirish ayni transformatsiya jarayonining strategik yo‘nalishlari ekanligiga oid xulosa va takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan “Aholining Internetdagi jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga oid chora tadbirlar” 27-bandi Markazning rasmiy www.manaviyat.uz veb-saytida ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, san’at, kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oshirish, ularda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini oshirish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga oid sohalar bo‘yicha onlayn viktorinalar tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 01-martdagi 02-22/163-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda jamiyat hayoti virtuallashuvida milliy strategik yondashuv metodologiyasini rivojlantirish va takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbek jamiyatining virtual jamiyatga transformatsiyalashuv jarayoni xronologik jihatdan shartli ravishda 4 bosqichda kechganligiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2022-yilning sentyabr, oktyabr oylarida efirga uzatilgan “Ochiq dars”, “Tadqiqot” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 22-fevraldagi 02-06-292-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi teletomoshabinlarga o‘zbek jamiyatining virtual jamiyatga transformatsiyalashuv jarayonlariga oid bilim va ko‘nikmalarni boyitishga xizmat qilgan;
“Shaffoflik” va “ochiqlik” tushunchalarini aksar hollarda o‘zaro aynanlashtiriladigan sanoatlashgan jamiyatdan farqli ravishda virtual jamiyatda shaffoflik tashkilotning ichki xususiyati, ochiqlik esa, fuqarolik jamiyati bilan munosabatlarni anglatuvchi kategoriyalar ekanligiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Ekologik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish siyosiy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2021-yil 16-iyunda qabul qilingan PF-6247-son “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2022-yil 20-aprelda 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish nuqtayi nazardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-113 son “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmonlari va shu kabi qonun hujjatlarida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2023-yil 14-martdagi 01/17-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston ekologik partiyasi faoliyatida foydalanilishi respublikamizda kechayotgan tub islohotlar jarayonidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq jihatlarini keng aholi qatlamiga, ayniqsa, yoshlarga chuqurroq tushuntirish va bu boradagi olib borilayotgan ishlarni takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish