Xoliqov Lazizjon Maxmud o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida millatlar va millatlararo munosabatlar rivoji”, 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal768.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jumaev Rustam G‘anievich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08
Rasmiy opponetlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xajieva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Nazarov Nasriddin Atakulovich, falsafa fanlar doktori, professor
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida millat rivoji va millatlararo munosabatlarni takomillashtirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
millatlararo munosabatlar tushunchasi, mohiyati, genezesi va evolyusiyasiga oid etatistik, etnologik, etnosotsial, etnomadaniy, etnopsixologik, irqiy-etnosentrik, transsendental yondashuvlar, global ilmiy-nazariy konsepsiyalarning mamlakat yaxlitligi, huquq va erkinliklar kafolati, tinchlik va barqarorlik omili ekanligiga oid mohiyati falsafaning tadrijiylik va vorisiylik prinsiplari asosida aniqlashtirilgan;
Qadimgi Sharq va G‘arb mutafakkirlarining millatlararo hamjihatlik, yaqin qo’shnichilik, tinchlik va barqarorlik, mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy hamkorlikning jahon sivilizatsiyasi yuksalishiga xizmat qilishi borasidagi qarashlarida madaniyatlararo muloqotga kirishish, milliy qadriyatlar integratsiyasi g‘oyalari ilgari surilganligi, sabr-toqatlilik, ahillik, urf-odat va an’analarga asoslanish tamoyillari orqali bir-biri bilan o’zaro aloqadorligi dalillangan;
millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashda milliy-madaniy markazlarning barcha millat vakillariga teng imkoniyat yaratib berishi, ularda fuqarolik pozisiyasini shakllantirib, yagona Vatan tuyg‘usi asosida birlashtirishi, bag‘rikenglik va tolerantlikka asoslangan muomala madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilish zarurati asoslab berilgan;
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida millatlararo munosabatlar istiqbolining ijtimoiy-ma’naviy hayotda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini yanada mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda xalqaro hamkorlikni va do‘stona aloqalarni rivojlantirish tamoyillari umumjahon bag‘rikenglik deklarasiyasining ruhida tarbiyalash, yoshlarda mustaqil fikrlash, tanqidiy fikr yuritish va axloqiy qadriyatlarga asoslangan mulohaza yuritish prinsiplariga hamohangligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida millat rivoji va millatlararo munosabatlar takomillashuvini tadqiq etish doirasida ishlab chiqilgan xulosalar asosida:
millatlararo munosabatlar tushunchasi, mohiyati, genezesi va evolyusiyasiga oid etatistik, etnologik, etnosotsial, etnomadaniy, etnopsixologik, irqiy-etnosentrik, transsendental yondashuvlar, global ilmiy-nazariy konsepsiyalarning mamlakat yaxlitligi, huquq va erkinliklar kafolati, tinchlik va barqarorlik omili ekanligiga oid ilmiy xulosalar va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan 2022 yilda ma’maviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi X bo‘limining “Mamlakatimizda keng nishonlanadigan bayramlar, shonli sanalarni keng aholi orasida targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish 45-bandi “Navro‘z bayrami, uning tarixi va qadriyatlari bilan bog‘liq udumlar targ‘ibotiga oid “Qadriyatlar qadr topgan yurt” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023 yil 10-yanvardagi 5-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, jamiyatda turli millatlar vakillari o’rtasidagi tinchlik va hamjihatlikni ta’minlash, vatandoshlarimiz ongida ko’p millatli yagona Vatan tuyg‘usini mustahkamlash tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qilgan;
Qadimgi Sharq va G‘arb mutafakkirlarining millatlararo hamjihatlik, yaqin qo’shnichilik, tinchlik va barqarorlik, mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy hamkorlikning jahon sivilizatsiyasi yuksalishiga xizmat qilishi borasidagi qarashlarida madaniyatlararo muloqotga kirishish, milliy qadriyatlar integratsiyasi g‘oyalari ilgari surilganligi, sabr-toqatlilik, ahillik, urf-odat va an’analarga asoslanish tamoyillari orqali bir-biri bilan o’zaro aloqadorligiga oid nazariy umumlashma va xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-88-son “O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotida tolerantlik tamoyilining tutgan o‘rni (qadimgi davrdan to hozirgi vaqtga qadar)” (2017-2020 yy) fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining 2023 yil 16-fevraldagi 04/11-826-son ma’lumotnomasi). Natijada, millatlar va millatlararo munosabatlar to‘g‘risidagi zamonaviy qarashlar, konsepsiyalar va ularning dinamikasiga ta’sir ko‘rsatgan falsafiy g‘oya hamda qarashlarning evolyusiyasini qiyosiy tahlil qilish, ularning o’xshash va farqli xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashda milliy-madaniy markazlarning barcha millat vakillariga teng imkoniyat yaratib berishi, ularda fuqarolik pozisiyasini shakllantirib, yagona Vatan tuyg‘usi asosida birlashtirishi, bag‘rikenglik va tolerantlikka asoslangan muomala madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilish zaruratiga doir ilmiy yangiliklar va tavsiyalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yilda efirga uzatilgan “Asrlarning asraganlari”, “Najot bilimda”, “Sakkizinchi mo’jiza” teleko’rsatuvlari, “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023 yil 2 fevraldagi 27-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning xalqimizda istiqomat qiluvchi barcha millatlar o’rtasidagi do’stlik va hamjihatlik, o’zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, doimo hushyor va ogoh bo’lib, tinchlik uchun kurashib yashash haqidagi ilmiy-tasavvur va tushunchalarning boyishiga, ko’rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini oshishishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida millatlararo munosabatlar istiqbolining ijtimoiy-ma’naviy hayotda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini yanada mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda xalqaro hamkorlikni va do‘stona aloqalarni rivojlantirish tamoyillari umumjahon bag‘rikenglik deklarasiyasining ruhida tarbiyalash, yoshlarda mustaqil fikrlash, tanqidiy fikr yuritish va axloqiy qadriyatlarga asoslangan mulohaza yuritish prinsiplariga hamohangligiga oid ilmiy yangiliklar va nazariy umumlashmalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining professional ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlarining 2022/2023-o‘quv yilining 1-yarim yilligiga mo‘ljallangan namunaviy ish rejasining III bobi 12-bandidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan so’zlagan nutqida bildirilgan fikrlar va ularning yoshlar ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini yoritib berish bo’yicha “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida taniqli yosh olimlar, sport ustalari va mutaxassislar ishtirokida targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2022 yil 11-yanvardagi 04-13/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar o’rtasida ijtimoiy hayotdagi tinchlik, barqarorlik, millatlararo totuvlik, ijtimoiy hamkorlik, diniy bag‘rikenglik va insonparvarlik fazilatlarining yuksalishiga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish