Murtozaev Shahobiddin Baxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shihobiddin Suhravardiyning “Avorif ul-maorif” (“Ma’rifatni anglaganlar”) asari va uning gnoseologik ta’limoti”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fal236.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Huseynova Abira Amonovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponetlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muzaffarov Firuz Davronovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Samatov Xurshid O‘lmasjonovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shihobiddin Suhravardiyning “Avorif ul-maorif” asaridagi gnoseologik qarashlarning falsafiy mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shihobiddin Suhravardiy merosining XII-XIII asr diniy-falsafiy fikrlar rivojidagi yetakchilik o‘rni uning “Avorif ul-maorif” asaridagi irfoniy qarashlarining “mo‘tadil gnoseologik konsepsiya”lar bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lganligida ekanligi mantiqiy dalillangan;
“Rashfun-nasoih al-iymaniyya va kashful-fazoih al-yunaniyya” asaridagi Arastu peripatetizmi tanqidi, Yaratuvchi, inson, tabiat va jamiyat munosabatlarining o‘zaro aloqadorligi hamda ta’siri xususidagi qarashlari diniy va falsafiy dunyoqarashning “kventessensiyasi” ekanligi ochib berilgan;
Shihobiddin Suhravardiyning “Avorif ul-maorif” asarida ilgari surilgan aql va ruh uyg‘unligi, qalb, nafs pokligi, botiniy ibodat orqali erishiladigan “yaqin ilmi”, “laduniy ilm”, “orif” (gnostik)ning irfoniy salohiyatini oshirish vositasi ekanligi asoslangan;
radikalizm va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarurati Suhravardiy “Avorif ul-ma’orif” asaridagi “anosiri arb’a” (to‘rt unsur) va ma’rifatni anglashga undovchi mezonlar (zohiriy va botiniy ilm uyg‘unligi, mukoshafat, irfon) asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shihobiddin Suhravardiyning “Avorif ul-maorif” asaridagi gnoseologik ta’limotning falsafiy asoslarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Shihobiddin Suhravardiy merosining XII-XIII asr diniy-falsafiy fikrlar rivojidagi yetakchilik o‘rni uning “Avorif ul-maorif” asaridagi irfoniy qarashlarining “mo‘tadil gnoseologik konsepsiya”lar bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lganligida ekanligiga oid nazariy umumlashma va xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-106-son “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining G‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi” (2017-2020 yy) fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023 yil 25 maydagi 04/11-3182-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida nashr etilgan ishlarning mazmunan boyishiga, tasavvuf tariqatlari va ta’limotlarida ilgari surilgan irfoniy qarashlarning yo‘nalishlariga doir umummetodologik yondashuvlarni tizimlashtirishga xizmat qilgan;
“Rashfun-nasoih al-iymaniyya va kashful-fazoih al-yunaniyya” asaridagi Arastu peripatetizmi tanqidi, Yaratuvchi, inson, tabiat va jamiyat munosabatlarining o‘zaro aloqadorligi hamda ta’siri xususidagi qarashlari diniy va falsafiy dunyoqarashning “kventessensiyasi” ekanligiga doir ilmiy yangilik hamda xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining buyurtma asosida tayyorlangan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” ensiklopedik kitobini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023 yil 26 maydagi 02/248-son ma’lumotnomasi). Natijada, ensiklopediya mavzularini yanada boyitishda hamda yoshlar tarbiyasiga oid sog‘lom e’tiqod, yuksak ma’naviyat, irfoniy tafakkur, komil insonni tarbiyalash kabi g‘oyalarni takomillashuviga xizmat qilgan;
Shihobiddin Suhravardiyning “Avorif ul-maorif” asarida ilgari surilgan aql va ruh uyg‘unligi, qalb, nafs pokligi, botiniy ibodat orqali erishiladigan “yaqin ilmi”, “laduniy ilm”, “orif” (gnostik)ning irfoniy salohiyatini oshirish vositasi ekanligiga doir xulosa va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020-2021 yiilarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samarodorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar dasturining VI. “Xalqimizning tarixiy me’rosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash” yuzasidan “Biz ma’rifatli islom tarafdorimiz!” shiori ostida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023 yil 25 maydagi 203-son ma’lumotnomasi). Natijada, falsafa, dunyo dinlarini qiyosiy o‘rganish, ma’naviyatshunoslik, axloqshunoslik kabi fanlarni o‘qitish jarayonida foydalanish bo‘yicha ilmiy xulosalar ishlab chiqishga, yoshlarda axloqiy tarbiyani rivojlantirish hamda tajovuzkor radikal g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga xizmat qilgan;
radikalizm va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarurati Suhravardiy “Avorif ul-ma’orif” asaridagi “anosiri arb’a” (to‘rt unsur) va ma’rifatni anglashga undovchi mezonlar (zohiriy va botiniy ilm uyg‘unligi, mukoshafat, irfon) asosida isbotlanganligiga doir ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022-2023 yillarda efirga uzatilgan “Assalom, Buxoro”, “Yoshlar vaqti”, “Najot bilimda”, “Zamondosh” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda va tadqiqotchi bilan bevosita suhbat olib borishda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023 yil 23-maydagi 02-09-135-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni barkamol, rostgo‘y va halol inson bo‘lib etishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, teletomoshabinlar ushbu masalalar yuzasidan kerakli ma’lumotlarni olishga, yosh avlodning ma’naviy olamini boyitishga va mafkuraviy immunitetini oshirishga xizmat qilgan.