Jo‘raeva Nargiza Oltinboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning mustaqil ta’limini mobil dasturiy ilovalardan foydalanib samarali tashkil etish metodikasi (umumkasbiy fanlar misolida)”, 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2849.
Ilmiy rahbar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Lutfillaev Maxmud Xasanovich, pedogogika fanlari doktori (DSc), professor; Panjiev Samijon Aliqulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida talabalarning umumkasbiy fanlardan mustaqil ta’limini mobil dasturiy ilovalardan foydalanib samarali tashkil etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning o‘quv-biluv faoliyatini takomillashtirish muammolari va pedagogik-psixologik aspektlari raqamli texnologiyalar bilan o‘zaro munosabatlariga (manipulyativ, imperativ, motivatsiyani vujudga keltirish, mantiqiy fikrlash, xulosalash) innovatsion yondashuvlarning dasturiy tendensiyalarga ustuvorlik berish asosida integrativ ta’siri aniqlashtirilgan;
mustaqil ta’limni raqamli texnologiyalar vositasida tashkil etish darajasini belgilovchi indikatorlar asosida bo‘lajak o‘qituvchilar uchun vizual dasturlash imkoniyatlarini mobil ilova orqali amalga oshirish modeli maqsad, tashkiliy, mazmun, natija komponentlari xalqaro tajribalarni verbal-mantiqiy tarzda tatbiq qilish asosida takomillashtirilgan;
o‘qitishda ta’lim turlarining asinxron va sinxron qo‘llanilishi, interfaol baholashning avtomatik, haqqoniylik, integrativlik, motivatsion, faoliyatli va kreativ mezonlarining mobil ta’limdagi didaktik sintez imkoniyati “Android” tizimining intuitiv-vizual dasturlash muhitida ishlovchi ilovalardan foydalanib ta’limiy axborotlarni modernizatsion shakllari mazmunan takomillashtirilgan;
kasbiy faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanishning kompetensiyaviy yondashuv darajasini shakllantirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlari strategik prognozlash va ko‘rsatkichlardan foydalanishning ergonomik, didaktik, metodik talablarini o‘zaro qiyosiy integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. oliy ta’lim muassasalarida talabalarning umumkasbiy fanlardan mustaqil ta’limini mobil dasturiy ilovalardan foydalanib samarali tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalarning o‘quv-biluv faoliyatini takomillashtirish muammolari va pedagogik-psixologik aspektlari raqamli texnologiyalar bilan o‘zaro munosabatlariga (manipulyativ, imperativ, motivatsiyani vujudga keltirish, mantiqiy fikrlash, xulosalash) innovatsion yondashuvlarning dasturiy tendensiyalarga ustuvorlik berish asosida integrativ ta’siri aniqlashtirishga oid xulosalar “Matematik analizning asosiy tushunchalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 2-avgustdagi, 257-sonli buyrug‘i, 257-056 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarni kreativ savodxonlik madaniyati, tanqidiy fikrlashga oid axborot kommunikatsion kompetensiyalari va mustaqil ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyalarini rivojlantirilgan;
mustaqil ta’limni raqamli texnologiyalar vositasida tashkil etish darajasini belgilovchi indikatorlar asosida bo‘lajak o‘qituvchilar uchun vizual dasturlash imkoniyatlarini mobil ilova orqali amalga oshirish modeli maqsad, tashkiliy, mazmun, natija komponentlari xalqaro tajribalarni verbal-mantiqiy tarzda tatbiq qilish asosida takomillashtirishga oid takliflardan  Buxoro muxandislik-texnologiya institutining “AIF 2/20-Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasi sifatini oshirishni yaxshilash” (2019-2021 yy.)” mavzusidagi grant loyihasini “Talabalar mustaqil ta’limini samarali tashkil etishga qaratilgan innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish” qismini bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi, Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisining 2023-yil 9-martdagi, 02-02/33-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish, malaka talablaridagi ilmiy-tadqiqot, loyihaviy-konstruktorlik, tashkiliy-boshqaruv hamda kasbiy faoliyat jarayonida amaliy tatbiq etilib, umumkasbiy fanlarni o‘qitish metodikasini rivojlantirishga erishilgan;
o‘qitishda ta’lim turlarining asinxron va sinxron qo‘llanilishi, interfaol baholashning avtomatik, haqqoniylik, integrativlik, motivatsion, faoliyatli va kreativ mezonlarining mobil ta’limdagi didaktik sintez imkoniyati “Android” tizimining intuitiv-vizual dasturlash muhitida ishlovchi ilovalardan foydalanib, ta’limiy axborotlarni modernizatsion shakllari mazmunan takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Matematik praktikum” nomli qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi, 166-son buyrug‘i, 166-086 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, o‘qitishda “Android” tizimining intuitiv-vizual dasturlash muhitida ishlovchi ilovalardan foydalanib, ta’limiy axborotlarni modernizatsion shakllari mazmunan takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish