Soxibov Isomiddin Yuldashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Angren ko‘mir konini jadal o‘zlashtirish sharoitida er osti boyliklaridan oqilona va bexatar foydalanishning marksheyderlik monitoringi», 04.00.09 – Marksheyderiya (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2023.1.PhD/T3453.
Ilmiy rahbar: Sayyidqosimov Sayyidjabbor Sayyidqosim o‘g‘li, texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali huzuridagi DSc.22/30.12.2019.T.98.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Baxaeva Svetlana Petrovna, texnika fanlari doktori, professor; Xasanov Aleksey Rashidovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Angren qo‘ng‘ir ko‘mir konini jadal qazib olish sharoitida bort atrofi massivida sodir bo‘ladigan deformatsion jarayonlarning sababini baholash va ularning ustuvorligini prognozlash metodologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘mir razrezi bort atrofi massivida kechadigan geomexanik jarayonlarni marksheylerlik monitoring qilish usuli takomillashtirilgan;
Angren ko‘mir qazib olish razrezi sharoitida nuqtaviy-fazoviy matematik modellashtirish negizida bort atrofi massividagi deformatsion jarayonlarining paydo bo‘lishi va shakllanishining birlamchi sabablari aniqlangan;
ko‘chki shakllanishidagi geomexanik jarayonlarni ko‘chkilanishga tortilgan tog‘ jinslarining «geologik xotira»si, ya’ni ko‘chki massasini tashkil etuvchi tog‘ jinslari tanasida sodir bo‘ladigan birlamchi darzlikning paydo bo‘lishidagi namoyonlik bilan aloqadorligi isbotlangan;    
deformatsion ko‘chkilanishning sababi va sharoitlarini hisobga olgan nuqtaviy-fazoviy matematik modellashtirish negizida ko‘mir qazib olinadigan razrez bort atrofi massivining ustuvorligini prognozlash metodologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘mir konlarini ochiq usulda jadal qazib olish sharoitida tog‘ jinslari massivida sodir bo‘ladigan geomexanik jarayonlarni marksheyderlik monitoringi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nuqtaviy-fazoviy matematik modellashtirish negizida ishlab chiqilgan ko‘mir koni razrezi bort atrofi massivining ustuvorligini ko‘chkilanish-deformatsiyalanish sabablari va sharoitlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan prognozlash metodologiyasi “O‘zbekko‘mir” AJ «Angren razrezi»da amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 24 noyabrdagi 01-1/2286-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, «Angren ko‘mir koni» bort atrofi tog‘ jinslarining ustuvorligi o‘z vaqtida yaqin istiqbol davri uchun baholash imkonini bergan;
geomexanik jarayonlarni takomillashtirilgan marksheyderlik monitoringi «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyati «Angren ko‘mir koni» amaliyotida joriy etilgan («O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 24 noyabrdagi 01-13/2286-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada, Angren ko‘mir konida konchilik ishlarni oqilona va bexatar olib borishni marksheyderlik ta’minotini takomillashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish