Jumaniyazova Muhabbat Bahtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sal`monellyozga qarshi bakteriofaglar ajratib olish, biologik xususiyatini o‘rganish asosida dori vositasi ishlab chiqish», 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/V789.
Ilmiy rahbar: Davranov Qaxramon Davranovich biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuxamedova Shoxista Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor; Xalilov Ilxom Mamatqulovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sal`monellyoz kasalligini qo‘zg‘atuvchi Salmonella turkumiga kiruvchi bakteriyalarni turli xil shtammlariga qarshi faollikka ega bo‘lgan polivalent bakteriofaglar ajratib olish va ular asosida dori preparati ishlab chiqish biotexnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli xududlaridan suv, tuproq va broyler jo‘jalaridan sal`monella bakteriyasining turli shtammlarini lizis qilish xususiyatiga ega bo‘lgan bakteriofaglar ajratib olingan, ularni xususiyatlari aniqlangan va maxalliy bakteriofag shtammlari kolleksiyasi yaratilgan;
ilk ajratib olingan yuqori litik faollikka ega bakteriofaglar asosida “Sal`monella polivalent bakteriofagi – “Mediphag” suyuq dori preparati yaratilgan;
ilk bor “Sal`monella polivalent bakteriofagi – “Mediphag” suyuq dori preparati sal`monelyoz kasalligini keltirib chiqaradigan sal`monella shtammlarini keng spektrda lizis qilish xususiyati aniqlangan.
respublikada “Sal`monella polivalent bakteriofagi – “Mediphag” suyuq dori preparatini uzluksiz rejimda ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sal`monellyozga qarshi bakteriofaglar ajratib olish, biologik xususiyatini aniqlash asosida dori vositasi ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sal`monella polivalent bakteriofagi BSIP №03/17 O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi inson infeksiyasi mikroorganizmlari Milliy kolleksiyasida №KMICh – 005034 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida klinik sinovdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazining 2018 yil 2 oktyabrdagi 25-son ma’lumotnomasi). Natijada, sal`monella polivalent bakteriofagi – “Mediphag” dori preparati ishlab chiqarish imkonini bergan.
sal`monella shtammlarini keng spektrda lizis qiluvchi sal`monella polivalent bakteriofagi – “Mediphag” dori preparati sifatida DV/M 02782/10/19 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazining 2019 yil 10 oktyabrdagi ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi). Natijada, “Mediphag” preparatini biologik xavfsizligini va sal`monellyoz kasalligi bilan kasallangan bemorlarda tibbiyot amaliyotida foydalanish imkonini beradi;
sal`monella polivalent bakteriofagi – “Mediphag” ichish va rektal qo‘llash uchun suyuqlik dorivor mahsuloti farmokopeya qo‘mitasining sifat standartida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (FSP 42 Uz -24515246-3701-2019). Natijada, sal`monella polivalent bakteriofagining xususiyati, saqlash muddati, transportirovkasi, shtammlarga ta’siri qayd etish imkonini bergan.