Raxmonkulov Murod Turdialievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Konservatsiyadan so‘ng ishlatishga kiritilgan quduqlarning ko‘rsatkichlariga geologik-fizik va texnologik omillarning ta’sir darajasini o‘rnatish», 04.00.13 – Neft` va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T989.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nazirila Nasimxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “O`ZLITINEFTGAZ” AJ, DSc.23/25.08.2021.T.136.01.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Azizbek Ulug‘bekovich, texnika fanlari doktori, professor; Muminov Anvar Sultanovich, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qayta ishga tushirish uchun likvidatsiya va konservatsiya qilingan quduqlarni tanlashning geologik va texnologik mezonlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suvlanganligi sababli likvidatsiya va konservatsiyadagi quduqlarni qayta ishga tushirish samaradorligi kon-geologik ma’lumotlarni qayta ishlash asosida bohalangan;
uyumlarning turli geologik-fizik sharoitlarida likvidatsiya quduqlarni qayta ishga tushirishning yakuniy neftberaoluvchanlik koeffisientiga ta’sir darajasi baholangan;
geologik va texnologik omillarning qayta ishga tushirilgan quduqlarning boshlang‘ich debitiga ta’sir darajasi aniqlangan;
likvidatsiya quduqlarni qayta ishga tushirish bo‘yicha operativ qaror qabul qilish imkonini beruvchi geologik va texnologik mezonlar isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Konservatsiyadan so‘ng ishga tushirilgan quduqlarning ishlash ko‘rsatkichlariga geologik va texnologik omillarning ta’sir darajasini o‘rnatish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quduqlarni likvidatsiya fondidan qaytarish va boshqa gorizontlarga o‘tish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya Andijon konidagi №№721, 845, 457, 149 quduqlarda, Janubiy Olamushuk konidagi №№1P, 781, 737, 780, 789 quduqlarda, G‘arbiy Polvontosh konidagi №158 quduqda, Xo‘jaobod konidagi №348 quduqda, Avval konidagi №22 quduqda, Uchtepa konidagi №5 quduqda, Boston konidagi №№856, 393 quduqlarida joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 17 apreldagi 03-18-8-307-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2017-2018 yillarda 866 tonna qo‘shimcha neft` olish imkonini bergan;
likvidatsiya quduqlarini qayta ishga tushirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya Xaudag koni №№6, 66 quduqlarida, Uchqizil koni №62 quduqda, Amudaryo koni №29 quduqda joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 17 apreldagi 03-18-8-307-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2017 yilda 490 tonna qo‘shimcha neft` qazib olish imkonini bergan;
likvidatsiya quduqni qayta ishga tushirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya Shimoliy Girsan koni №2 quduqda joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 17 apreldagi 03-18-8-307-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2019-2022 yillarda qo‘shimcha 1371 tonna kondensat va 57,693 mln. m3 gaz qazib olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish