Yusupov Jasurbek Kadirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yumshoq to‘qimalarning yiringli jarohatlarini xirurgik davolashda taktik-texnik yondashuvlarni takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1981.
Ilmiy rahbar: Abdullajanov Baxrom Rustamjanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Matmuratov Kuvondik Jumaniyozovich, tibbiyot fanlari doktori; Baymakov Sayfiddin Risbaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy kombinatsiyalangan kimyoviy fotodinamik ta’sir ko‘rsatish usulini takomillashtirish orqali yumshoq to‘qimalarning yiringli jaroxatlarini xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mahalliy yallig‘lanishga qarshi va reparativ ta’sirni induksiya qilish uchun jaroxat yuzasiga antiseptik ta’sir bilan birga kvant nurlanishning birgalikda qo‘llashga asoslangan yumshoq to‘qimalarning yiringli jaroxatlarini kombinatsiyalangan kimyoviy fotodinamik davolash usuli takomillashtirilgan;
yumshoq to‘qimalarning yiringli jaroxatlariga ishlov berishning taklif etilgan usuli tegishli to‘lqin uzunligi va kuchlanishidagi nurlantirish bilan fotosensibilizatsiya qilish hisobiga mahalliy mikroblarga qarshi faollikni hamda regenerator ta’sirni kuchaytirishi ekperimental sharoitda asoslangan;
jaroxat yuzasining bakterial patogenlarning antibiotikorezistent shtammlarini ham o‘z ichiga olgan monokul`tura yoki mikrobial assotsiatsiyalardan tozalanishiga olib kelgani holda kvant nurlantirish yumshoq to‘qimalarning yiringli jaroxatlariga kombinatsiyalangan kimyoviy fotodinamik ta’sirning bakterisid xususiyatlarini induksiyalashi isbotlangan;
jaroxat yuzasi epitelizatsiyasi hamda tozalash faolligining kuchayishi, to‘liq regeneratsiya muddatlarining tezlashishi va erta qaytalanish xavfining pasayishi bilan tavsiflanuvchi mahalliy fotodinamik ta’sir fonida patologik jarayon regressining klinik-patogenetik xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 31 maydagi 06/4-son xulosasiga ko‘ra:
yumshoq to‘qimalarning yiringli jaroxatlarini kombinatsiyalangan kimyoviy fotodinamik davolashning takomillashtirilgan usulini qo‘llash jaroxatlarni tozalanish davrini tezlashtirish, to‘liq epitelizatsiya davrini qisqartirish, kompleks xirurgik davolash esa davolash natijalarini yaxshilash imkonini beradi (Foydali model uchun patent FAP 01710, 29.10.2021 y.). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yumshoq to‘qimalarning uzoq vaqt bitmaydigan yiringli jaroxatlarini davolashning ishlab chiqilgan usuli Andijon davlat tibbiyot instituti Klinikasi bo‘yicha buyruq (26.11.202 y.; №422), RShTYoIM Andijon filiali bo‘yicha buyruq (26.11.2021 y.; №424) va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (26.11.2021 y.; №423) bilan klinik bo‘limlar amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mahalliy «FarGALS» vositasining yallig‘lanishga qarshi, antimikrob va reparativ xususiyatlari hamda kislotali muhitni neytrallashtirish sharoitida dori vositasining asosiy xususiyatlarini ta’minlovchi induksiya, kvant nurlanishining fotosensibilizatsiyalovchi ta’siri hisobiga yumshoq to‘qimalarning yiringli jaroxatlarini davolash natijalarini yaxshilash, mehnat qobiliyatini tez tiklash, ijtimoiy moslashuv va nogironlikning kamaytirish, shuningdek, bemorlar hayot davomiyligi va sifatini oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: takomillashtirilgan usulni amaliyotga joriy qilish: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 20,8 kundan 10,4 kungacha kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1 mln. 900 ming so‘mga kamaytirgan; shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: takomillashtirilgan davolash usuli yotoq-o‘rin aylanmasining oshishi hisobiga harajat kamayishidan 5 mln. 700 ming so‘mni, tadbiq ko‘lami uchun o‘rtacha (132 bemor) 262 mln. 200 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yumshoq to‘qimalarning yiringli jarohatlarini xirurgik davolashda taktik-texnik yondashuvlarni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 16 iyundagi 06/3239-son xati yuborilgan;
yumshoq to‘qimalarning yiringli jaroxatlariga ishlov berishning taklif etilgan usuli 1 daqiqa mobaynida 3 mVt  kuchlanishda lazer nurlanish bilan «FarGALS» eritmasida jaroxat bo‘shlig‘ini qayta ishlash hisobiga terining yuqori mexanik mustahkamligi, etarlicha antiseptik, antibakterial samara, yara yuzasida to‘qimalar proliferatsiya va regeneratsiya jarayonlarining tezlashishi, ifodalangan stimulyasiya, teri to‘qimasida adaptiv-moslashuvchan jarayonlarning kuchayishiga imkon berishi ekperimental sharoitda asoslangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yumshoq to‘qimalarning uzoq vaqt bitmaydigan yiringli jaroxatlarini davolashning ishlab chiqilgan usuli Andijon davlat tibbiyot instituti Klinikasi bo‘yicha buyruq (26.11.2021 y.; №422), RShTYoIM Andijon filiali bo‘yicha buyruq (26.11.2021 y.; №424) va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (26.11.2021 y.; №423) bilan klinik bo‘limlar amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan usul yaralar bakterial kontaminatsiyasini tezkor pasayishi, qo‘zg‘atuvchilarning yarimrezistentlik shtammlariga qarshi yuqori faollikning ta’minlanishi bilan jaroxat yuzasida to‘qimalar proliferatsiyasi va regeneratsiya jarayonlarini tezlashtirish hamda stimullashga, bu esa nafaqat bemorlarning davolanish davomiyligini, balki jaroxat yuzasida reparativ jarayonlar kechishini ham qisqartirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘tkazilgan eksperimental tadqiqot ishlab chiqilgan usulning samaradorligini asoslashga va davolashga sarflangan harajatlarning pasayishi hisobiga 1 nafar bemor uchun (preyskurant bo‘yicha 1 kunlik yotoq o‘rin 244 ming so‘m) 2 mln. 440 ming so‘m pul tejalishiga imkon bergan. Xulosa: ishlab chiqilgan usul samaradorligini eksperimental asoslash sarflangan materiallar va dori vositalarini qisqartirish hisobiga bir oyda 7 mln. 320 ming so‘mni, tadbiq ko‘lami uchun o‘rtacha (132 bemor) 322 mln. 608 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yumshoq to‘qimalarning yiringli jarohatlarini xirurgik davolashda taktik-texnik yondashuvlarni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 16 iyundagi 06/3239-son xati yuborilgan;
lazer nurlanish to‘qimalarda o‘zgarishlar tugashini tezlashtirishi va regenerativ jarayonlarni rivojlantirishi, yaralarning bakterial kontaminatsiyasini pasaytirishi va antibiotikorezistent shtammlar miqdorini kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yumshoq to‘qimalarning uzoq vaqt bitmaydigan yiringli jaroxatlarini davolashning ishlab chiqilgan usuli Andijon davlat tibbiyot instituti Klinikasi bo‘yicha buyruq (26.11.2021 y.; №422), RShTYoIM Andijon filiali bo‘yicha buyruq (26.11.2021 y.; №424) va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (26.11.2021 y.; №423) bilan klinik bo‘limlar amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 337 nm to‘lqin uzunligi, 3,0 mVt/sm2 kuchlanish, 100 Gs chastota bilan  impul`sli uzluksiz tartibda lazer nurlanish yo‘li bilan «FarGALS» dori vositasi eritmasida jaroxatni qayta ishlash bilan yumshoq to‘qimalarning yiringli jaroxatlarini mahalliy fotodinamik terapiya seanslarini o‘tkazish kislotali muhitni neytrallashishini ta’minlash, regenerativ jarayonlar rivojlanishini tezlashtirish, antitmikrob samara spektrini kengaytirish va yaraning bakterial kontaminatsiyasini pasaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kombinatsiyalangan kimyoviy fotodinamik ta’sirning bakterisid xususiyatlarini induksiyalashi: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 20,8 kundan 10,4 kungacha kunga qisqartirishi xisobiga, dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: takomillashtirilgan davolash usuli yotoq-o‘rin aylanmasining oshishi hisobiga harajat kamayishidan 5 mln. 700 ming so‘mni, tadbiq ko‘lami uchun o‘rtacha (132 bemor) 262 mln. 200 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yumshoq to‘qimalarning yiringli jarohatlarini xirurgik davolashda taktik-texnik yondashuvlarni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 16 iyundagi 06/3239-son xati yuborilgan;
mahalliy fotodinamik ta’sir fonida patologik jarayon regressining klinik-patogenetik xususiyatlari jaroxat yuzasi epitelizatsiyasi hamda tozalash faolligining kuchayishi, to‘liq regeneratsiya muddatlarining tezlashishi va erta qaytalanish xavfining pasayishi bilan tavsiflanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yumshoq to‘qimalarning uzoq vaqt bitmaydigan yiringli jaroxatlarini davolashning ishlab chiqilgan usuli Andijon davlat tibbiyot instituti Klinikasi bo‘yicha buyruq (26.11.2021 y.; №422), RShTYoIM Andijon filiali bo‘yicha buyruq (26.11.2021 y.; №424) va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (26.11.2021 y.; №423) bilan klinik bo‘limlar amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yumshoq to‘qimalarning yiringli jaroxatlarini davolashda jaroxat yuzasiga mahalliy kimyoviy fotodinamik ta’sirga asoslangan usul jaroxatning to‘liq bo‘lmagan epitelizatsiyasi holatini 16,8% dan 0,0% ga, davolashning uzoq muddatlarida qaytalanishlar chastotasini 6 holatdan 1 holatga kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan usulni tadbiq etish bemorlarning mehnat qobiliyatini tezroq tiklanishi hisobiga harajatlarni kamaytirishga imkon berdi: mehnat qobiliyatini yo‘qotgan bemorlar sonining 12,4% dan 2,6% ga qisqarishiga (20,8±1,5 dan 10,4±1,1 kunga), 1 kishiga nogironlikning o‘rtacha yillik  pensiyasi hisobidan  harajatlarni kamaytirishdan 8 mln. 376 ming so‘m tejalishiga imkon berdi (2022 yil 1 fevraldagi “Fuqarolarni davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun bo‘yicha bir oyda 698 ming so‘m). Xulosa: 1 kishiga nogironlikning bir yillik pensiyasini hisoblash asosida nogironlikni kamaytirish bo‘yicha kutilayotgan bir yillik iqtisodiy samara 8 mln. 376 ming so‘mni, tadbiq etish ko‘lami bo‘yicha esa (5 nafar bemor) o‘rtacha 41 mln. 880 ming so‘mni tashkil qiladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yumshoq to‘qimalarning yiringli jarohatlarini xirurgik davolashda taktik-texnik yondashuvlarni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 16 iyundagi 06/3239-son xati yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish