Obidov Sardor Zafar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Trofik yaralarning klinik va morfologik xususiyatlari va terapiya usullarini optimallashtirish”, 14.00.11-Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD./Tib1175.
Ilmiy raxbar: Mavlyanova Shaxnoza Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi DSs.04/30.30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Mannanov Abdushukur Malikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Suyumov Azamat Sayfullaevich, tibbiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim;
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi trofik yaralar rivojlanishining klinik, mikrobiologik va patomorfologik xususiyatlarini o‘rganish hamda davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
terining trofik yara bilan xastalangan bemorlarda shartli-patogen mikroorganizmlarning patogen turlari St. aureus - 35,7% bemorlarda va St.haemolyticus - 29,7% bemorlarda yuqori kolonizatsiya holatida ekanligi aniqlangan hamda mikroorganizmlarning kolonizatsiyasi sog‘lomlarga nisbatan 34,9 martagacha oshganligi isbotlangan.
teri yaralari bilan xastalangan  bemorlarning 42,8%ida Staphylococcus spp. genotiplari bilan ifodalangan opportunistik infeksiyalarning persistirlangan shakllari, klinik turlariga nisbatan trofik yaralarda - 50%ida, yarali-nekrotik vaskulitda - 71,4%ida metisillinga chidamli stafilokokk (MRSA) genotiplari, surunkali-yarali piodermiyada esa - metisillinga sezgir St. Aureus (MSSA) genotipining 54,5% holatlarda aniqlanishi isbotlangan.
teri yaralari bilan xastalangan bemorlarning qon zardobida prokal`sitonin darajasining 1,3 barobarga  oshishi teridagi mahalliy infeksion yallig‘lanish jarayonini diagnostik mezoni ekanligi va  bu holat  patologik o‘choqda rezident makrofaglarning migratsiyasini, limfogistiotsitar  infil`tratsiyasini rivojlanishini hamda ko‘plab vayron bo‘lgan  kollagen tolalarini hosil bo‘lishi, bemor organizmida sitokin statusidagi yallig‘lanishga qarshi IL-4 ning 1,3 martaga kamayishi va yallig‘lanish oldi – IL-6 sitokinining 4,6 martaga oshishi bilan ifodalanuvchi disfunksiyasi fonida terida surunkali infil`trativ – yallig‘lanish jarayonini rivojlanishi isbotlangan.
klinik-morfologik va mikrobiologik tadqiqotlar natijasida terining yarali kasalliklarida patologik o‘choq atrofiga boyitilgan trombotsitar massa (PRP) muolajasini o‘tkazish, patologik o‘choqqa faollashgan kremniyli suv (ASW – fatiderm)ni namlama sifatida qo‘llash hamda o‘choq atrofi terisiga ul`tra-tovush massaji fizioterapiya usulini kremniyli krem (disderm) bilan samarali kompleks davolash usullari ishlab chiqilgan va ushbu usulning patologik o‘choqlarda patogen mikroorganizmlar kolonizatsiyasini va limfotsitar infil`tratsiyasini kamaytirishi, teri regeneratsiyasi jarayonini kuchaytiruvchi yallig‘lanishga qarshi ta’sirini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 29 apreldagi 01-09/231-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2021 yil 27 noyabrdagi 09/867-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: terining trofik yara bilan xastalangan bemorlarda shartli-patogen mikroorganizmlarning patogen turlari St. aureus - 35,7% bemorlarda va St.haemolyticus - 29,7% bemorlarda yuqori kolonizatsiya holatida ekanligi aniqlangan hamda mikroorganizmlarning kolonizatsiyasi sog‘lomlarga nisbatan 34,9 martagacha oshganligi  terining trofik yara bilan xastalangan bemorlarda shartli-patogen mikroorganizmlarning kolonizatsion rezistentlik holatini buzilishi sindromini aniqlanishi  Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati hududiy filiali bo‘yicha 14.09.2021yildagi №65-sonli buyruq hamda OOO "Embryo service"  klinikasi 20.08.2021 yildagi 14 A - sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan mikrobiologik tekshirish usulidan foydalanish kasallikni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: terining yarali kasalligida erta mikrobiologik tashxislash amaliyotini qo‘llanilishi orqali  antibiotiklarga bo‘lgan sezuvchanlik aniqlangan, bemorlarga samarali antibiotik dori vositalari qo‘llanilgan va poliprogmaziya holati bartaraf etilgan. Bemorlarni davolashda samarali antibiotiklarni qo‘llash sarf qilinadigan harajati 600 000 so‘mni tashkil qilgan, 40 nafar bemorga 24 000 000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: terining yarali kasalligida to‘g‘ri tanlangan antibiotikni qo‘llash, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larni 600 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 600 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: teri yaralari bilan xastalangan  bemorlarning 42,8%ida Staphylococcus spp. genotiplari bilan ifodalangan opportunistik infeksiyalarning persistirlangan shakllari, klinik turlariga nisbatan trofik yaralarda - 50%ida, yarali-nekrotik vaskulitda - 71,4%ida metisillinga chidamli stafilokokk (MRSA) genotiplari, surunkali-yarali piodermiyada esa - metisillinga sezgir St. Aureus (MSSA) genotipining 54,5% holatlarda aniqlanishi bemorlar terisida infiltrativ jarayonlarni rivojlanishini izohlab berilishi vaterining yarasi bilan xastalangan  bemorlarda o‘z vaqtida samarali etiotrop davolashning taktikasini belgilashi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati hududiy filiali bo‘yicha 14.09.2021yildagi №65-sonli buyruq hamda OOO "Embryo service" klinikasi 20.08.2021 yildagi 14 A - sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Staphylococcus spp. mikroorganizmlarini polimeraz zanjirli reaksiya usulida aniqlanishi mikrobiologik kultural tadqiqotlar ko‘rsatkichlaridan 4 barobar yuqori bo‘lib, qisqa vaqt (1 soat) ichida stafilakokklarning genotiplari turlarini aniqlaydi va bemorlarda samarali etiotrop davolashning taktikasini belgilashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: stafilakokklarning polimeraz-zanjirli reaksiya usuli orqali genotiplarini aniqlanishi orqali tashxislash qisqa muddatini egallashi, 4  kun davomida aniqlanuvchi mikrobiologik kultural usulga nisbatan erta davolashni belgilash imkonini yaratgan (RIDVvaKIATMning preyskurantiga ko‘ra bemorning klinikada bir kunlik yotish harajati o‘rtacha 164 000 so‘mni tashkil etadi), polimeraz zanjirli reaksiya tekshirish usulini qo‘llash, erta tashxislash va davolash taktikasini bergilash hisobiga 40 nafar bemor hisobiga 6 560 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilingan. Xulosa: teri yarali bemorlarni polimeraz-zanjirli reaksiya usuli bilan tashxislash usulini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 161 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 164 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik:  teri yaralari bilan xastalangan bemorlarning qon zardobida prokal`sitonin darajasining 1,3 barobarga oshishi teridagi mahalliy infeksion yallig‘lanish jarayonini diagnostik mezoni ekanligi va  bu holat patologik o‘choqda rezident makrofaglarning migratsiyasini, limfogistiotsitar  infil`tratsiyasini rivojlanishini  hamda ko‘plab vayron bo‘lgan  kollagen tolalarini hosil bo‘lishi, bemor organizmida sitokin statusidagi yallig‘lanishga qarshi IL-4 ning 1,3 martaga kamayishi va yallig‘lanish oldi – IL-6 sitokinining 4,6 martaga oshishi bilan ifodalanuvchi disfunksiyasi fonida terida surunkali infil`trativ –yallig‘lanish jarayonini rivojlanishiga olib kelishi  isbotlangan va trofik yara bilan og‘rigan bemorlarda prokal`sitonin miqdorining 1,3 baravarga oshishi diagnostik mezoni hisoblanib, olib borilayotgan innovatsion davolash taktikasini samarasini baholashda monitoring asosida ko‘llash Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati hududiy filiali bo‘yicha 14.09.2021yildagi №65-sonli buyruq hamda OOO "Embryo service" klinikasi 20.08.2021 yildagi 14 A - sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: terining yarali kasalligiga duchor bo‘lgan bemorlarda qon zardobida prokal`sitonin miqdorini davolashdan oldin va 1 kun o‘tib aniqlash ishlab chiqilgan davolash taktikasining monitoringi, ya’ni boyittirilgan trombotsitar massa (PRP) muolajasini va sirtdan buyurilgan faollashgan kremniyli suv (ASW—fatiderm) va kremniyli krem (disderm) mahsulotlari bilan davolash usulining to‘g‘ri tanlanganligidan dalolat beradi va samarali davolash usulini qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: terining yarali kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda o‘rganilayotgan prokalsitonin davo muolajasining to‘g‘riligidan dalolat bergan, bu bemorning shifoxonada qolish muddatini 15 kundan 10 kungacha qiskartirib, shifoxonada qolish to‘lov xizmatini 825 000 ming so‘mga kamaytirgan (RIDVvaKIATM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 165 ming so‘mni tashkil qiladi), yotib davolanish jarayoniga sarf qilinadigan harajatlar to‘lov miqdorini 40 nafar bemor hisobiga 33 000 000 so‘mga kamaytirgan va iqtisod qilingan. Xulosa: terining yarasi bilan xastalangan bemorlarda statsionar sharoitida davolanishdagi yangi davolash usullarini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga 1 kunga byudjet mablag‘larini 161 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 164 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik-morfologik va mikrobiologik tadqiqotlar natijasida terining yarali kasalliklarida patologik o‘choq atrofiga boyitilgan trombotsitar massa (PRP) muolajasini o‘tkazish, patologik o‘choqqa faollashgan kremniyli suv (ASW – fatiderm)ni namlama sifatida qo‘llash hamda o‘choq atrofi terisiga ul`tra-tovush massaji fizioterapiya usulini kremniyli krem (disderm) bilan samarali kompleks davolash usuli Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati hududiy filiali bo‘yicha 14.09.2021yildagi №65-sonli buyruq hamda OOO "Embryo service"  klinikasi 20.08.2021 yildagi 14 A -sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra terining yarali kasalligi bilan hastalangan bemorlarda teri patologik o‘choqlari atrofiga boyitilgan trombotsitar massa (PRP) muolajasini o‘tkazish, patologik o‘choqqa faollashgan kremniyli suv (ASW – fatiderm)ni namlama sifatida hamda patologik o‘choq atrofi terisiga ul`tra-tovush massaji fizioterapiya usulini kremniyli krem (disderm) bilan kompleks davolash usuli, o‘choqlarda infil`trativ-giperemiya holatining sezilarli ravishda so‘rilishiga olib keladi, mikrobiologik tadqiqotlarda Staphylococcus spp.ning kolonizatsiya darajasini 3,7 martaga kamayishi bilan namoyon bo‘lgan (R<0.05) va o‘choqlarda regeneratsiya holatini tezlashtirishga imkon yarataadi. Kremniy tutuvchi mahalliy mahsulotlarni (ASW - fatiderm va kremniyli krem- disderm) kremini dermatologiya amaliyotida qo‘llanilishi import o‘rnini bosadi va amaliyotda keng qo‘llamda foydalanish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olib borilgan kompleks innovatsion davolash usuli kasallikning qaytalanish holatini 9,1 martaga kamaytirgan, davolanish samaradorligini 57,2% ga oshirgan. Bemorlarning davolanishi uchun pullik harajatlari 3,5 barobarga kamaygan, ya’ni shifoxonada yiliga yotib davolanish jarayoniga sarf qilinadigan harajatlar to‘lov miqdorini 40 nafar bemorga bir yilda 240 000 000 so‘mga kamaytirgan va iqtisod qilingan. Xulosa: terining yarasi bilan xastalangan bemorlarda statsionar sharoitida yangi davolash usullarini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga 1 kunga byudjet mablag‘larini 600 000 so‘mga va byudjetdan tashqari

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish