Rizaev E’zozbek Alimdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshi katta va keksa bemorlarda o‘t tosh kasalligining asoratlangan shaklini klinikasi va jarrohlik davolash xususiyatlari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3408.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori; Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «A.V.Vishnevskiy nomidagi Milliy jarrohlik ilmiy tadqiqot markazi» (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kaminvaziv aralashuvlardan ustuvor foydalangan holda jarrohlik korreksiyaning taktik-texnik tamoyillarini optimallashtirish yo‘li orqali o‘t tosh kasalligining asoratlangan shakllari bo‘lgan yoshi katta va keksa bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katta klinik materialda yoshi katta va keksa bemorlarda O‘TKning asoratlangan shakllarini klinikasining o‘ziga hos hususiyatlari, shuningdek kasallikning klinikasi, yondosh komorbid patologiya va operatsiyaning tezkorligiga bog‘liq ravishda jarrohlik davolashning qoniqarsiz natijalarining rivojlanish chastotasi va sabablari aniqlangan;
yoshi katta va keksa bemorlardi holatning og‘irlik darajasi va operatsiyadan keyingi asoratlarning taxmin qilingan xavfini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich davolashning jarrohlik taktikasini tanlashga ta’sir qiluvchi mezonlar aniqlangan;
O‘TKning asoratlangan shakllari bo‘lgan yoshi katta va keksa bemorlardi ishlab chiqilgan mezonlarni va kaminvaziv diapevtik va endoskopik aralashuvlarni ustuvor qo‘llashni hisobga olgan holda jarrohlik davolashning taktik-texnik tamoyillari takomillashtirilgan;
O‘TKda yoshi katta va keksa bemorlarni taklif etilgan jarrohlik davolash taktikasining klinik samaradorligi destruktiv xolesistit yoki obstruktiv xolangit klinikasining ustunligiga bog‘liq ravishda isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 24 maydagi 3-son hulosasiga ko‘ra:
yoshi katta va keksa shahslarda o‘t tosh kasalligining asoratlangan shakllari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash natijalaridan qoniqmaslik mazkur patologiyani davolashda yangi yondashuvlarni izlash, jarrohlik davolashning barcha bosqichlarida davolash chora-tadbirlarning butun majmuasini optimallashtirishning asosiy sababidir. Ijobiy natijalarga faqatgina jigarda mikroabssesslar hosil bo‘lishining oldini olish, septik holatlar, endotoksemiyani kamaytirish va yurak-qon tomir va o‘pka asoratlarini oldini olish maqsadida bosqichma-bosqich invaziv operatsiyalarni kompleks joriy qilish masalalariga kompleks yondashuv bilan erishish mumkin. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: SamDTU klinikalari jarrohlik bo‘limlari, Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert Kengashining 2023 yil 15 apreldagi 11-son xulosasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish, kuzatilgan yoshi katta va keksa bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Destruktiv xolesistit yoki obstruktiv xolangitning klinik kechishining og‘irligiga va yondosh raqobatdosh patologiyaga bog‘liq ravishda O‘TKning asoratlangan shakllari bo‘lgan yoshi katta va keksa bemorlarni jarrohlik davolashning taktik-texnik tamoyillari ishlab chiqilgan. Ushbu toifadagi O‘TKni asoratlangan kechishi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolashda UTT ostida endoskopik transduodenal aralashuvlar va teriaro mikroxolesistostomiya klinik amaliyotga joriy etildi. Bemorlarning ahvolining og‘irlik darajasini va o‘t yo‘llarining dastlabki dekompressiyasi bilan operatsiyadan keyingi asoratlarning taxmin qilingan xavfini hisobga olgan holda ikki bosqichli davolash letallikni, yiringli-septik, yurak-qon tomir va o‘pka asoratlarining chastotasini sezilarli darajada kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: Yoshi katta va keksa bemorlarning ahvoli og‘irligini va operatsiyadan keyingi asoratlarning taxmin qilinadigan xavfini hisobga olgan holda kaminvaziv aralashuvlarni bosqichma-bosqich ustuvor qo‘llash yordamida O‘TK asoratlangan shakllari bo‘lgan yoshi katta va keksa bemorlarni jarrohlik davolashning taktik-texnik tamoyillarini takomillashtirish, o‘limni sezilarli, operatsiyadan keyingi yiringli-septik va qorin bo‘shlig‘idan tashqari asoratlar darajasini kamaytirish, 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 54 000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 18 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Rizaev E’zozbek Alimdjanovichning«Yoshi katta va keksa bemorlarda o‘t tosh kasalligining asoratlangan shaklini klinikasi va jarrohlik davolash xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert Kengashining 2023 yil 15 apreldagi 11-son xulosasi olingan;
O‘TKning asoratlangan shakllarini bosqichma-bosqich jarrohlik korreksiyasini ustuvor qo‘llagan holda yiringli va xolemik intoksikatsiyani to‘xtatgandan so‘ng, yoki davolashning yakuniy usuli sifatida radikal operatsiyalarni o‘tkazish imkonini beruvchi UZD kuzatuvi va endoskopik papillosfinkterotomiya ostida teriaro-jigararo mikroxolesistostomiyadan foydalanib davolash algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: SamDTU klinikalari jarrohlik bo‘limlari, Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert Kengashining 2023 yil 15 apreldagi 11-son xulosasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi o‘tkir destruktiv xolesistit va obstruktiv xolangitli yoshi katta va keksa bemorlarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish imkonini bergan, operatsiyadan keyingi davrda asoratlar chastotasining 32,40%dan 12,40%gacha, letallikni 8,10%dan to 3,10%gacha pasayishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yoshi katta va keksa bemorlarning diagnostikasini erta aniqlash qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazishda: bemorning shifoxonada qolish muddatini 17,5 kundan 12,08 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 210 ming so‘mga kamaytirgan (RPM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 76.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: Kaminvaziv dekompressiya aralashuvlarini oldindan ustuvor qo‘llash bilan bosqichli jarrohlik davolash og‘ir ahvoli va operatsiyadan keyingi asoratlar xavfi yuqori bo‘lgan yoshi katta va keksa bemorlarning 42,2%da qo‘llanilgan. 15,6% da ular faqat kaminvaziv diapevtik va endoskopik transduodenal aralashuvlarni amalga oshirish bilan cheklangan, miniinvaziv aralashuvlar va jarroxlikning zamonaviy yutug‘larini xisobga olib, 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 58 000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 23 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Rizaev E’zozbek Alimdjanovichning «Yoshi katta va keksa bemorlarda o‘t tosh kasalligining asoratlangan shaklini klinikasi va jarrohlik davolash xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert Kengashining 2023 yil 15 apreldagi 11-son xulosasi olingan.
O‘TKning asoratlangan shakllari bo‘lgan yoshi katta va keksa bemorlarni jarrohlik davolashning taktik-texnik tamoyillarini takomillashtirish davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: SamDTU klinikalari jarrohlik bo‘limlari, Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert Kengashining 2023 yil 15 apreldagi 11-son xulosasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi Bemorlar holatining og‘irlik darajasini baholash uchun ishlab chiqilgan mezonlarni hamda asosiy guruh bemorlarining 42,2%ida o‘t yo‘llarida bajarilgan dastlabki kaminvaziv dekompressiya aralashuvlarini qo‘llagash orqali operatsiyadan keyingi asoratlarning taxmin qilingan xavfini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich jarrohlik davolash yiringli-xolemik intoksikatsiya to‘xtatish, keyingi radikal operatsiyalar ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 8 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 210 ming so‘mga kamaytirgan (RPM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 76.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 35.000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan rentgen-radiologiya bo‘limida) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: Yoshi katta va keksa bemorlarda o‘t tosh kasalligining asoratlangan shaklini klinikasi va jarrohlik davolash tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 72 000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 27 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Rizaev E’zozbek Alimdjanovichning «Yoshi katta va keksa bemorlarda o‘t tosh kasalligining asoratlangan shaklini klinikasi va jarrohlik davolash xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert Kengashining 2023 yil 15 apreldagi 11-son xulosasi olingan.
yoshi katta va keksa bemorlardi holatning og‘irlik darajasi va operatsiyadan keyingi asoratlarning taxmin qilingan xavfini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich davolashning jarrohlik taktikasini tanlashga ta’sir qiluvchi mezonlar aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: SamDTU klinikalari jarrohlik bo‘limlari, Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert Kengashining 2023 yil 15 apreldagi 11-son xulosasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi destruktiv xolesistit yoki obstruktiv xolangitning klinik kechishining og‘irligiga va yondosh raqobatdosh patologiyaga bog‘liq ravishda O‘TKning asoratlangan shakllari bo‘lgan yoshi katta va keksa bemorlarni jarrohlik davolashning taktik-texnik tamoyillari ishlab chiqilgan. Ushbu toifadagi O‘TKni asoratlangan kechishi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolashda UTT ostida endoskopik transduodenal aralashuvlar va teriaro mikroxolesistostomiya klinik amaliyotga joriy etildi. Bemorlarning ahvolining og‘irlik darajasini va o‘t yo‘llarining dastlabki dekompressiyasi bilan operatsiyadan keyingi asoratlarning taxmin qilingan xavfini hisobga olgan holda ikki bosqichli davolash letallikni, yiringli-septik, yurak-qon tomir va o‘pka asoratlarining chastotasini sezilarli darajada kamaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat 1) yoshi katta va keksa bemorlarni xayot sifatini erta aniqlash va kasaligiga erta tashxis quyish faqatgina bir etapli miniinvaziv aralashuvlardan foydalanish xisobiga sarf xarajatlarni 24.5% kamatirish imkonini bergan; 2)diagnostikanig diapevtik, kam xarajat va samarali tekshiruv usullaridan foydalanilishi hisobiga ko‘p xarajatli va ko‘p vaqt talab qiluvchi tekshiruv usullarini qo‘llash sarf xarajatlarni kamaytiradi: va 171(100%) bemorda aniqlandi va bu o‘z navbatida vaqtni tejab, samaradorlikni oshirdi; qorin bo‘shlig‘i UTT tekshiruvi 171(100%) bemorda qo‘llashda vaqtni tejab, samaradorlikni 87,6% ga oshirgan. Xulosa: Yoshi katta va keksa bemorlarda o‘t tosh kasalligining asoratlangan shaklini klinikasi va jarrohlik davolash tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 68 000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 24 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Rizaev E’zozbek Alimdjanovichning «Yoshi katta va keksa bemorlarda o‘t tosh kasalligining asoratlangan shaklini klinikasi va jarrohlik davolash xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert Kengashining 2023 yil 15 apreldagi 11-son xulosasi olingan.