Sherkulov Sardor Komilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uilyam Folkner va O‘tkir Hoshimov romanlarining tipolok xususiyatlari  (“Shovqin va g‘azab”, “Tushda kechgan umrlar” asarlari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil901.
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik kengash).
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Erkin Rabbimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xoliqov Bahodir Aliqulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi U.Folknerning “Shovqin va g‘azab” hamda O‘.Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanlarini qiyosiy-tipologik tahlil etish, ular o‘rtasidagi poetik munosabat masalasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
U.Folknerning “Shovqin va g‘azab”, O‘.Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanlari o‘rtasidagi tipologik o‘xshashliklar roman konsepsiyasi, ushbu janrga xos badiiy komponentlar muqoyasasi asosida ochib berilgan;
jahon adabiyotidagi poetik globalashuv jarayonlarining zamonaviy o‘zbek adabiyotiga estetik ta’siri, bunday adabiy ta’sirning sabab va omillari aniqlanib, mustaqillik davri o‘zbek adabiyotshunosligi doirasida ilk bor bugungi o‘zbek nasri va U.Folkner ijodiy an’analari muammosi o‘rtaga tashlangan hamda asoslangan;
O‘.Hoshimov ijodining milliy mohiyati, shakllanishi, takomil omillari asosida yozuvchi ijodida xorij adabiyoti an’analari, xususan, U.Folkner nasrining muhim ahamiyat kasb etganligi ochib berilgan;
     “Shovqin va g‘azab”, “Tushda kechgan umrlar” romanlari o‘rtasidagi obrazlarning yangiligi, ularning muallif obraziga tobe bo‘lmagan holda voqelikni mustaqil hikoyalashi, bunday nuqtai nazarlar xilma-xilligi roman uslubi, epik tasvir, badiiy vaqt poetikasining original talqiniga olib kelganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amerika va o‘zbek adabiyotining o‘zaro adabiy aloqalari, roman janri tipologiyasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
taniqli adib O‘tkir Hoshimov ijodining o‘zbek nasri taraqqiyot tendensiyalariga munosabati, yozuvchi ijodining yetakchi xususiyatlari, asarlarida ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-falsafiy muammolarning aks etish qonuniyatlari, realistik tasvir tamoyillari, badiiy-estetik o‘ziga xosligi, yozuvchining avtobiografik xarakterdagi qissa va hikoyalarlarida muallif obrazi, romanlarining shakl va kompozisiyasidagi o‘ziga xosliklar, yozuvchi tasvir uslubidagi betakrorlik, bir voqeaning turli qahramonlar tomonidan hikoyalanishi, adibning badiiy mahorati namoyon bo‘lgan jihatlar, adib nasri poetikasiga xos qirralar tadqiqi, shuningdek, adibning ijodiy individualligini ta’minlagan omillar, an’analar negizida yangicha hikoyalash uslubi va yangi kompozision shaklning paydo bo‘lganligi, realizm qolipidan chiqib yangi avlodga xos eksperimental realizmga asos solganligi yozuvchi asarlarining o‘zbek nasri taraqqiyotida tutgan o‘rniga doir ilmiy xulosalardan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020- yillarda  bajarilgan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 9-fevraldagi 01/4-274-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyoti tarixining XX asr oxiri adabiy jarayoni, adabiyotda yangi motiv va muammolarning paydo bo‘lishiga doir ilmiy qarashlarning boyishiga asos bo‘lgan;
U.Folknerning “Shovqin va g‘azab”, O‘.Hoshimovning “Tushda kech kechgan umrlar” romanlarida turli munosabat, idrok va ifoda yo‘llarining parallel ifodalanishi, romanlar syujeti bir nechta qahramonlar tilidan hikoya qilinishi, muallif obrazini qahramonlar obrazi qatlarida bekitib, ma’noni sirli ifodalab, badiiy konsepsiyalarini xarakterlar, portretlar, nuqtai nazarlar vositasida aytishi, anʼanalar negizida yangicha hikoyalash  uslubi va yangi kompozision shaklning paydo bo‘lishi kabi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020- yillarda  bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (inson qiyofasi, fe’l-atvori tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 27-fevraldagi 04/1-425-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi yaratilgan poetik lug‘at insonning tabiati, feʼl-atvori, badiiy qahramonning ichki dunyosini tasvirlashga doir ilmiy izohlar bilan boyishiga asos bo‘lgan;
komparativistika, adabiy ta’sir, adabiy aloqalarning zamonaviy muammolar, madaniy-tarixiy globallashuv jarayonlarida hozirgi o‘zbek adabiyoti, jumladan nasriy asarlarining poetik takomillashuviga xizmat etgan tipologik omillar, roman janri, uning Amerika va o‘zbek adabiy muhitidagi takomillashuvi, roman poetikasi, romanga xos kompozisiya to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Bedorlik” radioeshittirishida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 30-yanvardagi 04-36/142-son ma’lumotnomasi). Natijada, dastur uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish