Turaqulov Akmal Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Futbol fenomenining shaxs va jamiyatga ta’siri”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal916.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Maxkamov Qodirjon Odiljonovich, sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Ataqulovich, falsafa fanlar doktori, professor; Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi futbol fenomenining shaxs va jamiyatdagi o‘rni orqali futbolning jamiyat ijtimoiy-madaniy taraqqiyotiga ta’sirining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda intelektual futbol tizimini joriy etish shaxsning jismoniy barkamolligini ta’minlovchi dinamik xarakterdagi yuqori intensivlik, sotsiumlararo munosabatlar va millatlararo totuvlikni ta’minlashga olib kelishi sababli ijtimoiy-innovatsion hamkorlikning intensifikatsion diterminanti ekanligi aniqlangan;
mamlakatning ijtimoiy-madaniy imidjini oshirish jamiyatda futbol fenomenining yuksaltirish orqali madaniyatlararo ijtimoiy munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi sababli millatlararo munosabatlar integratsiyasida millat va elatlarning etnik-madaniy o‘ziga xosligini namoyon etib turuvchi omil ekanligi asoslangan;
futbol fenomen sifatida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik taraqqiyotini belgilovchi konstruktiv va interaktiv xarakatlari orqali aholi farovonligi darajasining tashqi (iqtisodiy ta’minlanganlik,), ichki (muvaffaqiyat, ijtimoiy maqom), jismoniy (salomatlik, sog‘liq) kabi uch stimuli bilan proporsional rivojlanishi ochib berilgan;
zamonaviy jamiyatning ijtimoiy qiyofasini belgilashda futboldagi ausorsing tizimi, jamiyatda inson kapitali dinamikasining o‘sib borishini ta’minlashi sababli ijtimoiy farovon davlat institutsional tizimlarini differensial ravishda davlat, jamiyat va shaxs salohiyatini korrelyasion rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Futbol fenomenining shaxs va jamiyatga ta’sirini ijtimoiy-falsafiy jihatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
jamiyatda intelektual futbol tizimi shaxsning jismoniy barkamolligini ta’minlovchi dinamik xarakterdagi yuqori intensivlik, sotsiumlararo munosabatlar va millatlararo totuvlikni ta’minlashga olib kelishiga doir xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini ijodiy va innovatsion usullarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasining 2022 yil 25 noyabrdagi 03/3271-son ma’lumotnomasi). Natijada, futbolning dinamik xarakterdagi yuqori intensivlikni rivojlantirishga, sotsiumlararo munosabatlarni mustahkamlashga, milatlararo totuvlikni ta’minlovchi, ijtimoiy-innovatsion hamkorlikka olib keluvchi ijtimoiy madaniy integratsiyasini oshirishga xizmat qilgan;
mamlakatning ijtimoiy-madaniy imidjini oshirish jamiyatda futbol fenomenining yuksaltirish orqali madaniyatlararo ijtimoiy munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi sababli millatlararo munosabatlar integratsiyasida millat va elatlarning etnik-madaniy o‘ziga xosligini namoyon etishiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 06-01/06/13/8359-son ma’lumotnomasi). Natijada, millatlararo munosabatlar integratsiyasini rivojlantirish millat va elatlarning etnik-madaniy o‘ziga xosligini namoyon etib turuvchi hamda yoshlarda sportning ijtimoiy yuksalishiga olib kelishining substatsional (milliy o‘ziga xoslik, milliy xarakter va setereotip) asoslari ochib berilgan;
futbol fenomen sifatida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik taraqqiyotini belgilovchi konstruktiv va interaktiv xarakatlari orqali aholi farovonligi darajasining tashqi (iqtisodiy ta’minlanganlik,), ichki (muvaffaqiyat, ijtimoiy maqom), jismoniy (salomatlik, sog‘liq) kabi uch stimuliga doir ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasining 2022 yil 25 noyabrdagi 03/3271-son ma’lumotnomasi). Natijada aholi farovonligi darajasining tashqi (iqtisodiy ta’minlanganlik,), ichki (muvaffaqiyat, ijtimoiy maqom), jismoniy (salomatlik, sog‘liq) kabi uch stimuli bilan proporsional rivojlanishini ochib berishga xizmat qilgan;
zamonaviy jamiyatning ijtimoiy qiyofasini belgilash futboldagi ausorsing tizimi, jamiyatda inson kapitali dinamikasining o‘sib borishini ta’minlashi sababli ijtimoiy farovon davlat institutsional tizimlarini differensial ravishda davlat, jamiyat va shaxs salohiyatini korrelyasion rivojlanishi doirasidagi taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 06-01/06/13/8359-son ma’lumotnomasi). Natijada futbol fenomeni shaxs va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilashga hamda ijtimoiy farovon davlat institutsional tizimlarini differensial ravishda davlat, jamiyat va shaxs salohiyatini korrelyasion rivojlanishiga olib kelishining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishga xizmat qilgan.