Ernazarov Komiljon Yuldashevichning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishni joriy etish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1711.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ro‘ziev Zafar Ikromovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda byudjet xarajatlarini rejalashtirishda natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish amaliyotidan foydalanishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishda moliyaviy ko‘rsatkichlarning maqsadliligi, ijtimoiyligi va iqtisodiy samadorligini aks ettiruvchi tamoyillarini joriy etish orqali byudjet tashkilotlarida xarajatlarni mustaqil boshqarishni rivojlantirish asoslab berilgan;
byudjetning ta’lim xarajatlarida natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishni joriy etish orqali byudjet siyosatining nomarkazlashuvida xususiy sektorning ishtirokini oshirish asoslangan;
natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishni joriy etishda byudjet xarajatlarini rejalashtirishning joriy-oraliq-yakuniy maqsadlarini aks ettiradigan ko‘rsatkichlar mezonlari taklif etilgan;
natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishda natijaga erishilishini nazorat qilish konsepsiyasining samaradorlik mezon ko‘rsatkichlari tabaqalashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat byudjeti xarajatlarini rejalashtirishda natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishda moliyaviy ko‘rsatkichlarning maqsadliligi, ijtimoiyligi va iqtisodiy samadorligini aks ettiruvchi tamoyillarini joriy etish borasidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining «2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4555-sonli qarori ijrosini yanada takomillashtirish uchun foydalanishga qabul qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 03/03-32/1418-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni 2021-yil 1-yanvardan birinchi darajali byudjetdan mablag‘ oluvchilarining xarajatlarni mustaqil boshqarishga doir vakolatlari kengaytirilishi belgilandi.
byudjetning ta’lim xarajatlarida natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishni joriy etish orqali byudjet siyosatining nomarkazlashuvida xususiy sektor ulushini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son “O‘zbekiston Respublikasining “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil
17-iyundagi 03/03-32/1418-son ma’lumotnomasi). Natijada 2021-yil 1-yanvardan davlat-xususiy sherikligi asosida maktabgacha ta’lim muassasalariga xarajatlar hajmi oshishi 1,2 trln so‘mni tashkil qildi.
natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishni joriy etishda byudjet xarajatlarini rejalashtirishning joriy-oraliq-yakuniy maqsadlarini aks ettiradigan ko‘rsatkichlar mezonlarini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining «2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4555-sonli qarori ijrosini yanada takomillashtirish uchun foydalanishga qabul qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 17-iyundagi
03/03-32/1418-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2021-yil 1-yanvardan ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimida miqdoriy baholash ko‘rsatkichlarni baholashning miqdoriy shaklidan sifat shakliga o‘tishi va byudjet xarajatlarining natija uzviyligini tajriba tariqasida baholash tizimi joriy etildi.
natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishda natijaga erishilishini nazorat qilish konsepsiyasining samaradorlik mezon ko‘rsatkichlari tabaqalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining «2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4555-sonli qarori ijrosini yanada takomillashtirish uchun foydalanishga qabul qilindi(O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 03/03-32/1418-son ma’lumotnomasi). Natijada, byudjetlashtirishning natijaga yo‘naltirilgan metodini qo‘llash orqali natijaviylikni baholashning samaradorlik mezon ko‘rsatkichlarini chiqilishi belgilandi.