Yo‘lchiev Aslbek Baxtiyorbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘ta yuqori chastotali nurlar yordamida chigit yanchilmasiga ishlov berib yuqori gossipolli paxta moyi olish texnologiyasi», 02.00.17–Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T504.
Ilmiy rahbar: Serkaev Qamar Pardaevich, texnika fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismail Babadjanovich, texnika fanlari doktori; Tillaeva Gulnora O‘rinbaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘ta yuqori chastotali nurlar yordamida chigit yanchilmasiga ishlov berib, yuqori gossipolli moy olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chigitda va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar tarkibidagi gossipolning lokalizatsiyasi xususiyatlari aniqlangan;
paxta chigiti yanchilmasiga o‘ta yuqori chastotali nurlar yordamida «yumshoq» rejimda namlik-issiqlik bilan ishlov berish usuli ishlab chiqilgan va press moyi tarkibida erkin gossipol miqdorini maksimal darajada saqlanib qolinishi isbotlangan;
gossipolni maksimal darajada ajratib olish uchun presslanadigan qovurmani kerakli tarkibini hosil qilish jarayonida chigit yanchilmasini o‘ta yuqori chastotali qizdirishning optimal texnologik rejimlari: to‘lqin chastotasi 2450 MGs; quvvat 300 Vt; jarayon davomiyligi 13-15 min. ekanligi aniqlangan;
chigit yanchilmasini tanlangan sharoitlarda o‘ta yuqori chastotali nurlar yordamida olinadigan press moyida erkin gossipolning maksimal darajada saqlanib qolinishi, kislota va perekis sonlari pasayishi isbotlangan;
o‘ta yuqori chastotali nurlar yordamida chigit yanchilmasiga ishlov berib yuqori gossipolli moy olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta chigiti yanchilmasiga o‘ta yuqori chastotali nurlar yordamida ishlov berib yuqori gossipolli moy olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar natijalari asosida:
yuqori gossipolli moy olish uchun texnologik reglament va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalar «Golden oil Best» MChJda tomonidan ishlab chiqilgan hamda korxona standarti (Ts 26363450-001:2017) tasdiqlangan. Natijada press moyi tarkibidagi nativ gossipol miqdorini 0,5–0,7%ga oshirish imkonini bergan;
chigit yanchilmasiga o‘ta yuqori chastotali nurlar yordamida namlik-issiqlik ishlovi berish texnologiyasi «Golden oil Best» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zpaxtayog‘» AJning 2018 yil 5 apreldagi MS/2-855-son ma’lumotnomasi). Natijada yanchilmani presslashga tayyorlash jarayonini odatdagi texnologiyaga nisbatan 5–8 marta jadallashtirish imkonini bergan;
o‘ta yuqori chastotali nurlar yordamida chigit yanchilmasiga ishlov berish natijasida olingan press paxta moyini chuqur qayta ishlash texnologiyasi «Asaka yog‘» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zpaxtayog‘» AJning 2018 yil 5 apreldagi MS/2-855-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilayotgan usulda olingan press moyining kislota sonini 1,3–1,5 marta va perekis sonini 1,4–1,7 martaga kamaytirish imkonini bergan.