Bekturdiev G‘ulom Mavlonberdievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida alkilsul`fatlar va emul`gatorlar olish texnologiyasi», 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/T201.
Ilmiy maslahatchi: Yusupov Farxod Maxkamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Erkabaev Furqat Ilyasovich, texnika fanlari doktori; Adizov Bobir Zamirovich, texnika fanlari doktori; Buxorov Shuxrat Burievich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida alkilsul`fatlar va emul`gatorlar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyi molekulyar polietilen fraksiyasini oleum va sul`fat kislota yordamida sul`folash orqali suvli eritmalarida yuqori ko‘pik hosil qilish xususiyatiga ega, yangi anion tipidagi sirt faol moddalar olish mumkinligi ilmiy asoslangan;
quyi molekulyar polietilenning 200-305 °S harorat intervalida ajratilgan fraksiyasi yuqori ko‘pik hosil xususiyatiga ega sirt faol moddalar olish  uchun maqbul bo‘lishi aniqlangan;
ajratilgan quyi molekulyar polietilen fraksiyasini oleum yordamida sul`folashning  maqbul sharoiti, ya’ni harorat -3 - 10 °C, reaksiya davomiyligi 240 minut bo‘lishi aniqlangan;
harorat, ta’sirlashuvchi moddalar konsentratsiyalarining quyi molekulyar polietilen  fraksiyasini sul`folash jarayoniga ta’sir qonuniyatlari aniqlangan;
engillashtirilgan burg‘ulash eritmalari tayyorlash uchun OS-10 sirt faol moddasining maqbul miqdori 2,0% bo‘lishi aniqlangan;
soapstok va etanolaminlar asosida emul`gatorlar olishda monoetanolamin asosidagi  EMS-1 emul`gatori bilan tayyorlangan nefteemul`sion burg‘ulash eritmalari yuqori barqaror va emul`gator sarfi 5-7,5% bo‘lishi aniqlangan;
olingan sirt faol moddalarning kolloid kimyoviy xossalari boshlang‘ich xom ashyo kimyoviy tarkibiga bog‘liq ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida alkilsul`fatlar va emul`gatorlar olish texnologiyasi ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neft va gaz sanoatida ishlatiladigan sul`fanol olish uchun texnik sharti O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tamonidan tasdiqlangan (Ts 23766064-04:2017). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonni nazorat qilish imkonini bergan;
neft-gaz sanoati uchun texnik sul`fanol ishlab chiqarish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3855-son «Ilmiy, ilmiy-texnik faoliyatini natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi qarori ilovasidagi tijoratlashtiriladigan ishlanmalar ro‘yxatining 15-bandiga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2019 yil 25 fevraldagi 02/12-1-39-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxalliy xomashyolar asosida sirt faol moddalar olish imkonini beradi;
texnik sul`fanol ishlab chiqarish va tajriba sinovlari o‘tkazish uchun  IV- Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida №13-16/9 xo‘jalik shartnomasi tuzilgan (IV- Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida 2013 yil 25 aprel` № 521 raqam bilan ro‘yxatga olingan). Natijada, import o‘rnini bosuvchi sul`fanol 1 tonna ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish