Orinbetov Nietulla Turdimuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Akademik lisey o‘quvchilarining fuqarolik pozisiyasini rivojlantirish», 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped3418.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazova Zamira Kalbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Baymurzaev Azamat Dosmurzaevich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent v.b.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik lisey o‘quvchilarining fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda fuqarolik pozisiyani rivojlantirish tuzilmasi “fuqaro”, “fuqarolik”, “fuqaroviylik”, “fuqarolik pozisiyasi” tushunchalarining pedagogik interpretatsiyasi asosida shaxsiy qadriyatlar tizimining semantik sohasiga intensiv ta’sir ko‘rsatish va pozitiv fuqarolik pozisiyaning identivligini bevosita  ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
“Davlat va huquq asoslari” va “Tarbiya” fanlarining o‘quvchilarda fuqarolik pozisiyani rivojlantirishga doir didaktik imkoniyatlari semantik, aksiologik, etnomadaniy va tizimli yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida tahliliy, axboriy, faoliyatli bosqichlar bo‘yicha pedagogik algoritmini konstruktiv loyihalash orqali aniqlashtirilgan;
akademik lisey o‘quvchilarining fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning pedagogik modelining tashkiliy-pedagogik komponenti shaxsga yo‘naltirilgan, loyihaviy, axborot-kommunikativ, etnopedagogik, muammoli, o‘yinli texnologiyalarni dars va darsdan tashqari jarayonlarda qo‘llash mexanizmini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
akademik lisey o‘quvchilarining fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari zamonaviy vatanparvar fuqaroga xos fazilatlarni ma’naviy-axloqiy kompetensiyalar bilan uyg‘unligini ta’minlash, jarayon komponentlari va mezonlari o‘rtasidagi aynanlikni bevosita hisobga olish, fuqarolik tarbiyasi diagnostik tizimini adaptivlik darajasini kengaytirish kabi ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akademik lisey o‘quvchilarining fuqarolik pozisiyasini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarda fuqarolik pozisiyani rivojlantirish mazmuni va  tuzilmasi “fuqaro, fuqarolik, fuqaroviylik” tushunchalarining interpretatsiyasi asosida shaxs qadriyatlar tizimining semantik sohasiga ustuvorlik berish va pozitiv fuqarolik pozisiyaning identivligini ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan akademik lisey o‘quvchilari uchun «Mámleket hám huqıq tiykarları» (1 qism) nomli o‘quv qo‘llanmasini  yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-son buyrug‘i, 388-182-raqamli guvohnoma). Natijada, o‘quvchilarning fuqaroviylik, fuqarolik pozisiya, fuqarolik faollik tushunchalarini chuqur anglashiga xizmat qilgan;
“Davlat va huquq asoslari” va “Tarbiya” fanlarining o‘quvchilarda fuqarolik pozisiyani rivojlantirishdagi imkoniyatlari semantik, aksiologik, etnomadaniy va tizimli yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida tahliliy, axboriy, faoliyatli bosqichlarning algoritmini saqlash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan  akademik lisey o‘quvchilari uchun «Mámleket hám huqıq tiykarları» (2 qism) nomli o‘quv qo‘llanmasini  yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-son buyrug‘i, 388-183-raqamli guvohnoma). Natijada, o‘quvchilarni ijtimoiy faolligini tarbiyalashni tashkil etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
 akademik lisey o‘quvchilarining fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning pedagogik modeli strukturaviy komponentlarining o‘quvchilarning auditoriyada va auditoridan tashqari mashg‘ulotlarda ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatini bosqichma-bosqich tashkil etish orqali  takomillashtirishga hamda yoshlarni vatanparvarlikka tarbiyalash va huquqiy bilimlar asosida o‘quvchilarining fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishga doir yaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida A1-XT-0-92997 «Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari» (2012–2014 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (2023 yil 23 maydagi 246-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar tarbiyasi sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, uni amalga oshirish shakllari, usullari va mexanizmlarini ishlab chiqishdagi qonun va qonun osti hujjatlari, shuningdek sog‘lom avlod, avlodlar bardavomligida axloq, qadriyatlarni ma’naviy ahamiyatiga oid yo‘riqnoma, qo‘llanmalarni samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish