Mamutov Uzaqbay Baltabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning integrativ texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.01. – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1613.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Quvondiq Ayitbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Davlatov Oybek G‘anievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning integrativ texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning pedagogik-psixologik xususiyatlari gnostik, loyihalash, konstruktiv, kommunikativ, tashkiliy, korreksion-rivojlantiruvchi tarkibiy asoslarga muvofiq kasbiy faoliyat motivatsiyasi va ijodiy faollikni shakllantirish, natijalarni tahlil qilishga yo‘naltirilgan mantiqiy tuzilmaga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayoni mazmunli (kasbiy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar, amaliy faoliyat tajribasi), boshqaruvga doir (kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash bosqichlari; jarayonni nazorat va tahlil qilish; muntazam tuzatishlar kiritib borish) va ta’limiy (maqsad va vazifalarning identivligi, shart-sharoitlar, texnologiya) bloklardan iborat didaktik parametrlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning integrativ modeli tizimli-jarayonli, aksiologik va refleksiv, shaxsiy-faoliyatga yo‘naltirilgan, mazmunli-funksional yondashuvni joriy etishning konseptual asoslariga muvofiq ravishda to‘rt (funksional, mazmunli, operatsional, evristik-algoritmik) ustunli pedagogik karkasni loyihalash orqali takomillashtirilgan;
talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning integrativ texnologiyalari (binar-dialogli ma’ruza, integrativ amaliy mashg‘ulotlar) maqsadni belgilash, dalillash, anglash, mustahkamlash, refleksiya bosqichlariga asoslangan texnologik xarita va algoritmik-evristik topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning integrativ texnologiyasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning pedagogik-psixologik xususiyatlarini gnostik, loyihalash, konstruktiv, kommunikativ, tashkiliy, korreksion-rivojlantiruvchi tarkibiy asoslarga muvofiq kasbiy faoliyat motivatsiyasi va ijodiy faollikni shakllantirish, natijalarni tahlil qilishga yo‘naltirilgan mantiqiy tuzilmaga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika ta’lim sohasi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 21-yanvardagi 89-03-350-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning umummadaniy va kasbiy kompetensiyalari tizimini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonini mazmunli, boshqaruvga doir va ta’limiy bloklardan iborat didaktik parametrlarni ishlab chiqish, talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning integrativ modelini tizimli-jarayonli, aksiologik va refleksiv, shaxsiy-faoliyatga yo‘naltirilgan, mazmunli-funksional yondashuvni joriy etishning konseptual asoslariga muvofiq ravishda to‘rt ustunli pedagogik karkasni loyihalash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5340200 – Bino va inshootlar qurilishi (sanoat va fuqaro binolari) bakalariat yo‘nalishi uchun “Qurilish materiallari ham buyumlari” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 27-martdagi 274-son buyrug‘i, 274-022k-raqamli guvohnoma). Natijada, mutaxassislik fanlarini kasbiy-pedagogik faoliyatga yo‘naltirib o‘qitishning integratsiyalashgan mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning integrativ texnologiyalarini maqsadni belgilash, dalillash, anglash, mustahkamlash, refleksiya bosqichlariga asoslangan texnologik xarita va algoritmik-evristik topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5340500 – Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish bakalavriat yo‘nalishi uchun “Beton ham temirbeton texnologiyasi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 7-dekabrdagi 648-son buyrug‘i, 648-139-raqamli guvohnoma). Natijada, dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.
.