Djumabaev Kuanishbay Nukusbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Python dasturlash tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped2676.
Ilmiy rahbar: Mirsanov Uralboy Muxammadievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Seitnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Maxmudova Dilfuza Melievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Python dasturlash tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
darsdan tashqari o‘quv faoliyatida o‘quvchilarni dasturlashga oid mantiqiy, algoritmik fikrlashini rivojlantirish intellektual faoliyat bosqichi, tayyorgarlik darajalarini raqamli o‘quv vositalari va dasturlashning algoritm hodisalarini namoyish etuvchi dasturlar asosida aniqlashtirilgan;
yo‘naltiruvchi va o‘rgatuvchi elektron ta’lim resurslarini diversifikatsiya qilish orqali 9-sinf o‘quvchilarini Python dasturlash tilida mantiqiy masalalarni dasturlashga oid tayanch kompetensiyalari metodik jihatlarga kompetensiyaviy hamda tizimli-faoliyatli yondashuvni intensiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
Python dasturlash tilini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning sonli-tahlili, proektiv-rekursiv dasturlashga oid ijodiy qobiliyatini oshirish va masalalarni matematik modelini yaratish, algoritmlash, dastur kodlarini loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik tuzilmasiga mazmunli, tashkiliy  komponentlari amaliy yo‘naltirilgan loyihaviy ta’lim sharoitida muammoli ta’lim texnologiyasi bilan qayta aloqasi natijaviyligini bevosita ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni dasturlashga oid kreativ faolligini oshirish, kompetensiyalarini shakllantirishning natijaviy ko‘rsatkichlari muammoli ta’lim texnologiyalar va raqamli vositalar  hamda veb texnologiyalar, metodik ta’minotli dasturiy vositalar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Python dasturlash tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
o‘quvchilarning chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi masalalarni dasturlashga oid tahlil va sintez qilish, mantiqiy, algoritmik, tizimli, ijodiy faollik fikrlash ko‘nikmasini, intellektual rivojlanish darajasini hamda kompetensiyalarini raqamli o‘quv vositalar va dasturlashning algoritm (blok-sxemalarni) hodisalarni namoyish etuvchi (Crocodile ICT) dasturlar asosida takomillashtirish hamda yo‘naltiruvchi va o‘rgatuvchi elektron ta’lim resurslarni diversifikatsiya qilish orqali 9-sinf o‘quvchilarni Python dasturlash tilida mantiqiy masalalarni dasturlashga oid tayanch kompetensiyalarini shakllantirishning metodik jihatlariga kompetensiyaviy va tizimli-faoliyatli yondashuvlarni intensiv qo‘llash  asosida takomillashtirishga oid takliflaridan I-XT-0-19929-raqamli «Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9-sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)» mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika uneversitetining 2022 yil                    27 oktyabrdagi 02-07-3767/04-son dadolatnomasi). Natijada, 9-sinf o‘quvchilarini Python dasturlash tilida masalalarni dasturlashga oid kompetensiyalarini shakllantirishga erishilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilarini Python dasturlash tilida kreativ darajadagi topshiriqlarni dasturlashga o‘rgatish bo‘yicha mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasi hamda masalalarni matematik modelini yaratish, algoritmlash, kodlash, natijani tahlil etish bosqichlari muammoli ta’lim texnologiyalar va raqamli vositalar bilan qayta aloqasi natijaviyligini bevosita ta’minlash orqali takomillashtirishga oid takliflardan AIF-2/15-sonli «O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika uneversitetining 2022 yil 27 oktyabrdagi 02-07-3767/04-son dadolatnomasi). Natijada, Python dasturlash tilida masalalarni dasturlashga o‘rgatish metodikasi takomillashtirilgan;
9-sinf o‘quvchilarining darsdan tashqari o‘quv faoliyatida Python dasturlash tilida misol va masalalarni dasturlashga o‘rgatishning maqsadli, mazmunli, motivatsion, texnologik, natijaviy bosqichlari, adaptiv yo‘naltirishning tashkiliy-tuzilmali modeli muammoli topshiriqlar, elektron ta’lim resurslar, didaktik amaliy dasturlar va ochiq axborot ta’lim muhitlari asosida takomillashtirishga oid takliflar YoA5-XT-1-31884-sonli «Innovatsion texnologiyalar sharoitida fizika o‘qituvchisini metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari» mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 31 oktyabrdagi 01/11-01/9-1696-son ma’lumotnomasi). Natijada, 9-sinf o‘quvchilarini darsdan tashqari o‘quv faoliyatida Python dasturlash tilini o‘rgatish metodikasi takomillashtirilgan.

 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish