Qo‘ldashev Akram Mahmudovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalqlar Buyuk Ko‘chishining german tillari shakllanishidagi roli”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fil42.
Ilmiy rahbar: -
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Gadoeva Mavlyuda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xalqlar Buyuk ko‘chishi natijasida qadimgi german tillari bazaviy strukturalari asosida ingliz tilining shakllanishi va unda qadimgi turkiy tillari bilan bo‘lgan kontaktlarning ta’siri va rolini aniqlash, shu orqali tilshunoslikda tarixiylik tamoyilining amal qilish qonuniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
german tillarining o‘ziga xos xususiyatlari sanalgan undoshlarning birinchi ko‘chishi; undoshlarning ikkinchi ko‘chishi; rotasizm, urg‘uning birinchi bo‘g‘inga ko‘chishi, undoshlarning geminasiyasi, qisqa unlilarning cho‘zilishi va cho‘ziq unlilarning diftonglashuvi xalqlarning buyuk ko‘chishi davrida turkiy tillar ta’sirida sodir bo‘lganligi asoslangan;
xalqlar buyuk ko‘chishining Evropa lingvistik xaritasining shakllanishiga ta’siri - avvallari katta mavqega ega bo‘lgan tillar va til guruhlari o‘z lingvistik makonlarini yo‘qotganligi va cheklangan hududlarda so‘zlashadigan til yoki shevaga aylanib qolganligi, german tillaridan foydalanish ko‘lamining keskin kengaygani va roman tillarining lug‘at tarkibining boyishiga qaratilgan aspektlarda namoyon bo‘lganligi aniqlangan;
german tillari tarixida sodir bo‘lgan ko‘plab o‘zgarishlar: so‘z oxiridagi bo‘g‘inlarning kuchsizlanishi (reduksiya), reduksiya holati bilan bog‘liq umlaut xodisasi; so‘z boshida til orqa unlilardan avval kelgan j va ju fonemalari talaffuzda tushib qolishi; infinitiv oxiridagi –n ning tushib qolishi, undoshlardagi assimilyasion o‘zgarishlar, fe’l turlanish tizimining soddalashishi, bir qator yangi olmoshlarning paydo bo‘lishi xalqlar buyuk ko‘chishi natijasida sodir bo‘lganligi dalillangan;
hozirgi zamon tilshunoslik maktablari va yo‘nalishi namoyandalari tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarda tarixiylik tamoyilining asosiy qonuniyatlari ko‘p hollarda izchil qo‘llanilmaganligi, angllar, saksonlar, yut va frizlarning V asrda Britaniya orollariga ko‘chib o‘tishi sabablarini ochib berish orqali hozirgacha amalda bo‘lgan izohlarning tarixiy xaqiqatga mos kelmasligi, faktlarni talqin qilishda tarixchilarning o‘z mafkurasi talablariga tayangani ochib berilgan;
ilk bor Evropa va Osiyo fanining tegishli sohalarda uchraydigan turkiy qavmlar etnonimlari va ularga aloqador bo‘lgan joy nomlarini lingvogenetik jihatdan asoslash orqali turkiy tillardan kirib kelgan turli semantik ko‘lamga mansub bo‘lgan so‘zlarning asliyatga xos bo‘lgan ilmiy-etimologik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqlar Buyuk ko‘chishi natijasida qadimgi german tillari bazaviy strukturalari asosida ingliz tilining shakllanishi va unda qadimgi turkiy tillari bilan bo‘lgan kontaktlarning ta’siri va rolini lingvogenetik jihatdan tadqiq qilish, shu orqali tilshunoslikda tarixiylik tamoyilining amal qilish qonuniyatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy tavsiyalar asosida:
german tillarining o‘ziga xos xususiyatlari sanalgan undoshlarning birinchi ko‘chishi; undoshlarning ikkinchi ko‘chishi; rotasizm, urg‘uning birinchi bo‘g‘inga ko‘chishi, undoshlarning geminasiyasi, qisqa unlilarning cho‘zilishi va cho‘ziq unlilarning diftonglashuvi xalqlarning buyuk ko‘chishi davrida turkiy tillar ta’sirida sodir bo‘lganligiga oid materiallardan Bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan German filologiyasiga kirish fanidan yaratilgan darslikni (The History of the English Language. Sharq Nashr Matbaa konserni, 2010 yil. -154 bet) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 26 fevral 2009 yil №1 buyrug‘i; Guvohnoma № 017). Natijada german tillari guruhiga mansub tillarning aniq miqdori, tarqalish geografiyasi, funksional qo‘llanish ko‘lami haqidagi ma’lumotlar talabalarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish uchun zarur bilimni olishga imkon yaratilgan;
german tillarining o‘ziga xos xususiyatlari sanalgan undoshlarning birinchi ko‘chishi, german tillari tarixida sodir bo‘lgan ko‘plab o‘zgarishlar; xalqlar buyuk ko‘chishining Evropa lingvistik xaritasining shakllanishigaga oid ma’lumotlar va ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda amalga oshirilgan FA-F1-G003 «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» fundamental ilmiy loyihasini bajarishda (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq Gumanitar Fanlar Ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yilning 3 fevraldagi №43/1-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada rotatsizm, urguning birinchi bo‘g‘inga ko‘chishi, undoshlarning geminasiyasi, qisqa unlilarning cho‘zilishi va cho‘ziq unlilarning diftonglashuvi xalklarning buyuk ko‘chishi davrida turkiy tillar ta’sirida sodir bo‘lganligini hamda so‘z oxiridagi bo‘g‘inlarning kuchsizlanishi (reduksiya), infinitiv oxiridagi -n ning tushib qolishi, undoshlardagi assimilyasion o‘zgarishlar, fe’l turlanish tizimining soddalashishi, bir qator yangi olmoshlarning paydo bo‘lishi xalqlar buyuk ko‘chishi natijasida sodir bo‘lganligini o‘rganish jarayonida ilmiy manbalarni boyitishga xizmat qilgan;
german tillari tarixida sodir bo‘lgan ko‘plab o‘zgarishlar: so‘z oxiridagi bo‘g‘inlarning kuchsizlanishi (reduksiya), reduksiya holati bilan bog‘liq umlaut xodisasi; so‘z boshida til orqa unlilardan avval kelgan j va ju fonemalari talaffuzda tushib qolishi; infinitiv oxiridagi –n ning tushib qolishi, undoshlardagi assimilyasion o‘zgarishlar, fe’l turlanish tizimining soddalashishi, bir qator yangi olmoshlarning paydo bo‘lishi xalqlar buyuk ko‘chishi natijasida sodir bo‘lganligiga oid ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi innovasion rivojlanish vazirligining 2020-2022 yillarda o‘tkazilgan “Erudit” shifrli yopiq innovasion loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi  mudofaa vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Axborot-kommunikasiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining 2022 yil 3 martdagi 10/400-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur xulosalar loyiha doirasida dasturlar tuzishda hamda (izohli) o‘quv lug‘atini yaratishda keng xizmat qilgan;
hozirgi zamon tilshunoslik maktablari va yo‘nalishi namoyandalari tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarda tarixiylik tamoyilining asosiy qonuniyatlari ko‘p hollarda izchil qo‘llanilmaganligi, angllar, saksonlar, yut va frizlarning V asrda Britaniya orollariga ko‘chib o‘tishi sabablarini ochib berish orqali hozirgacha amalda bo‘lgan izohlarning tarixiy xaqiqatga mos kelmasligi, faktlarni talqin qilishda tarixchilarning o‘z mafkurasi talablariga oid ilmiy xulosalaridan Qo‘qon davlat pedagogika institutida bajarilgan 574097-EPP-1-2016-1-CY-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “RUECVET – Rossiya va O‘zbekistondagi milliy o‘rta-umumiy va kasbiy ta’lim tizimlarida Evropa sinov (kredit) tizimini (ESVET) ta’limning tegishli bo‘g‘inlarida sinovdan o‘tkazish” (2016-2019)” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2022 yilning 7 fevraldagi 25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy manbalarni boyitishga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish