Xadjibekov Sadriddin Nasriddinovichning
fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida intellektual qobiliyatni rivojlantirish jarayonini loyihalashning ilmiy- metodik asoslari (Kimyo fani misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped320.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Ismoilova Zuhra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi,IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Mirxamitova Dilorom Xudoyberdievna, kimyo fanlari doktori professor; Nizamova Saida Adilovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Abdurahmonov Eldor Baratovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida intellektual qobiliyatni kimyo fanini o‘qitish asosida rivojlantirish jarayonini loyihalashning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarga kimyo fanini o‘qitish orqali intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishning yaxlit jarayoni metodologiyasi umumijtimoiy muhitni modellashtirishning umumiydan yagonalikka va yagonalikdan chegaraviy umumiylikkacha yo‘naltiriltiruvchi falsafiy zanjirida individual kimyo o‘qitish maqsadiga o‘tishni adaptiv didaktikada ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda intellektual qobiliyatni rivojlantirish jarayonini loyihalashning metodik modeli ilmiy va amaliy faoliyat integrasiyasini jadallashtiruvchi mobil kimyoviy masalalarni algoritmik kombinasiyalangan ijodiy-tajriba jarayonida ko‘p tanlovli variantlarda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
kimyo ta’limi jarayonida mezon xususiyatlarini aniqlash va intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishning yaxlit jarayoni ilmiy va o‘quv bilishga motivatsiyalovchi individual ta’lim elementlaridan qayta aloqali muhitda kognitiv-ijodiylik darajalarda qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislaming intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda o‘qitishning real jarayonini metodologik va uslubiy-didaktik ta’minlash komponentlari aqliy potensialni davriy diagnostika qilishning prognoz, reja va tahlil bosqichlarini personal portfolioni yaratish jarayoniga didaktik ta’sirda optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
texnik oliy ta’lim muassasalarida kimyo o‘qitish orqali talabalaming intellektual qobiliyatlarini rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari yaxlit ta’lim makonini vizual yaratish, yaxlit jarayonini kasbiy yo‘nalganlikda tashkil etish, boshqarish va pedagogik qo‘llab-quwatlash hamda tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik va predmetli-didaktik shart-sharoitlarni jadal integratsiyada ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida intellektual qobiliyatni rivojlantirish jarayonini loyihalashning ilmiy-metodik asoslari yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarga kimyo fanini o‘qitish orqali intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishning yaxlit jarayoni metodologiyasi umumijtimoiy muhitni modellashtirishning umumiydan yagonalikka va yagonalikdan chegaraviy umumiylikkacha yo‘naltiriltiruvchi falsafiy zanjirida individual kimyo o‘qitish maqsadiga o‘tishni adaptiv didaktikada ta’minlashga doir takliflardan “Polimerlar kimyosi” nomli darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 28 sentyabrdagi 89-03- 366-son guvohnomasi). Natijada mazkur ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standarti talabalaming intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarda intellektual qobiliyatni rivojlantirish jarayonini loyihalashning metodik modeli ilmiy va amaliy faoliyat integrasiyasini jadallashtiruvchi mobil kimyoviy masalalarni algoritmik kombinasiyalangan ijodiy-tajriba jarayonida ko‘p tanlovli variantlarda qo‘llashga hamda kimyo ta’limi jarayonida mezon xususiyatlarini aniqlash va intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishning yaxlit jarayoni ilmiy va o‘quv bilishga motivatsiyalovchi individual ta’lim elementlaridan qayta aloqali muhitda kognitiv-ijodiylik darajalarda qo‘llashga oid tavsiyalardan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida 1.14/2018 raqamli 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan “Bo‘lajak muhandislaring intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishning metodologik va uslubiy-didaktik ta’minotini va talabalaming intellektual qobiliyatlarini rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlarini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2022 yil 18 oktyabrdagi 02/01-01-52-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislaring intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishning metodologik asoslari amaliy jihatdan o‘z echimini topgan;
bo‘lajak muhandislaming intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda o‘qitishning real jarayonini metodologik va uslubiy-didaktik ta’minlash komponentlari aqliy potensialni davriy diagnostika qilishning prognoz, reja va tahlil bosqichlarini personal portfolioni yaratish jarayoniga didaktik ta’sirda optimallashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida 1.15/2018 raqamli 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan «Betaxlor-etilfosfonik kislotalar asosida ba'zi defoliatsiyalangan faol moddalarni olish va ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlash» mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazidan 2022 yil 18 oktyabrda olingan 02/01-01-52-son ma’lumotnoma). Natijada, ishlab chiqilgan didaktik ta’minot va baholash mezonlari bo‘lajak muhandislaming intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.