Ne’matova Gulsanam Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak o‘qituvchilarning verbal-kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish”, 13.00.01 Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.2.PhD/Ped3404.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sodiqov Hamid Maxmudovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tashkilotida bo‘lajak o‘qituvchilarni verbal-kasbiy kompetensiyani takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak o‘qituvchilarning verbal-kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish imkoniyatlari o‘z fikrini adekvat ifodalash, verbal, noverbal va paraverbal vositalarni tahliliy modellashtirish hamda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni ta’limiy maqsadlarga ijodiy moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak o‘qituvchilarning verbal-kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish samaradorligi mantiqiy tuzilmalar va ilmiy abstraksiyalarni bosqichma-bosqich optimallashtirish hamda selektiv, ogohlik, samaradorlik, ijodiy tabiiy sezish mezonlarining validligi va adekvatligini izchil aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak o‘qituvchilarning verbal-kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish jarayoni verbal-kasbiy kompetensiyani ifodalovchi shaxsning integral xususiyatlari va ijodiy fikrlash faoliyati natijalarini oldindan ko‘ra bilishning natijadorligini ta’minlash hamda bilimlarni egallash qobiliyatlarini o‘zaro effektiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak o‘qituvchilarning verbal-kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish modeli lingvistik, kommunikativ, shaxsiy rivojlanish kompetensiyalarini o‘zaro nutqiy muloqot davomiyligi va darajasiga ko‘ra integratsiyalash hamda o‘quv maqsadlariga mos optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak o‘qituvchilarning verbal-kasbiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
oliy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak o‘qituvchilarning verbal-kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish imkoniyatlari o‘z fikrini adekvat ifodalash, verbal, noverbal va paraverbal vositalarni tahliliy modellashtirish hamda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni ta’limiy maqsadlarga ijobiy moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Le Francais” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9- sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i asosida berilgan 302-0096 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning verbal-kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak o‘qituvchilarning verbal-kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish samaradorligi mantiqiy tuzilmalar va ilmiy abstraksiyalarni bosqichma-bosqich optimallashtirish hamda selektiv, ogohlik, samaradorlik, ijodiy tabiiy sezish mezonlarining validligi va adekvatligini izchil aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Le Francais” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i asosida berilgan 302-0096 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish modelini takomillashtrishga sharoit yaratilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak o‘qituvchilarning verbal-kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish jarayoni verbal-kasbiy kompetensiyani ifodalovchi shaxsning integral xususiyatlari va ijodiy fikrlash faoliyati natijalarini oldindan ko‘ra bilishning natijadorligini ta’minlash hamda bilimlarni egallash, nutqning ravonligi va voqealikni ko‘rish qobiliyatlarini o‘zaro effektiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Le Francais” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9- sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i asosida berilgan 302-0096 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchining verbal-kasbiy kompetensiyasini integral xususiyatlari vositasida takomillashtrish imkoni kengaytirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak o‘qituvchilarning verbal-kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish modeli lingvistik, kommunikativ, shaxsiy rivojlanish kompetensiyalarini o‘zaro nutqiy muloqot davomiyligi va darajasiga ko‘ra integratsiyalash hamda o‘quv maqsadlariga mos optimallashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflar “Le Francais” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i asosida berilgan 302-0096 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning verbal-kasbiy kompetensiyasini motivatsion komponentlarini takomillashtirishga erishilgan.