Jumaniyozova Nasiba Ramatillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Autizm sindromli bolalar va ota-ona munosabatlarining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/P285.
Ilmiy rahbar: Nurullaeva Baxtigul Bobojonovna, psixologiya fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori (DSc) professor; Nurkeldieva Dilbar Axmadovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi autizm sindromli bolalar va ota-ona munosabatlarining xususiyatlari asosida bolani qabul qilish darajasini oshirish, emotsional zo‘riqishlar profilaktikasi va korreksiyasi uchun xizmat qiluvchi tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
autizm sindromli bolalarning ota-onalari bilan munosabatlarini barqaror ifodalanishida farzandini tushunish, idrok qilishning ona siymosini ustunligi, haddan ortiq g‘amxo‘rligi, verbalizatsiya, onaning oilaga qaram ekanligi bilan bog‘liq ijtimoiy-psixologik xususiyatlarning ona roliga fidoyilik kontekstida namoyon bo‘lishi sababli “ota-onalik ustanovkalari”ning intensiv ta’sirga ega ekanligi dalillangan;
«ota-ona va autizm bola» munosabatlarini differensial namoyon bo‘lishida bola bilan muloqotda xavotirlanishning, agressivlik, aybdorlik hissining yuqoriligi farzandga emotsional integral yondashuvning ikki qutbli ifodalanishini kuchaytirganligi tufayli “emotsional rad etish”, “gipersotsializatsiya”, “kichik omadsiz” pozisiyaning ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan;
ota-onaning psixoemotsional (stress va xavotirlanish) holatiga korreksion-adaptiv ta’sir etish natijasida ularning kognitiv, emotsional va xulq- atvor sohasiga ta’sir ko‘rsatish bola bilan simbiotik munosabatda bo‘lish, ota-onalarning koping strategiyalarini shakllantirish va oilaning psixoterapevtik imkoniyatlaridan foydalanish darajasini kuchaytirganligi tufayli bolaning individual holatini qabul qilishga erishish mumkinligi asoslangan;
autizm sindromli bolalarning jamiyatga integratsiyasini ta’minlashda ota-onaning kognitiv, emotsional, xulqiy sohalariga ta’sir etish orqali bolani emotsional qabul qilish, farzandini qabul qilish, u bilan hamkorlik qilish, jamiyatdagi statusini baholash kabi hislarini differensiatsiya qilishni rivojlantirish muhimligi tufayli “psixolog-ota-ona-defektolog” kompleks psixologik xizmat ko‘rsatish tizimi “ota-onalar maktabi”ni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Autizm sindromli bolalar va ota-ona munosabatlarini psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
autizm sindromli bolalarning ota-onalari bilan munosabatlarini barqaror ifodalanishida farzandini tushunish, idrok qilishning ona siymosini ustunligi, haddan ortiq g‘amxo‘rligi, verbalizatsiya, onaning oilaga qaram ekanligi bilan bog‘liq ijtimoiy-psixologik xususiyatlarning ona roliga fidoyilik kontekstida namoyon bo‘lishi sababli “ota-onalik ustanovkalari”ning intensiv ta’sirga ega ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 16 iyundagi PM-21-sonli buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 22 iyundagi PM-21-m-son ma’lumotnomasi). Natijada autizm sindromli bolalar va ota-ona munosabatlarini psixodiagnostik metodikalar yordamida barqaror ifodalanadigan ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
«ota-ona va autizm bola» munosabatlarini differensial namoyon bo‘lishida bola bilan muloqotda xavotirlanishning, agressivlik, aybdorlik hissining yuqoriligi farzandga emotsional integral yondashuvning ikki qutbli ifodalanishini kuchaytirganligi tufayli “emotsional rad etish”, “gipersotsializatsiya”, “kichik omadsiz” pozisiyaning ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 16 iyundagi PM-21-sonli buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 22 iyundagi PM-21-m-son ma’lumotnomasi). Natijada ota-ona tomonidan bolaning individual holatini qabul qilishi uchun psixoemotsional holatga kognitiv, emotsional va xulq-atvor sohasiga korreksion-adaptiv ta’sir ko‘rsatish imkoniyati aniqlangan;
ota-onaning psixoemotsional (stress va xavotirlanish) holatiga korreksion-adaptiv ta’sir etish natijasida ularning kognitiv, emotsional va xulq- atvor sohasiga ta’sir ko‘rsatish bola bilan simbiotik munosabatda bo‘lish, ota-onalarning koping strategiyalarini shakllantirish va oilaning psixoterapevtik imkoniyatlaridan foydalanish darajasini kuchaytirganligi tufayli bolaning individual holatini qabul qilishga erishish mumkinligi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 16 iyundagi PM-21-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 22 iyundagi PM-21-m-son ma’lumotnomasi). Natijada autizm sindromli bolalar va ota-ona munosabatlarida namoyon bo‘ladigan differensial farqlarni aniqlash sharoit yaratilgan;
autizm sindromli bolalarning jamiyatga integratsiyasini ta’minlashda ota-onaning kognitiv, emotsional, xulqiy sohalariga ta’sir etish orqali bolani emotsional qabul qilish, farzandini qabul qilish, u bilan hamkorlik qilish, jamiyatdagi statusini baholash kabi hislarini differensiatsiya qilishni rivojlantirish muhimligi tufayli “psixolog-ota-ona-defektolog” kompleks psixologik xizmat ko‘rsatish tizimi “ota-onalar maktabi”ni kiritish asosida takomillashtirilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 16 iyundagi PM-21-sonli buyrug‘i bilan «Psixologik xizmat» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 22 iyundagi PM-21-m-son ma’lumotnomasi). Natijada autizm sindromli bolalarga kompleks psixologik xizmat ko‘rsatish tizimini “ota-onalar maktabi”ni kiritish asosida takomillashtirish samaradorligi oshgan.