Rashidov Raxmatullo A’lojonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovasion iqtisodiyot sharoitida kichik biznesni rivojlanishining ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Iqt321.
Ilmiy rahbar: Aliev Yashnar Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xonkeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamraeva Sayyora Nasimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion iqtisodiyot sharoitida kichik biznesni rivojlantirishning ilmiy-usulubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra tadbirkorlik xulq-atvor modellarining tadbirkorlik rentasi turlari, tashqi manbalar va innovatsiyalarning tabiati, ichki va tashqi muhitdagi aloqalarni hisobga olgan holdagi tipologiyasiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyatidagi madaniy jarayonlarni amalga oshirishning maxsus shakli sifatida o‘rganishning nazariy asoslari takomillashtirilgan;
innovatsion tavsifdagi ishlab chiqarilayotgan tovar yoki ko‘rsatilayotgan xizmatlarning davlat xaridini amalga oshirishda ularning sifat va qiymat jihatidan bir xilligi ta’minlangan sharoitlarda tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi idoralar tomonidan tavsiyaviy asosda ustuvorlik berish orqali hududdagi innovatsion kichik biznes sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash taklifi asoslangan;
hududlarda kichik biznes sub’ektlari faoliyati samaradorligini baholash uchun integral ko‘rsatkichning “yuqori” (1,63-1,42), “o‘rtacha” (1,87-1,62), “past” (2,06-1,86), “o‘ta past” (2,58-2,05) bo‘lgan mezon chegaralari shkalasi taklif etilgan;
kichik biznesni rivojlantirishning innovatsion strategiyasi joriy va istiqboldagi o‘zgaruvchan talabga muvofiqlashish jarayonlarini rag‘batlantiruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi “ko‘p darajali tuzilmalar” faoliyatiga yangi bilim va texnologiyalarni yaratish, uzatish va foydalanish jarayonlarini uzviy tarzda kiritib borish orqali takomillashtirilgan;
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarining ekonometrik va iqtisodiy-matematik modellar asosida 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznesni rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra tadbirkorlik xulq-atvor modellarining tadbirkorlik rentasi turlari, tashqi manbalar va innovatsiyalarning tabiati, ichki va tashqi muhitdagi aloqalarni hisobga olgan holdagi tipologiyasiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyatidagi madaniy jarayonlarni amalga oshirish maxsus shakli sifatida o‘rganishning takomillashtirilgan nazariy asoslari oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Innovative economy” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 maydagi 232-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalari hamda bo‘lg‘usi mutaxassislarda tadbirkorlik xulq-atvor modellarining tadbirkorlik rentasi turlari, tashqi manbalar va innovatsiyalarning tabiati, ichki va tashqi muhitdagi aloqalarni hisobga olgan holdagi tipologiyasiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyatidagi madaniy jarayonlarni amalga oshirish maxsus shakli sifatida o‘rganishning nazariy asoslari bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
innovatsion tavsifdagi ishlab chiqarilayotgan tovar yoki ko‘rsatilayotgan xizmatlarning davlat xaridini amalga oshirishda ularning sifat va qiymat jihatidan bir xilligi ta’minlangan sharoitlarda tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi idoralar tomonidan tavsiyaviy asosda ustuvorlik berish orqali hududdagi innovatsion kichik biznes sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan “Namangan viloyatida kichik biznes korxonalarini 2026 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2023 yil 16 iyundagi 11/02-30-7148-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish natijasida mintaqalardagi ishbilarmonlik muhitini baholash natijalarining ob’ektivligini oshirish hamda xalqaro talablarni e’tiborga olgan holda ishbilarmonlik muhitini baholashga oid yangi indikatorlarni uslubiy amaliyotga o‘z vaqtida kiritilib borish imkonini beradi;
hududlarda kichik biznes sub’ektlari faoliyati samaradorligini baholash uchun integral ko‘rsatkichning “yuqori” (1,63-1,42), “o‘rtacha” (1,87-1,62), “past” (2,06-1,86), “o‘ta past” (2,58-2,05) bo‘lgan mezon chegaralari shkalasidan foydalanish taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan “Namangan viloyatida kichik biznes korxonalarini 2026 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2023 yil 16 iyundagi 11/02-30-7148-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi kichik biznes sub’ektlari tomonidan hudud rivojlanishiga qo‘shgan hissasini baholashga imkon yaratgan, xususan, Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridagi kichik biznes sub’ekti samaradorligini 12 foizga oshishiga imkon bergan;
kichik biznesni rivojlantirishning innovatsion strategiyasi joriy va istiqboldagi o‘zgaruvchan talabga muvofiqlashish jarayonlarini rag‘batlantiruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi “ko‘p darajali tuzilmalar” faoliyatiga yangi bilim va texnologiyalarni yaratish, uzatish va foydalanish jarayonlarini uzviy tarzda kiritib borish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan “Namangan viloyatida kichik biznes korxonalarini 2026 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2023 yil 16 iyundagi 11/02-30-7148-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish natijasida Namangan viloyatidagi kichik biznes korxonalarini innovatsion rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarining ekonometrik va iqtisodiy-matematik modellar asosida 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2023 yil 16 iyundagi 11/02-30-7148-sonli ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish natijasida Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes korxonalarining 2022-2025 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqishda foydalangan holda mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish va ishlab chiqarish hajmini oshirishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qilgan.