Maxmudov Muxtor Jamolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Past oktanli benzinni ekologik va ekspluatatsion xossalarini yaxshilash uchun uni kolloid-kimyoviy modifikatsiyalash», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/K101.
Ilmiy rahbar: Narmetova Gul`nora Rozikulovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Igamqulova Nargisa Abduvalievna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: past oktanli benzinni ekologik va ekspluatatsion xossalarini yaxshilash uchun uni kolloid-kimyoviy modifikatsiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli ekspluatatsion sharoitlarda avtomobil benzilarining detonatsion barqarorligi, uning dispersion tuzilishi va kimyoviy tarkibiga bog‘liqligi aniqlangan;
avtomobil benzinlarining past haroratlardagi fizik-kimyoviy va dispersion xossalari, og‘ir smolasimon va n-parafin uglevodorodlar miqdorining o‘zgarishi darajasi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
gidroizomerizatsiyalash yo‘li bilan engil benzin fraksiyasidan, uni ekologik va ekspluatatsion xossalarini yaxshilovchi modifikatorlar olish usullari yaratilgan;
benzinning engil fraksiyasini gidroizomerizatsiyalash jarayonida tadqiq qilingan sharoitlarda naften uglevodorodlarning halqasi ochilmasligi isbotlangan;
olingan modifikatorlar va og‘ir benzin fraksiyalarini kompaundlash orqali ekologik yuqori oktanli benzin olishning kombinatsion usuli va uning muqobil texnologik sharoitlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Past oktanli benzinni ekologik va ekspluatatsion xossalarini yaxshilash uchun uni modifikatsiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
past oktanli benzinni ekologik va ekpluatatsion xossalarini yaxshilash uchun kolloid-kimyoviy modifikatsiyalash uchun «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJning «2019-2020 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2018 yil 12 apreldagi 02/12-1-70-son va «O‘zneftmahsulot» AJning 2018 yil 19 apreldagi 20/11-293-son ma’lumotnomalari). Natijada mahalliy xomashyolar asosida yuqori oktanli va zamonaviy ekologik talablarga javob beruvchi benzin olish imkonini beradi;
past oktanli benzin tarkibida benzol va n-parafin uglevodorodlar miqdorini kamaytirish uchun uni benzolsaqlagan fraksiyasini gidroizomerizatsiyalash jarayoni «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning «2019-2020 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2018 yil 12 apreldagi 02/12-1-70-son va «O‘zneftmahsulot» AJning 2018 yil 19 apreldagi 20/11-293-son ma’lumotnomalari). Natijada benzol va n-parafin miqdori bo‘yicha Evro-4 va Evro-5 talablariga javob beruvchi benzin ishlab chiqarish imkoni yaratiladi;
benzolsaqlagan benzin fraksiyasi asosida olingan modifikatorlar va og‘ir benzin fraksiyasini kompaundlab, yangi ekologik yuqori oktanli benzin kompozisiyalari olish «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJ va «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning «2019-2020 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2018 yil 12 apreldagi 02/12-1-70-son va «O‘zneftmahsulot» AJning 2018 yil 19 apreldagi 20/11-293-son ma’lumotnomalari). Natijada xossalari yaxshilangan modifikatsiyalangan benzin tarkibida benzol miqdori 8,46% dan 0,67% gacha, aromatik uglevodorodlar miqdori esa 48,78% dan 32,43% gacha kamaytirish imkonini beradi.