Yusupova Raushan Edilbekovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): «Hudud iqtisodiyotini rivojlantirishda diversifikatsiya jarayonlarini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2. PhD/Iqt3085
Ilmiy rahbar: Mirzanov Berdaq Joldasbaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangribergan Doschanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xidirova Gavhar Rustamovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hudud iqtisodiyotini rivojlantirishda diversifikatsiya qilish jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududdagi iqtisodiyot tarmoqlar o‘rtasida diversifikatsiya darajasini o‘lchashning o‘zgarmas-miqdoriy usullari diversifikatsion moslashuv, ierarxiya va ustunlik yondashuviga ko‘ra takomillashtirilgan;
hududda diversifikatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlariga ixtisoslashgan qurilish, baliqchilik, farmatsevtika, paxta-to‘qimachilik, sutni qayta ishlash  klasteri, turizm klasterlarini tashkil qilish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsuloti, xizmatlar hajmi va asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmining 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining qishloq hududlarining o‘ziga xos xususiyatlari va resurslardan samarali foydalanishni hisobga olgan holda diversifikatsiya qilish tarmoqlarini ustuvorlik darajasini aniqlovchi tizimli sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hudud iqtisodiyotini rivojlantirishda diversifikatsiya qilishni takomillashtirish  yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
hududdagi iqtisodiyot tarmoqlar o‘rtasida diversifikatsiya darajasini o‘lchashning o‘zgarmas-miqdoriy usullari diversifikatsion moslashuv, ierarxiya va ustunlik yondashuvi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish kontseptsiyasi”da foydalanilgan va ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023-yil 29-fevral 06/202-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda joriy etish natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot tarmoqlarida diversifikatsiya darajasini va takribiy o‘zgarishlarni tahlil qilish imkoniyatini oshirgan;
hududda diversifikatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlariga ixtisoslashgan qurilish, baliqchilik, farmatsevtika, paxta-to‘qimachilik, sutni qayta ishlash  klasterlarini tashkil qilish maqsadga muvofiqligin asoslash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish kontseptsiyasi”da foydalanilgan va ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023-yil 29-fevral 06/202-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mavjud faoliyat turlari bo‘yicha shahar va tumanlar sanoatida chuqur ixtisoslashuv, ya’ni klasterlar tuzishning salohiyatini aniqlash imoniyatini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsuloti, xizmatlar hajmi va asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmining 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish kontseptsiyasi”da foydalanilgan va ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023-yil 29-fevral 06/202-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida diversifakatsiya jarayonlarini takomillashtirish uchun maqsadli dasturlar ishlab chiqish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish orqali yangi imkoniyatlar yaratish va hududning samarali istiqbolini belgilashning ustuvor yo‘nalishlari aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining qishloq hududlarining o‘ziga xos xususiyatlari va resurslardan samarali foydalanishni hisobga olgan holda diversifikatsiya qilish tarmoqlarini ustuvorlik darajasini aniqlovchi tizimli sxemasi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish kontseptsiyasi”da foydalanilgan va ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023-yil 29-fevral 06/202-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq joylarida diversifikaktsiyani amalga oshirishdagi asosiy to‘siqlarini 1,5 martaga kamaytirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish