Kazakbaev Akbar Akmaldjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhammad Al-Mu’izziy “Tasrif al-af’al” asarining sarf ilmi rivojidagi ahamiyati”. 24.00.04 – Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1917.
Ilmiy rahbar: Nosirova Malika Anvarovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaeva Ra’no Umarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Sulaymonova Nigora Asqaralievna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Muhammad al-Mu’izziy “Tasrif al-af’al” asarining sarf ilmi rivojidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sarf ilmi (الصرف – morfologiya) borasida arab bo‘lmagan o‘quvchilarga sodda uslubda yozilgan Muhammad al-Mu’izziyning “Tasrif al-af’al” asari XVII-XX asrlarda Markaziy Osiyo mintaqasida, XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida esa Buxoro maktabi ta’siri natijasida Tataristonda ham muhim darslikka aylangani isbotlangan;
Muhammad al-Mu’izziy tomonidan o‘zak undoshining ikkita harfi illatli bo‘lgan fe’llarning lafif mafruq – لفيف مفروق deb nomlanadigan turiga “lafif” (لفيف), lafif maqrun – لفيف مقرون turiga esa “multaviy” (ملتوي) terminlarini qo‘llashi arab bo‘lmagan xalqlarga fe’llarning taqsimlanishidagi chalkashliklarnining oldini olishda muhim uslub bo‘lgani aniqlangan;
olimning fe’l turlarini bayon etishda o‘ziga xos uslubga ega ekanligi “ikkilangan” (مضاعف) va “hamzali” (مهموز) fe’llarni “to‘g‘ri” (صحيح) fe’llar tarkibida emas, balki alohida fe’l turi sifatida yoritishi orqali sarf ilmida fe’llar taqsimlanishini kengaytirib bergani ochib berilgan;
Muhammad al-Mu’izziy “Tasrif al-af’al” asarida arab tili fe’llarining semantikasi, tasnifi, morfologik o‘zgarishlar xususiyatlarini bayon qilishda yangicha yondashuvining ahamiyati “fe’l shakllari” (أبنية الأفعال), “tovushlarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar” (التغييرات) mavzulari o‘rganilishi orqali ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Tasrif al-af’al” asarida sarf masalalarini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
sarf ilmi (الصرف – morfologiya) borasida arab bo‘lmagan o‘quvchilarga sodda uslubda yozilgan Muhammad al-Mu’izziyning “Tasrif al-af’al” asari XVII-XX asrlarda Markaziy Osiyo mintaqasida, XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida esa Buxoro maktabi ta’siri natijasida Tataristonda ham muhim darslikka aylangani isbotlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan nashr etilgan “O‘zbekiston Respublikasi qadimiy yozma manbalar davlat reestri”ning 1-jildiga kiritilgan (O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining 2023-yil 9-fevraldagi 05-13/18-son ma’lumotnomasi). Natijada “Tasrif al-af’al” asari va uning islom bilim yurtlari ta’lim jarayonida qo‘llanishi borasidagi ma’lumotlarning keng jamoatchilikka etkazilishiga hissa qo‘shilgan;
Muhammad al-Mu’izziy tomonidan o‘zak undoshining ikkita harfi illatli bo‘lgan fe’llarning lafif mafruq – لفيف مفروق deb nomlanadigan turiga “lafif” (لفيف), lafif maqrun – لفيف مقرون turiga esa “multaviy” (ملتوي) terminlarini qo‘llashi arab bo‘lmagan xalqlarga fe’llarning taqsimlanishidagi chalkashliklarnining oldini olishda muhim uslubligi aniqlangani xususidagi ilmiy xulosalar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “O‘rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi” kitobi mazmuniga singdirilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 3 fevraldagi 02/50-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-madaniy jamoatchilikni “Tasrif al-af’al” asari va uning sarf ilmi rivojidagi o‘rni haqadagi bilimlarning shakllanishiga xizmat qilgan;
Olimning fe’l turlarini bayon etishda o‘ziga xos uslubga ega ekanligi “ikkilangan” (مضاعف) va “hamzali” (مهموز) fe’llarni “to‘g‘ri” (صحيح) fe’llar tarkibida emas, alohida fe’l turi sifatida yoritishi orqali ko‘rsatib berilgani xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta’limi muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Taysirus-sarf” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda hamda arab tili fani dasturlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2023-yil 5-apreldagi 1005-son ma’lumotnomasi). Natijada sarf ilmi qo‘llanmasi va o‘quv dasturlarida fe’llar tasnifi masalasidagi mavjud yondashuvlar yangi bilimlar bilan boyitilgan;
Muhammad al-Mu’izziy “Tasrif al-af’al” asarida arab tili fe’llarining semantikasi, tasnifi, tuslanish xususiyatlarini ochib berishda yangicha yondashuvining ahamiyati ochib berilgani xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” kanalida efirga uzatiladigan “Taqdimot” silsilaviy ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2023-yil 2-fevralda berilgan 02-06-168-sonli ma’lumotnoma). Natijada ilmiy jamoatchilikda Muhammad al-Mu’izziy “Tasrif al-af’al” asari bo‘yicha tasavvurlar boyishiga sabab bo‘lgan.