Toirov Abduxomit Suvonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jigar exinokokkektomiyasidan keyingi qoldiq bo‘shliqlarni ishlov berish uslubini takomillashtirish”, 14.00.27 – “Xirurgiya” (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2539.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Gulamov Olimjon Mirzaxitovich, tibbiyot fanlari doktori; Agapov Mixail Andreevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abuali Ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot univestiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jigar exinokokkektomiyasidan keyingi qoldiq bo‘shliqlarni ishlov berish maqsadida lazerli fotodinamik terapiyani qo‘llash yo‘li orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigar exinokokkektomiyasidan keyingi qoldiq bo‘shliqlarga ishlov berish usuli nafaqat skoleks va protoskolekslarga, balki fibroz qatlamida va perikistoz jigar parenximasida qolgan skolekslarning parchalanishiga samarali ta’sir etishi tajribada isbotlangan.
fotodinamik terapiya ta’sirida murakkab fotokimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo‘ladigan faol kislorod va metiltionin xlorid exinokokk skolekslari membranasi hamda uning tarkibiy biopolimerlari oksidlanishi natijasida parazitning hayot shakli izdan chiqishi isbotlangan,
jigar exinokokkektomiyasidan keyingi qoldiq bo‘shliqlarni antiparazitar ishlov berish usulining inson organizmi uchun nisbatan xavfsizligi va parazitlarga qarshi ta’sirining ishonchliligi isbotlangan.
xirurgik amaliyotda jigar exinokokkektomiyasidan keyingi asoratlar va residivlarning profilaktikasi maqsadida jigar qoldiq bo‘shlig‘ini ishlov berishda lezerli fotodinamik terapiyaning foydalanilishi mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 26 maydagi 12-sonli xulosasiga ko‘ra:
jigar exinokokkozida morfologik tadqiqotlar asosida aniqlangan qoldiq bo‘shliq va perikistoz to‘qimadagi tarkibiy o‘zgarishlar qoldiq bo‘shliqlarni antiparazitar ishlov berishning optimal usulini tanlash imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.10.2022y.; №15/1) hamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (17.10.2022y.; №11/2) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan eksperimental tadqiqot natijasida jigar exinokokkektomiyasidan so‘ngi qoldiq bo‘shlig‘iga antiparazitar ishlov berishning eng maqbul hamda samarali usuli mahalliy fotodinamik terapiya ekanligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Exinokokkektomiyadan so‘ngi jigar qoldiq bo‘shlig‘i hamda fibroz kapsula qatlamlaridagi protoskolekslarni nobud bo‘lishini va shu bilan bir qatorda jigar to‘qimasiga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatmaydigan antiparazitar ishlov berish usuli bu fotodinamik terapiya usuli bo‘lib, mazkur usulni qo‘llanilishi natijasida operatsiyadan so‘ngi qoldiq bo‘shlig‘i tomonidan kuzatiladigan spesifik asoratlar va kasallik residivini oldini olish hamda ular sonini keskin kamayishiga erishilish orqali sarflanadigan xarajatlarnini 1200000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: Tajribaviy tadqiqotlar orqali jigar exinokokkektomiyasidan keyingi qoldiq bo‘shliqlarni ishlov berish uchun lazerli fotodinamik terapiyani qo‘llash natijasida metilen ko‘ki fotosensibilizatori hamda 640 nm diapazonidagi past intensivli lazer nurlari ta’sirida murakkab fotokimyoviy jarayonlar yuzaga kelishi tufayli aktivlashgan kislorod va metiltionin xlorid hosil bo‘lib, ular exinokokk skoleks, proteoskoleks va asefalotsistalariga kuchli antiparazitar ta’sir etishiga va qoldiq bo‘shlig‘ini tez reduksiyalanishiga olib kelishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larni 1 200 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 840 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jigar exinokokkektomiyasidan keyingi qoldiq bo‘shliqlarni ishlov berish uslubini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2022 yil 22 oktyabrdagi 3839-son xat yuborilgan.
tavsiya etilgan jigar exinokokkektomiyasidan keyingi qoldiq bo‘shliqlarni antiparazitar ishlov berish usulining inson organizmi uchun nisbatan xavfsizligi va parazitlarga qarshi ta’sirining ishonchliligi isbotlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma`lumotlar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.10.2022y.; №15/1) hamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (17.10.2022y.; №11/2) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: fotodinamik terapiya usulining yuqori darajadagi antiparazitar ta’siriga ega ekanligi belgilanib, jigar exinokokkektomiyasidan so‘ngi qoldiq bo‘shlig‘ini antiparazitar ishlov berish maqsadida mazkur usulni qo‘llanilishi, kista bo‘shlig‘i yoki fibroz qatlamda qolib ketish ehtimoli bo‘lgan parazit shakllariga antiparazitar ta’sir etib, qoldiq bo‘shlig‘i tomonidan kuzatiladigan spesifik asoratlarni hamda operatsiyadan so‘ngi davrda kasallik residiv sonining keskin kamayishi imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Jigar exinokokkektomiyasidan keyingi qoldiq bo‘shliqlani lazerli fotodinamik terapiya o‘tkazilgandan keyingi davrlarda spesifik asoratlarning kamayganligi va qoldiq bo‘shliqlarni tez reduksiyaga uchraganligi sababli bemorlarning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 6-7 kunga qisqartirib, to‘lov miqdorini 857,5 ming so‘mgacha kamaytirgan (Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 122 500,00 so‘mni tashkil qiladi), shifoxonada davolanish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori –darmon kam talab etilib byudjetdan tashqari mablag‘larni 450 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Fotodinamik terapiya ta’sirida murakkab fotokimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo‘ladigan aktivlashgan kislorod va metiltionin xlorid exinokokk skolekslari membranasi hamda uning tarkibiy biopolimerlarining oksidalanishi natijasida parazitning xayotiy shakli izdan chiqadi. Bu esa fotodinamik terapiya usulining yuqori darajadagi antiparazitar ta’siriga ega ekanligini belgilab, xirurgik davolash samaradorligini oshirish hisobidan qoldiq bo‘shlig‘i tomonidan kuzatiladigan spesifik asoratlar hamda kasallikning qaytalanishini oldini olish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jigar exinokokkektomiyasidan keyingi qoldiq bo‘shliqlarni ishlov berish uslubini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2022 yil 22 oktyabrdagi 3839-son xat yuborilgan.
qoldiq bo‘shliqlarni ishlov berish uchun lezerli fotodinamik terapiyaning (LFDT) qo‘llanilishi ushbu usulning yuqori antiparazitar ta’sirga egaligini ko‘rsatgan, shuningdek kasallik residivlarining oldi olinadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma`lumotlar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.10.2022y.; №15/1) hamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (17.10.2022y.; №11/2) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi exinokokkning qoldiq bo‘shlig‘ini lazerli fotodinamik terapiyasini (LFDT) o‘tkazish natijasida parazitar elementar bo‘lmish skoleks va protoskolekslarga destruktiv ta’sir ko‘rsatishi hisobidan, o‘chog‘larda rezorbtiv faoliyat keskin pasayib boradi. Nazorat guruxida qoldiq bo‘shliqning sutkalik kichrayish darajasi 2,9+0,5% bo‘lganda, asosiy guruh bemorlarda ushbu ko‘rsatkich 5,5+0,8% ni tashkil qilgan. LFDT ta’sirida qoldiq bo‘shliqda ekssudativ va proliferativ davrlari qisqarib, qoldiq bo‘shlig‘ining reduksiyasi asosiy guruhda 14,2 o‘rin/joyga qisqargan, nazorat guruhida esa bu son 24,6 o‘rin/joyni tashkil etdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik amaliyotda qoldiq bo‘shliqlarni taklif etilgan usulda antiparazitar ishlov berilishi davolashning qoniqarsiz natijalarini 32,4% dan, 20,16% gacha, operatsiyadan keyingi spesifik asoratlarni 42,25% dan 23,8% gacha, umumiy asoratlar sonini 15,49% dan 6,34% gacha, kasallik qaytalanishini sonining 9,85% dan 1,79% gacha kamayishi imkonini berib, har bir bemorni davolanishiga byudjet mablag‘larini 1 mln 470 ming so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: joriy qilingan natijalar jigar exinokokkektomiyasidan keyingi qoldiq bo‘shliqni lazerli fotodinamik terapiyani qo‘llab ishlov berilishi operatsiyadan keyingi asoratlarning keskin kamayishi, shuningdek, kasallikning residiv darajasini kamaytirish imkonini berib, kasallikni davolash samaradorligini oshirgan. Taklif qilingan usulni klinik amaliyotda qo‘llash bemorlarni davolash samaradorligini keskin oshirib, ularning qisqa vaqt davomida reabilitatsiyasini hamda ish qobiliyatini tiklanishiga zamin yaratib iqtisodiy samaradorlikni oshishiga olib keldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jigar exinokokkektomiyasidan keyingi qoldiq bo‘shliqlarni ishlov berish uslubini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2022 yil 22 oktyabrdagi 3839-son xat yuborilgan.
tadqiqotlar o‘tkazish davomida olingan natijalar xirurgik amaliyotda jigar exinokokkektomiyasidan keyingi asoratlar va residivlarning profilaktikasi maqsadida jigar qoldiq bo‘shlig‘ini ishlov berishda lezerli fotodinamik terapiyaning foydalanilishi mumkinligi isbotlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.10.2022y.; №15/1) hamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (17.10.2022y.; №11/2) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar exinokokkektomiyasidan so‘ngi qoldiq bo‘shlig‘iga antiparazitar ishlov berishning eng maqbul hamda samarali usuli mahalliy fotodinamik terapiya ekanligi aniqlangan. Taklif qilingan usulni klinik amaliyotda qo‘llash bemorlarni davolash samaradorligini keskin oshirib, ularning qisqa vaqt davomida reabilitatsiyasini hamda ish qobiliyatini tiklanishiga zamin yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik amaliyotda qoldiq bo‘shliqlarni antiparazitar ishlov berishda lazerli fotodinamik terapiyani optimal sxemasini qo‘llash bemorni davolashda samarali natijadorlikga erilishiga ko‘maklashib, shifoxonadagi davolanish muddatini o‘rtacha 12 kunga qisqartirtirilishi hisobidan byudjet mablag‘larini 1 mln 470 ming so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 450 ming so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: Jigar exinokokkektomiyasidan keyingi qoldiq bo‘shliqlarni ishlov berish uslubini takomillashtirilgan uslubini qo‘llashning joriy qilinishi 63 nafar bemor hisobga budjet mablag‘larini 92 600 000 so‘mga va budjetdan tashqari 28 300 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jigar exinokokkektomiyasidan keyingi qoldiq bo‘shliqlarni ishlov berish uslubini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2022 yil 22 oktyabrdagi 3839-son xat yuborilgan.