G‘aybiev Akmaljon Axmadjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda diabetik neyropatiyalar rivojlanishining immuno-patogenetik hususiyatlari, erta diagnostikasi va takomillashgan davosi», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Tib599.
Ilmiy raxbar: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc 04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Shomansurov Shoanvar Shomurodovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raimova Malika Maxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Nurgojaev Erkin Smagulovich tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston)
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda diabetik neyropatiyalarning klinik kechishini xisobga olgan holda neyroimmunologik va genetik xususiyatlarini aniqlash, shuningdek davolash taktikasini optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda uchraydigan diabetik neyropatiyalarning klinik ko‘rinishi va og‘irligi HLA II sinfidagi immun xolatga javob beruvchi DQB, DQA, DRB gaplotiplari kombinatsiyasiga bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor diabetik neyropatiya bilan og‘rigan bolalar va o‘smirlarda DQ2/DQ8 va DQ8/DQ8 neyromarkerlar, yallig‘lanishli PRN larda esa DQ2/DQ2, DQ2/X va DQ8/X neyromarkerlar uchrash chastotasi ko‘pligi aniqlangan;
ilk bor bolalar va o‘smirlarda diabetik neyropatiyaning subklinik boskichida kasallik klinikasi yuzaga chikmagan davrda shox pardaning subepitilial qavatidagi nevr tolalarining qalinlashuvi va dintretlarining uzunlashuvi aniqlangan;
bolalardagi diabetik neyropatiyalarda GM1 va GD1b gangliozidlariga qarshi autoantitelalarning ortib ketishi to‘qima immunitetiga salbiy ta’sir qilgan holda nerv tolasining demielinizatsiya jarayonini kuchayishiga sabab bo‘lishi aniqlangan;
diabetik neyropatiya bilan kasallangan bolalarga autoantitelalar miqdorining ko‘payishi sababli immunoglobulinlarni qo‘llash yo‘li bilan davolash chora-tadbirlari takomillashtirilgan;
ikkala turdagi qandli diabet bilan kasallangan bolalar va o‘smirlarda periferik asab tizimining asoratlari ehtimolligi va moyilligini erta tashhislashga yondashuv siliar omil (CNTF) va miya neyrotrofik omillari (BDNF) miqdorini aniqlash bilan optimallashtirilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Samarkand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 2 iyundagi 19-son xulosasiga kura:
bolalardagi diabetik neyropatiyalarning og‘irlik darajasi HLA II sinfi gaplotiplariga bevosita bog‘liq bo‘lib, bu gaplotiplar qanchalik bir-biri bilan birikkan xolda ko‘p uchrasa kasallik shuncha og‘ir kechadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashkadaryo va Jizzax filiallarida amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligida 2022 yil 12 dekabrda 8p-d/668-son bilan tasdiqlangan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diabetik neyropatiya bilan kasallangan bolalarda kasallikning og‘irlik darajasiga qarab ishlab chiqilgan davolash-profilaktik algoritmini qo‘llash orqali rivojlanishi mumkin bulgan asoratlar kamaytiriladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diabetik neyropatiya bilan kasallangan bolalarda kasallikning og‘irlik darajasini erta aniqlab, davolash chora-tadbirlarini erta boshlash yordamida kasallikning davomiyligini qisqartirish hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: diabetik neyropatiya bilan kasallangan bolalarda kasallikning og‘irlik darajasini xisobga olgan xolda davo chora-tadbirlarini erta boshlash orqali yuzaga kelishi mumkin bulgan asoratlarni oldi olinib, 1 nafar bemor bola hisobiga 745 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: «Bolalarda diabetik neyropatiyalar rivojlanishining immuno-patogenetik xususiyatlari, erta diagnostikasi va takomillashgan davosi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 4 martdagi №6247-sonli xulosasi yuborilgan.
diabetik neyropatiya bilan kasallangan bolalar yalliglanishli poliradikulonevrit bilan solishtirilganda kasallikning ogir darajasida uchraydigan DQ2/DQ8 va DQ8/DQ8 neyromarkerlar diabetik neyropatiyalarda kuproq aniqlandi va kasallikning nisbatan ogir kechishini kursatadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Kashkadaryo va Jizzax filiallarida amaliyotga tatbik etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligida 2022 yil 12 dekabrda 8p-d/668-son bilan tasdiqlangan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diabetik neyropatiyalarda kasallikni ogirligini kursatuvchi neyromarkerlar mikdorining kup uchrashi kasallik immunogenetik xususiyatga ega ekanligini kursatadi va shu sababli ishlab chiqilgan davolash chora-tadbirlari asosida Bioven preparatini qo‘llash hisobiga bolaning immun xolati yaxshilanib, autoantitelalar ishlab chikarilishi kamayadi va demielinizatsiya jarayoni susayib remielinizatsiya rivojlishiga erishiladi; tavsiya etilgan davolash algoritmini qӯllash orqali bolalarning salomatligi saqlangan, hamda kuzatuvlarning 87% da qoniqarli holat rivojlanishiga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Diabetik neyropatiya bilan kasallangan bolalarning immun tizimidagi buzilishlar erta aniqlanganda bemorning shifoxonada qolish muddatini 15 kundan 8 kungacha qisqartirib, shifoxonadagi yotoq kun miqdorini kamaytirgan; shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 120 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: diabetik neyropatiya bilan kasallangan bolalarda kul-oyoklardagi falajliklar, chanoq a’zolarining ish faoliyatini buzilishi, yurak va nafas etishmovchiligi kabi kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldi olinib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga 500 000 so‘m mikdorda iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: «Bolalarda diabetik neyropatiyalar rivojlanishining immuno-patogenetik xususiyatlari, erta diagnostikasi va takomillashgan davosi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 4 martdagi №6247-sonli xulosasi yuborilgan.
diabetik neyropatiyalarda periferik nerv tolalarining zararlanishi mielinsiz tolalardan boshlanadi. Kasallikning klinik belgilari rivojlanishidan oldin shox pardadagi mielinsiz tolalarda uzgarishlar yuzaga keladi va shu uzgarishlarni aniklash yordamida kasallikning davolash chora-tadbirlarini erta boshlash kerakligini, kasallikning og‘ir formalari va og‘ir asoratlarini oldini olish mumkinligini ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Kashkadaryo va Jizzax filiallarida amaliyotga tatbik etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligida 2022 yil 12 dekabrda 8p-d/668-son bilan tasdiqlangan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: neyropatiyalarda periferik nervlardagi o‘zgarishlarni erta tashxislash va adekvat davolash bolalarning neyropatiya bilan kasallanishini kamaytiradi, rivojlanishi mumkin bulgan og‘ir asoratlarni prognozlash va oldini olishga erishiladi; taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish diabetik neyropatiya bilan kasallangan bolalarni davolash va profilaktika sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 15 kundan 8 kungacha qisqartirtirib, shifoxonadagi yotoq kun miqdorini kamaytirgan; shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 120 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); kasallik erta davolanib ogir asoratlar rivojlanmaganligi sababli reabilitatsiya xarajatlari kamaygan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 75 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: diabetik neyropatiyali bolalarda kasallikning klinik belgilari rivojlanmasdan oldin aniqlanishi va shu asosda davolash algoritmini ishlab chiqilishi va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga 680 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: «Bolalarda diabetik neyropatiyalar rivojlanishining immuno-patogenetik xususiyatlari, erta diagnostikasi va takomillashgan davosi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 4 martdagi №6247-sonli xulosasi yuborilgan.
neyropatiyalarda GM1 va GD1b gangliozidlariga qarshi autoantitelalarning ortib ketishi kasallikning autoimmun ekanligini kursatdi va bunda magnitoterapiya bilan birgalikda Bioven preparatini kullanilishi autoantitelalar mikdorining kamayishiga va demielinizatsiya jarayonini tuxtatib remielinizatsiyaning rivojlanishiga erishiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Kashkadaryo va Jizzax filiallarida amaliyotga tatbik etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligida 2022 yil 12 dekabrda 8p-d/668-son bilan tasdiqlangan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallikning autoimmun xolat ekanligini bilgan xolda organizmdagi autoantitelalar mikdorini kamaytirish periferik nervlarning zararlanishini va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kompleks tahlil qilish, prognostik tadbirlarini takomillashtirish diabetik neyropatiya bilan kasallangan bolalarni yashashga layoqatli, o‘lim darajasini kamaytirishga erishiladi, neyropatiyaning og‘ir shaklida 83,5% bolalarning hayot sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diabetik neyropatiya bilan kasallangan bolalarda autoimmun jarayonni erta aniqlash xisobiga bolalarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldi olish orqali ko‘p xarajatli va ko‘p vaqt talab qiluvchi tekshiruv va davolash usullarini qo‘llash sarf xarajatlarni kamaytirgan va samaradorlikni 65,7% ga oshirgan. Xulosa: diabetik neyropatiyali bolalarda autoimmun reaksiyalarni xisobga olgan xolda ishlab chikilgan davolash chora-tadbirlari natijasida 1 nafar bemor hisobiga 445 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: «Bolalarda diabetik neyropatiyalar rivojlanishining immuno-patogenetik xususiyatlari, erta diagnostikasi va takomillashgan davosi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 4 martdagi №6247-sonli xulosasi yuborilgan.
diabetik neyropatiyalarda qo‘llash uchun ishlab chiqilgan davolash-profilaktik algoritm asosida bemorlarda demielinizatsiya va immun xolatni tekshirish orkali aniqlangan buzilishlarni davolash maqsadida bioven preparatini qo‘llash ushbu bemorlarda periferik falajliklar, mielopatiyalar, chakon a’zolari ish faoliyati buzilishi va shu kabi boshqa asoratlar rivojlanishini kamaytiradi, remielinizatsiya natijalarining yaxshilanishiga erishiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Kashkadaryo va Jizzax filiallarida amaliyotga tatbik etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligida 2022 yil 12 dekabrda 8p-d/668-son bilan tasdiqlangan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: periferik nervlarda yuzaga keladigan uzgarishlarni va autoantitelalarni kamaytiradi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kompleks tahlil qilish, kasallarni olib borishda diagnostika, profilaktika va prognostik tadbirlarini takomillashtirish diabetik neyropatiyali bolalarda yashashga layoqatini oshiradi, bolalar o‘lim darajasini kamaytirishga erishiladi, davo-muolajalaridan keyin 83,5% hayot sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat diabetik neyropatiyali bolalarda immunologik va immunogenetik xolatni xisobga olgan xolda utkazilgan davolash chora-tadbirlari yordamida bemorlarda kullaniladigan dori-darmonlar mikdori va statsionar sharoitda davolanish kuni qisqarib sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi, xamda samaradorlikni 65,7% ga oshirgan. Xulosa: diabetik neyropatiya bilan kasallangan bolalarda yuqorida keltirilgan davolash usullaridan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga 445 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: «Bolalarda diabetik neyropatiyalar rivojlanishining immuno-patogenetik xususiyatlari, erta diagnostikasi va takomillashgan davosi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 4 martdagi №6247-sonli xulosasi yuborilgan.
diabetik neyropatiyalarda siliar va miya neyrotrofik omillari mikdorining kupayishini aniklash yuzaga kelishi mumkin bulgan asoratlarni oldini olishga erta kirishish, davolash natijalarni yaxshilanishiga erishiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Kashkadaryo va Jizzax filiallarida amaliyotga tatbik etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligida 2022 yil 12 dekabrda 8p-d/668-son bilan tasdiqlangan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: demielinizatsiya jarayonini kursatuvchi siliar va miya neyrotrofik omillarining mikdorini konda kupayishi kasallikni ogir kechishidan dalolat beradi. Shularni xisobga olgan xolda davolash jarayonini erta boshlash, optimallashtirilgan davolash algoritmi ishlab chikilishi bolalar nogironligi va o‘lim darajasini kamaytirishga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat 1) diabetik neyropatiyali bolalarda siliar va miya neyrotrofik omillarini tekshirish ortiqcha tekshiruv usullaridan foydalanish zarurati yo‘qligi xisobiga sarf xarajatlarni 32,8% kamaytirish imkonini bergan; 2) immun tizimdagi uzgarishlar hisobiga erta diagnostika kilish va kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldi olish orqali ko‘p xarajatli va ko‘p vaqt talab qiluvchi tekshiruv va davolash usullarini qo‘llash sarf xarajatlarni kamaytirib, samaradorlikni 65,7% ga oshirgan. Xulosa: diabetik neyropatiyali bolalarda yuqorida keltirilgan tekshiruv usullaridan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga 85 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: «Bolalarda diabetik neyropatiyalar rivojlanishining immuno-patogenetik xususiyatlari, erta diagnostikasi va takomillashgan davosi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 4 martdagi №6247-sonli xulosasi yuborilgan.