Almuratov Shavkat Narpulatovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhit bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lgan  qovushqoq elastik sferik jismning chiziqli tebranishlarining xususiyatlari”, 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi  (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/FM464
Ilmiy rahbar: Safarov Ismoil Ibrohimovich  fizika-matematika fanlari doktori professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Ibraxim Mirzaev fizika-matematika fanlari doktori, professor; Mavlonov To‘lqin Mavlonovich texnika  fanlari doktori,  professor;
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti tavsiya etilsin.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi - qovushqoq-elastik muhitda joylashgan deformatsiyalanuvchi sferik jismning xos tebranishlarini va tushuvchi tashqi to‘lqin ta’siridagi sferik jismda, hamda qovushqoq-elastik muhitda hosil bo‘ladigan kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholashga qaratilgan hisoblash metodikasi, algoritmi va dasturini ishlab chiqish, analitik va sonli hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qovushqoq-elastik muhit bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lgan deformatsiyalanuvchan sferik jismning xos so‘nuvchi tebranishlarini cheksizlikda to‘lqin yutilishini Zommerfeld shartlari asosida aniqlash metodikasi va algoritmi matematik fizika tenglamalarining kompleks arifmetikaga asoslangan Bessel va Hankel funksiyalari orqali ishlab chiqilgan;
deformatsiyalanuvchan sferik jismda garmonik yuklanish ta’sirida hosil bo‘ladigan kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini qovushqoqlikni Rjanisin-Koltunov yadrosidan foydalanib tebranishlar amplitudasining 8-10% gacha kamayishi topilgan;
sferik jismning kuchlanishlardan ozod bo‘lgan ichki sirtida kontur kuchlanishlarini boshqa kuchlanishlar komponentalaridan katta bo‘lishi, kontaktda esa urinma kuchlanishlarning maksimal qiymatga ega  bo‘lishi dispersion tenglama ildizlari sonli tahlilidan aniqlangan;
sferik jismning erkin sirtidagi bo‘ylama to‘lqin ta’siridagi kontur kuchlanishlar, ko‘ndalang to‘lqin ta’siridagi kuchlanishlardan 18%  ko'p bo‘lishi olingan sonli natijalarga  asoslanib aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotdagi dinamik kuchlar ta’sirida elastik va qovushqoq-elastik muhitda joylashgan deformatsiyalanuvchi sferik jismning dinamik kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hisoblash usullari, tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sferik koordinatalar sistemasida olingan integro-differensial tenglamalardan kompleks koeffisientli differensial tenglama olish metodikasidan va davriy tashqi kuchlar ta’sirida olingan analitik echimlarni klassik yadrolar uchun olingan echimlar bilan solishtirma baho berish uchun Buxoro Muhandislik - texnologiya instituti ilmiy texnika dasturlari doirasida 2017-2020-yillarda bajarilgan F4-02 - “Matematik fizikaning holatlar to‘plami cheksiz bo‘lgan modellari termodinamikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (2023- yil 13- apreldagi № 22 - sonli ma’lumotnoma). Natijada elastik hamda qovushqoq-elastik muhitda tebranishlarning amplitudalariga solishtirma baholash imkonini bergan;
xos son va tebranish formalarni topish algoritmdan Toshkent kimyo - texnologiya institutda 2016-2020- yillarda bajarilgan OT-F4-01 “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (2023- yil 13- yanvardagi 1/04-60 - sonli ma’lumotnoma). Natijada elastik hamda qovushqoq-elastik suyuqlik oquvchi quvurlar tebranishining rezonans chastotalarini topish va baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish