To‘lakov Nurilla Qosimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ferrotsenkarbon kislotaning ayrim hosilalari sintezi va ularni sinflash», 02.00.09–Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/K103.
Ilmiy rahbar: Asqarov Ibroxim Raxmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Karimqulov Qurbonqul Mavlonqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Dehqonov Rahmatilla Sultonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atsesilferrotsen va ferrotsenkarbon kislotani olinish usullarini takomillashtirish, ferrotsenkarbon kislotaning ayrim biologik faol hosilalari sintezi va ularning kimyoviy tarkibi asosida sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atsetilferrotsen olish usuli takomillashtirilgan;
ferrotsenkarbon kislota olishning yangi usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor ferrotsenkarbon kislotani diazotirlash reaksiyasi asosida 1`-(p-oksifenil) ferrotsenkarbon kislota hosil bo‘lishi aniqlangan;
ferrotsenkarbon kislota va ferrotsenning suvda eruvchan aromatik kislotalari asosida yangi biologik faol birikmalar sintez qilinib, g‘o‘za chigitining unuvchanligi va unish energiyasiga ijobiy ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ferrotsenkarbon kislotaning ayrim hosilalari sintezi va ularni sinflash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“G‘o‘zani o‘stiruvchi stimulyator” nomli ferrotsenning aromatik hosilalari asosida sintez qilingan biostimulyatorga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№IAP 05099). Natijada g‘o‘zani o‘stiruvchi stimulyator sifatida qo‘llash imkonini bergan;
ferrotsenkarbon kislota asosida sintez qilingan “MAKSIT-1” biostimulyatorini qo‘llash texnologiyasi Andijon viloyatida jami 160 gektardan ortiq g‘o‘za maydonlariga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 4 apreldagi 05 /05-50-son ma’lumotnomasi). Natijada biostimulyator bilan ishlov berilgan g‘o‘za maydonlarida gektaridan qo‘shimcha 4–5,5 s hosil olish imkonini bergan;
tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha ferrotsenkarbon kislotani suvda eruvchan biologik faol-stimulyator xossasiga ega hosilalari uchun 3808939001 kod raqami, ferrotsenning suvda eruvchan aromatik hosilalari uchun 3808939002 kod raqami davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018 yil 6 yanvardagi 1/16-9-son ma’lumotnomasi). Natijada ferrotsenkarbon kislota va ferrotsenning suvda eruvchan aromatik hosilalarini kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash imkonini bergan.