Berdiev Nodirbek Fayzievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Septik shokdagi bemorlarda o‘tkir buyrak jarohatini erta tashxislash va oldini olish», 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1310.
Ilmiy rahbar: Sharipova Visolatxon Xamzaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Akalaev Rustam Nurmuxamedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibadov Ravshan Alievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: I.I.Djanelidze nomidagi tez tibbiy yordam ilmiy tekshirish instituti (Sankt-Peterburg, Rossiya)
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi septik shok bilan xastlangan bemorlarda buyrakning o‘tkir jaroxatlanishini erta tashxislash va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadqiqot natijalarining qiyosiy tahlili shuni ko‘rsatdiki, septik shok bilan xastlangan bemorlarda rNGAL, uNGAL va IL-18 biomarkerlar orqali tashxislash natijasida o‘tkir buyrakning jaroxatini 54%ni tashkil qilganligi asoslangan;
og‘ir sepsis va septik shok peritonitning yiringli-fekal tarqalganligi, va uning 2 kundan ortiq davomiyligi, APACHE II shkala bo‘yicha bemor ahvolining og‘irlik darajasining 20 balldan yuqoriligi hamda SOFA shkala bo‘yicha 15 ball yuqoriligi o‘tkir buyrak jarohati rivojlanishi uchun xavf omili ekanligi isbotlangan;
o‘tkir buyrakning jaroxatlanishini erta tashxislashda rNGAL, uNGAL, IL-18 biomarkerlarining buyrak nefronlarning zararlanishini yuqori sezgirligi va o‘ziga xosligi isbotlangan;
qorin bo‘shlig‘i septik shokiga chalingan bemorlarda o‘tkir buyrak jaroxatini erta tashxislash va davolash algoritmi asosli ishlab chiqilgan bo‘lib, unda o‘tkir buyrak jaroxatini erta tashxislash, oldini olish va o‘rnidosh buyrak muolajasi ko‘rsatkichlarini hamda dori-darmonlarni bilan davolash mezonlari mavjudligi isbotlangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Septik shokdagi bemorlarda o‘tkir buyrak jarohatini erta tashxislash va oldini olish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘tkir buyrak jaroxatini turli klinik holatlarda septik shokda erta aniqlashga qaratilgan ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, buyrakning jaroxatini erta tashxislashda biomarkerlardan foydalanish o‘tkir buyrak jaroxatini aniqlashni sezilarli darajada yaxshilagan, shu bilan birga davolanish muddatini tezlashtirib, o‘limni ko‘rsatkichini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filialining 12.01.2022 yildagi 16-sonli buyruq hamda va Buxoro viloyatlari filiallarining 25.03.2022 yildagi 23-sonli buyruq klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish, o‘tkir buyrak jaroxatini erta tashxislash va davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun 640 500 so‘m shifoxonada jonlantirish bo‘limida qo‘shimcha labarotor va diagnostika metodlari zaruriyati bo‘lmaganligi hisobiga iqtisod qilindi. Xulosa: taklif etilgan tekshirish metodi orqali shifoxonada jonlantirish bo‘limida qo‘shimcha labarotor va diagnostika metodlarini qisqargani hisobiga 1 nafar bemor uchun 640 500 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Septik shokdagi bemorlarda o‘tkir buyrak jarohatini erta tashxislash va oldini olish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi 2022 yil 16 iyuldagi 02-02/1518-sonli xat yuborilgan.
og‘ir darajali qorin bo‘shlig‘i sepsisi va uning tarqanganlik darajasi, 2 kundan ortiq davomiyligi aniqlangan bemorlarda, xamda bemor ahvolining og‘irlik darajasi APACHE II va SOFA shkalalari bo‘yicha og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarda o‘tkir buyrak jarohati rivojlanish xavfi 2 barobar va o‘ndan xam ko‘proq ekanligi kuzatildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filialining 12.01.2022 yildagi 16-sonli buyruq hamda va Buxoro viloyatlari filiallarining 25.03.2022 yildagi 23-sonli buyruq klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SOFA va APACHE II shkalalari bo‘yicha og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarda o‘tkir buyrak jarohati oldini olishga qaratilgan davo muolajalari subklinik bosqichda boshlash orqali 35% ga asoratlarni kamayishiga erishilgan; APACHE II shkalasi bo‘yicha o‘rtacha 21,7+1,2 ballga teng bemorlar o‘lim ko‘rsatgichi 30% tashkil etib, o‘z vaqtida oldini olishga qaratilgan davo muolajalari sababli o‘lim kursatgichi 14%gacha pasaygan; SOFA II shkalasi bo‘yicha esa o‘rtacha 9,6±0,86 ballga teng bemorlar o‘lim ko‘rsatgichi 21.5% tashkil etib, o‘z vaqtida oldini olishga qaratilgan davo muolajalari sababli o‘lim kursatgichi 13%gacha pasaygan; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun o‘tkir buyrak jaroxatini erta tashxislanish orqali bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish va kamaytirish hisobiga o‘rtacha 3.794.068 so‘mni iqtisod qilishga imkon bergan. Xulosa: o‘tkir buyrak jaroxatini erta tashxislanishi orqali bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish va kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor byudjet mablag‘larini o‘rtacha 3.794.068 so‘mga so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Septik shokdagi bemorlarda o‘tkir buyrak jarohatini erta tashxislash va oldini olish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi 2022 yil 16 iyuldagi 02-02/1518-sonli xat yuborilgan.
shuni xam ta’kidlash joizki haqiqiy o‘tkir buyrak jaroxati sodir bo‘lganidan so‘ng kreatinin miqdorining oshishi uchun bir qancha vaqt talab etadi, shu hisobdan uni ishonchli, erta o‘tkir buyrak jaroxati biomarkeri deb xisob bo‘lmaydi. Erta buyrak jaroxat biomarkerlari yordamida erta o‘tkir buyrak jaroxatini tashxislashda diagnostik sezgirligi 89 % ni va o‘ziga xoslikka esa 81 % ni tashkil etdi, bu erta tashxis qo‘yish va maqsadli patogenetik terapiyani o‘z vaqtida boshlashda juda muxim sanaladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filialining 12.01.2022 yildagi 16-sonli buyruq hamda va Buxoro viloyatlari filiallarining 25.03.2022 yildagi 23-sonli buyruq klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir buyrak jaroxati kuzatilgan bemorlarda o‘rindosh buyrak muolajasini erta boshlash uchun ko‘rsatmalar: jarroxlik amaliyotidan keyingi davrning dastlabki 24 soatida dori vositalari bilan davolashning samaradorligining etishmasligi, oligoanuriya negizida biomarkerov miqdorining 2 baravar yoki undan ko‘p martaga oshishi (pNGAL, uNGAL, IL-18) aniqlangan. Shuning natijasida surunkali buyraklar etishmasligi ikki barobar kamayishi kuzatilgan, xamda o‘lim ko‘rsatkichi va kasalxonada qolish kunini xam qisqartirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun 2.379.863 so‘m shifoxonada jonlantirish bo‘limida o‘rtacha 2 kunga qisqargani hisobiga iqtisod qilindi; o‘tkir buyrak jaroxatini erta tashxislanish orqali bemorning shifoxonada qolish muddatini 7,5 kundan 5,4 kungacha kunga qisqartirdi. Xulosa: taklif etilgan algoritm shifoxonada jonlantirish bo‘limida o‘rtacha 2 kunga qisqargani hisobiga 1 nafar bemor uchun 2.379.863 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Septik shokdagi bemorlarda o‘tkir buyrak jarohatini erta tashxislash va oldini olish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi 2022 yil 16 iyuldagi 02-02/1518-sonli xat yuborilgan.
septik shokdagi bemorlarda o‘tkir buyrak jarohatini erta tashxislash va davolash algoritmini joriy etish jarrohlik reanimatsiya bo‘limi shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etilishi sepsisni davolash konsepsiyasiga rioya etish bilan va xayotiy faoliyatlar holatiga bog‘liq xolda, septik shokdagi bemorlarda o‘tkir buyrak jarohatini oldini olish va davolash bo‘yicha chora tadbirlarni o‘z vaqtida boshlash va tashxislashni tezlashtirish, o‘tkir buyrak jarohatini rivojlanishining xavf guruhini erta baholash imkoni bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filialining 12.01.2022 yildagi 16-sonli buyruq hamda va Buxoro viloyatlari filiallarining 25.03.2022 yildagi 23-sonli buyruq klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir buyrak jarohatini erta tashxislash uchun ishlab chiqilgan algoritm yordamida o‘tkir buyrak jarohatini aniqlashni 2,6 barobar yaxshilaydi va o‘tkir buyrak jaroxat tashxisini 2 barobar tezlashtirish imkonini bergan. Mavjud ishlab chiqilgan algoritmga ko‘ra, o‘tkir buyrak jaroxati tashxisini KDIGO mezonlari (kreatininning 2 baravar oshishi, diurezning 30 ml/kg/soatdan pasayishi) bilan aniqlash mumkin. Buning natijasida tadqiqot olib borilgan erta buyrak jarohat biomarkerlarinip NGAL, uNGAL, IL-18 yordamida (biomarkerlarning miqdorining oshishi odatdagidan 2 baravar yuqori). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun abdominal sepsis va septik shok bilan og‘rigan bemorlar gospitalizatsiya qoidalariga amal qilgan holda standart intensiv davo muolajalarini amalga oshirildi: bemorning shifoxonada qolish muddatini 7,5 kundan 5,4 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 2179763,25 ming so‘mga kamaytirgan (RShTYoIM ning 1 kun jonlantirish bulimida qolish 315149,7 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 722835,3 so‘m dori vositalari sarflanadi); bundan tashqari reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 104.000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan nefrologiya bo‘limida) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Bundan tashqari o‘tkir buyrak jaroxati kuzatilgan bemorlarda vaqtincha mehnatga layoqatsizlikning o‘rtacha hisobda 10,8+1,07 kunga kamayishi kuzatilgan va bu har bir bemor uchun byudjet mablag‘idan 1 169 005 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: septik shokdagi bemorlarda o‘tkir buyrak jarohatini erta tashxislash va davolash algoritmini joriy etish orqali bemorning shifoxonada qolish muddatini 7,5 kundan 5,4 kungacha kunga qisqartirgan (2 179 763,25), bundan tashqari reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan (104 000), hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlikni kamayotirish orqali har bir bemor uchun byudjet mablag‘idan 1 169 005 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Septik shokdagi bemorlarda o‘tkir buyrak jarohatini erta tashxislash va oldini olish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi 2022 yil 16 iyuldagi 02-02/1518-sonli xat yuborilgan.