Ashrapov Abbosjon Axmad o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Etishtiriladigan karpsimon baliqlarning embriologik rivojlanishi va uning tashqi boshqariladigan muhit omillariga bog‘liqligi», 03.00.15 – Ixtiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/B378.
Ilmiy rahbar: Kamilov Baxtiyar Ganievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.02.08 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kuzmetov Abdulakhmet Raymberdievich, biologiya fanlari doktori, professor; Pazilov Abduvaeit, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakatimizda sun’iy ko‘paytiriladigan karpsimon baliqlar embrional rivojlanishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
baliqchilik pitomnilarida ota-ona baliqlarini jinsiy etilishini gonadotropik rag‘batlantirish usuli orqali olingan nasllarning embrional rivojlanish xususiyatlari aniqlangan;
Vengriyadan lichinka bosqichida keltirilgan ota-ona baliqlar to‘dasigacha parvarishlanib, ulardan olingan chavoqlarining biologik rivojlanish xususiyatlari ochib berilgan;
aylanma harakatli basseynlarda gonadotrop gormoni bilan ineksiya qilingan oq do‘ngpeshona baliqlardan urug‘langan ikra olinishi va embrional rivojlanish jadalligining ortishi ilmiy asoslangan;
Xitoy suv havzalariga nisbatan mamlakatimiz hovuz baliqchiligi sharoitida Karpsimon pelagofil baliqlarining embrional va lichinkalik davridagi rivojlanish xususiyatlari, rivojlanish bosqichlari jadal kechishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Etishtiriladigan karpsimon baliqlarning embriologik rivojlanishi va uning tashqi boshqariladigan muhit omillariga bogʻlikligi mavzusida olib borilgan tadqiqotlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
karpsimon baliqlarning embrional rivojlanishi va uning tashqi boshqariladigan muhit omillariga bog‘liqligi Samarqand viloyati Kattaqoʻrg‘on tumani “Kattakoʻrg‘on jayxuni” va Urgut tumandagi “Uramas Agro Servis” fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 4 noyabrdagi 02/23-2250-sonli ma’lumotnoma). Natijada, baliqlarni o‘stirish xovuzlarida parvarishlanishi va zamonaviy texnologik yondoshuvlarning qoʻllanilishi natijasida baliqchilik xo‘jaligida chavoq etishtirish mutlaq ko‘rsatkichini 4,95 marta oshirish imkonini bergan;
oq amur baliqlaridan ota-ona todalarini shakillantirish, yilning aprel va may oylarida sun’iy ko‘paytirish, ikralarni inkubatsiya qilish, voyaga etgan baliqlardan ikra va lichinkalar olish bo‘yicha erishilgan natijalari “Po‘lat baliq havzasi” xususiy baliqchilik korxonasi va “Obloqul Boymatov qo‘rg‘oni” fermer xo‘jaligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining 2022 yil 18 oktyabrdagi 09/827-sonli ma’lumotnoma). Natijada, baliqchilik xo‘jaligida 1,8 million dona ikra va 1,2 million dona lichinka olishga erishilib, baliqchilik xo‘jaliklarida mablag‘ iqtisod qilish imkonini bergan.