Quchqorova Nargiza Mamajonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak tarbiyachilarning iqtisodiy kompetentligini metodik takomillashtirish texnologiyalari”, 13.00.08 – “Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped470.
Ilmiy rahbar: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Fatima Rashidovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xudayqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Xusniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarbiyachilarning iqtisodiy kompetentligini metodik takomillashtirish texnologiyalari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’limda “Iqtisodiy kompetentlik” muammosi, maktabgacha ta’limning umumiy tendensiyalari va qonuniyatlarini rivojlantirishda bo‘lajak tarbiyachilar iqtisodiy kompetentligining pedagogik kategoriyalari asoslanib, amaliy ko‘nikmalar orqali iqtisodiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik tizimlari aniqlangan;
bo‘lajak tarbiyachilarning iqtisodiy kompetentligi rivojlantirish bosqichlari, kasbiy professiogrammasining tarkibiy qismida ko‘rsatilgan zaruriy kompetensiyalar, iqtisodiy kompetentlik indikatorlari, iqtisodiy kompetentlikni rivojlantirish dinamikasi, iqtisodiy faoliyatning maktabgacha ta’limdagi semantik mazmuni hamda iqtisodiy faoliyat bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
bo‘lajak tarbiyachilarning malaka amaliyoti jarayonida iqtisodiy faoliyatlar: bolalar badalini hisoblash, tayyorlov guruhi tarbiyachisi mehnatiga haq to‘lashning o‘ziga xos jihatlari, pullik xizmatlarni tashkil etish, smeta, ausorsing tizimi va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishning iqtisodiy-huquqiy bosqichlari, raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali pedagogik risklarning salbiy ta’sirini bartaraf etish asosida aniqlangan;
bo‘lajak tarbiyachilar iqtisodiy kompetentligining motivatsion, kognitiv, deontologik va kasbiy faoliyatga yo‘naltirilganlik komponentlari “Bo‘lajak tarbiyachilarning iqtisodiy kompetentligini metodik takomillashtirish” modelini kiritish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilar iqtisodiy kompetentligini rivojlantirish metodik ta’minotining pedagogik shart-sharoitlar majmuini amalga oshirish bo‘yicha vektorli modellashtirish texnikasi orqali zamonaviy usullarning tizimli loyihasi va EVENT texnologiyasi ishlab chiqilib, bo‘lajak tarbiyachilarning iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tavsiyalar berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi. Bo‘lajak tarbiyachilar iqtisodiy kompetentligini metodik takomillashtirish texnologiyalariga doir tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha ta’limda “Iqtisodiy kompetentlik” muammosi, maktabgacha ta’limning umumiy tendensiyalari va qonuniyatlarini rivojlantirishda bo‘lajak tarbiyachilar iqtisodiy kompetentligining pedagogik kategoriyalari aniqlanib, amaliy ko‘nikmalar orqali iqtisodiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik tizimlariga doir taklif va tavsiyalaridan 70110201 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi magistrlari uchun tayyorlangan “Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik” nomli darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-sonli buyrug‘i, 106-232 raqamli guvohnoma) Natijada oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak tarbiyachilarning iqtisodiy kompetentligini rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarning iqtisodiy kompetentligi rivojlantirish bosqichlari, kasbiy professiogrammasining tarkibiy qismida ko‘rsatilgan zaruriy kompetensiyalar, iqtisodiy kompetentlik indikatorlari, iqtisodiy kompetentlikni rivojlantirish dinamikasi, iqtisodiy faoliyatning maktabgacha ta’limdagi semantik mazmuni hamda iqtisodiy faoliyat bilan o‘zaro bog‘liqligi, bo‘lajak tarbiyachilarning malaka amaliyoti jarayonida iqtisodiy faoliyatlar: bolalar badalini hisoblash, tayyorlov guruhi tarbiyachisi mehnatiga haq to‘lashning o‘ziga xos jihatlari, pullik xizmatlarni tashkil etish, smeta, ausorsing tizimi va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishning iqtisodiy-huquqiy bosqichlari, raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali pedagogik risklarning salbiy ta’sirini bartaraf etish asosida aniqlashga doir taklif va tavsiyalari 60110200-maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Tarbiyachi pedagoglarda iqtisodiy-huquqiy kompetentlikni rivojlantirish” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i, 301-1249 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarning malaka amaliyoti jarayonida iqtisodiy faoliyatlarni bajarish ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilar iqtisodiy kompetentligining motivatsion, kognitiv, deontologik va kasbiy faoliyatga yo‘naltirilganlik komponentlari “Bo‘lajak tarbiyachilarning iqtisodiy kompetentligini rivojlantirish” modelini kiritish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalari 60110200-maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Tarbiyachi pedagoglarda iqtisodiy-huquqiy kompetentlikni rivojlantirish” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil
9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i, 301-1249 raqamli guvohnoma) Natijada, bo‘lajak kadrlarni tarbiyachi va maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori sifatida iqtisodiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak tarbiyachilar iqtisodiy kompetentligini rivojlantirish metodik ta’minotining pedagogik shart-sharoitlar majmuini amalga oshirish bo‘yicha vektorli modellashtirish texnikasi orqali zamonaviy usullarning tizimli loyihasi va EVENT texnologiyasi ishlangan hamda bo‘lajak tarbiyachilarning iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan konseptual tavsiyalari 70110201 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi magistrlari uchun tayyorlangan “Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-sonli buyrug‘i, 106-232 raqamli guvohnoma) Natijada bo‘lajak tarbiyachilar iqtisodiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.